Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKT VA UNING TA’LIMDA QO‘LLANILISHI: IMKONIYATLAR VA XAVFLAR
IMKONIYATLAR VA XAVFLAR · Jo’raqulova Mashhura O’rol qizi
Современное образование и развитие · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada sun’iy intellekt tushunchasi va uning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, uni joriy etish jarayonidagi texnik va metodik xususiyatlar, xorijiy hamda mahalliy tajriba asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, SI asosida yaratilgan o‘quv platformalari, elektron ta’lim vositalari, masofaviy ta’lim tizimlarida qo‘llanilishi bo‘yicha aniq misollar keltirilib, bu texnologiyalarning professor- o‘qituvchilar va talabalar faoliyatidagi o‘rni tahlil etiladi. Maqolada sun’iy intellektni ta’limga integratsiya qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, ehtimoliy xavf-xatarlar, hamda uning istiqbollari, ya’ni kelajakdagi tutgan o‘rni yuzasidan fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, elektron ta’lim, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), masofaviy ta’lim, ta’lim texnologiyalari, aqlli tizimlar, raqamlashtirish, innovatsion o‘qitish usullari. Sun’iy intellekt (SI) — bu informatika fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u inson aql-idroki va tafakkuriga taqlid qiladigan mashina va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Bugungi globallashgan va raqamlashtirilgan dunyoda SI texnologiyalari barcha sohalarda keng joriy etilmoqda: ishlab chiqarish, savdo, sog‘liqni saqlash, logistika, davlat boshqaruvi, xizmat ko‘rsatish, va albatta, ta’lim sohasida ham o‘z o‘rnini topmoqda. Uning yordamida inson faoliyati avtomatlashtirilmoqda, samaradorlik ortmoqda, xatoliklar kamaymoqda. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Mazkur texnologiyalar, ayniqsa, ta’lim sohasida tub Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 72 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘zgarishlarni yuzaga keltirish salohiyatiga ega bo‘lgan ilg‘or vositalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanish o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu texnologiyalarni joriy etish turli muammolar va xavflarni ham yuzaga chiqarishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 17-fevralda qabul qilingan PQ-4996-sonli qaror orqali SI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab berildi. Ushbu qaror orqali SI sohasidagi faoliyatlar bir tizimga solindi va rivojlanish uchun zarur muhit yaratildi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida esa SI texnologiyalarini keng qo‘llash, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Ta’lim tizimida SI texnologiyalarini tatbiq etish orqali maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlarda sifatli, samarali, individual yondashuvga asoslangan o‘quv jarayonini yaratish imkoni tug‘ildi. Yangi muassasalar qurilishi, mavjudlarini zamonaviylashtirish va raqamlashtirish SI’ning jadal rivojiga xizmat qilmoqda. SI’ning rivojlanishi sun’iy neyron tarmoqlarning chuqurlashuvi, katta ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarining kengayishi hamda kompyuter xotira hajmining ortishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu boisdan, SI kundalik hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida uning qo‘llanilishi yangi imkoniyatlar va metodologiyalarni yuzaga keltirmoqda. Keyingi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi zamonaviy o‘quv platformalarining shakllanishi va ularning ta’lim tizimiga chuqur integratsiyalashuviga olib keldi. Bu platformalar nafaqat ta’lim jarayonining avtomatlashtirilishini ta'minlamoqda, balki shaxsiylashtirilgan o‘rganish, individual ehtiyojlarga moslashuv va umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faoliyatining samarali tashkil etilishi va optimallashtirilishida bu vositalar muhim rol o‘ynamoqda. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 73 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Masalan, Khan Academy platformasi sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini tahlil qilib, ularning ishlagan topshiriqlari asosida keyingi mashg‘ulotlarni avtomatik ravishda moslashtiradi. Bu, o‘z navbatida, har bir o‘quvchining o‘ziga xos o‘rganish sur’atini hisobga olgan holda individual yondashuvni ta’minlaydi (Li & Lalani, 2020). Coursera va edX kabi MOOC (Massive Open Online Courses) platformalari ham foydalanuvchilarning o‘quv odatlari va tajribasini sun’iy intellekt algoritmlari orqali tahlil qilib, ularga mos kurslar va o‘quv materiallarini tavsiya qiladi (Zawacki-Richter et al., 2019). Til o‘rganish sohasida esa Duolingo platformasi foydalanuvchilarning xatolarini real vaqt rejimida aniqlab, sun’iy intellekt asosida yangi mashqlarni taklif etadi. Bu foydalanuvchining darajasiga mos tarzda takomillashtirilgan o‘quv jarayonini yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, Carnegie Learning platformasi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sun’iy intellekt tushunchasi va uning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sun’iy intellekt tushunchasi va uning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aqlli tizimlar, raqamlashtirish, masofaviy ta’lim, elektron ta’lim, sun’iy intellekt, innovatsion o‘qitish usullari., raqamli ta’lim, ta’lim texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025