К содержанию
РецензированоUZ2025

HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA TEXNIK VOSITALARNI AHAMIYATI

VOSITALARNI AHAMIYATI · Sobirov Ravshan Rahimjon o’g’li, talaba · Ilmiy rahbar: X. Baynazarov

Современное образование и развитие · 7 · 2025

Аннотация

Avtomobil yo’llaridagi yo’l belgilari, yo’l chiziqlari, yo’l to’siqlari bilan jihozlash va ularga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Yo’l belgilari, yo’l chiziqlari, yo’l to’siqlar. KIRISH. Avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlashda harakatni boshqarishning texnik vositalari juda muhimdir. Ular yo'l-transport hodisalarining oldini olish, avtomobillarni tartibli va samarali ravishda harakatlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan vositalardir. Texnik vositalar orqali harakatni boshqarish yo'l belgilari, svetoforlar, yo'l chizgilar, hamda signalizatsiya tizimlarini o'z ichiga oladi. Bu vositalar yo'lovchilar va haydovchilarning xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish, transport vositalarining xavfsizligini oshirish va yo'l harakatida tartibni saqlash uchun ishlatiladi. Bu bosqichda, harakat xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadlari va texnik vositalarning ahamiyati haqida batafsilroq ma'lumotlarni keltirib o'tish muhimdir. Har bir texnik vositaning qanday ishlashi, ularning samaradorligi va haydovchilar va yo'lovchilarga qanday yordam berishi haqida tahlil qilish kerak. Shu bilan birga, harakatni boshqarishning texnik vositalarini doimiy ravishda yangilab borish va ularning zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasini ta'minlash ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu kirish qismi orqali, harakat xavfsizligini ta'minlashda texnik vositalarning muhimligini yoritib, asosiy mavzuga kirish mumkin. Shu bilan birga, harakat xavfsizligini oshirish uchun yangi texnologiyalar va yangiliklarning qanday qo'llanilishi haqida misollar keltirishingiz mumkin. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 27 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ASOSIY QISM. Avtomobil yo’llarida va shaxar ko’chalarida yo’l belgilarini, yo’l chiziqlarini, yo’l to’siqlarini va transport xamda piyoda svetoforlarini o’rnatish GOST 23457-86talablariga javob berishi kerak. O’zbekiston Respublikasi xududida foydalanishdagi yetti guruhdagi: ogohlantiruvchi, imtiyoz, ta’qiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko’rsatuvchi, servis, qo’shimcha axborot yo’l belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yo’l belgilari Konvensiyasiga va bu Konvensiyani to’ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Yevropa Kelishuvi talablariga to’liq mos keladi. Avtomobil yo’llarida yo’l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o’rnatilishi kerak: kursatuvchi (axborot-kursatuvchi); imtiyoz; Servis va tablichkalar; ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta’qiqlovchi. O’rnatiladigan yo’l belgilarining umumiy soni yo’lda iloji boricha kam bo’lishi kerak. Xar bir o’rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki ta’qiqlovchi yo’l belgilari asoslangan bo’lishi shart va yo’l sharoiti yomonlashganligi oqibatida ko’rilgan majburiy chora deb tushunilishi kerak. Shuning uchun ogohlantiruvchi va ta’qiqlovchi belgilar ko’pchilik xollarda vaktincha o’rnatilib, ma’lum yo’l sharoiti yaxshilangandan so’ng olib tashlanishi kerak. Shuningdek, mavsumga qarab o’rnatiladigan yo’l belgilarini xam vaqt o’tishi bilan tezda olib tashlash kerak. Yo’l belgilarini shunday o’rnatish kerakki, ularni kunning yorug vaqtida ko’rish masofasi 150 m dan kam bo’lmasligi kerak. Xaydovchiga u yoki bu uchastkada o’rnatilgan belgini ko’rish masofasining qiymati shu uchastkadagi tezlikning ikki barobariga yoki undan katta qiymatiga teng bo’lishi kerak. Bu xolatda yangi ko’rilayotgan yo’llar uchun tezlik xisobiy tezlikdan 70% olinsa, foydalanayotgan yo’llarda esa transport vositalarining 85 % tezligidan oshmaydigan tezlik qabul qilinadi. Xarakatning tartibini belgilovchi yo’l belgi chiziqlariga yo’lning qatnov qismiga, to’siqlarga va boshqa yo’l inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va xar xil belgilar kiradi. Avtomobil yo’llarida xarakatni tashkil qilishning samarali usullaridan biri yo’l belgi chiziqlarini ishlatishdir. Yo’l belgi chiziqlarini ishlatish yo’l- transport xodisalari sonining 30-50% kamayishiga olib keladi. Ishlatilish vazifasi bo’yicha yo’l belgi chiziqlari yo’l belgilariga ko’pincha mos keladi. Yo’l belgi chiziqlari ikki guruxga bo’linadi: 1. Gorizontal. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 28 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Vertikal. Gorizontal yo’l belgi chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo’llarda tushiriladi (1-rasm). 1-rasm. Yotiq chiziqlar Gorizontal belgi chiziqlari birinchi yo’l chiziqlari guruxiga kirib, jami 23 xil bo’ladi. Vertikal yo’l belgi chiziqlari turli tayanchlarni, ko’prik, yo’l o’tkazgichlarning to’siqlarini, tunellarning devorlarini, yo’l to’siqlarining yon tomonlarini, xavfli joylarda o’rnatilgan xavfsizlik orolchalarini belgilashda ishlatiladi (2-rasm). 2-rasm.Tik chiziqlar Vertikal belgi chiziqlari ikkinchi yo’l belgi chiziqlar guruxiga kirib, jami 7 xil bo’lali. Termoplastlar bilan belgilangan yo’l belgi chiziqlarining qalinligi 6 mm dan oshmasligi kerak. Tishlashish koeffisiyenti esa xo’l xolatida 𝜑=0,4 dan kam bo’lmasligi lozim. Termoplastlarga ko’yiladigan asosiy talab darz ketmaslik, issikda erib ketmaslik va ok rangli bulish, nur qaytarish xususiyati. Kraskalar bilan belgi

Доказательный фрагмент

«Avtomobil yo’llaridagi yo’l belgilari, yo’l chiziqlari, yo’l to’siqlari bilan jihozlash va ularga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Avtomobil yo’llaridagi yo’l belgilari, yo’l chiziqlari, yo’l to’siqlari bilan jihozlash va ularga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yo’l to’siqlar., yo’l chiziqlari, Yo’l belgilari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники