К содержанию
РецензированоUZ2025

ATMOSFERA HODISALARINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLARDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING IFODALANISHI

ATMOSFERA HODISALARINI IFODALOVCHI · FRAZEOLOGIZMLARDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING · Nabiqulov Haqqulbek Poziljon o’g’li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqola atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklar va ularning paralingvistik vositalar bilan uyg‘unlikdagi ifodasini ilmiy asosda o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda frazeologizmlarning semantik kuchi, ularning obrazlilik darajasi va paralingvistik ifoda vositalari bilan birgalikdagi ishlatilishi tahlil qilinadi. Paralingvistik vositalarning frazeologik birliklarga qanday darajada ta'sir qilishi nafaqat nazariy, balki amaliy misollar orqali ham yoritilgan. Bunda xalq og‘zaki ijodi, zamonaviy adabiyot va og‘zaki nutq tahlillari asos qilib olingan. Frazeologik birliklarning emotsional va ekspressiv yuklamasi, ulardagi lingvokulturologik komponentlar ham alohida tahlil ostiga olingan. Ushbu maqola lingvistik, sotsiokulturologik va pragmatik yondashuvlarni birlashtirgan holda yozilgan bo‘lib, lingvistikada antropotsentrik yondashuv nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: frazeologizm, paralingvistika, atmosfera hodisasi, ekspressivlik, intonatsiya, obrazlilik, lingvistika, kommunikatsiya, semantika. Kirish. Tilda frazeologik birliklar inson tafakkuri, madaniyati va dunyoqarashining yorqin ifodasi hisoblanadi. Frazeologizmlar ayniqsa tabiat hodisalari orqali inson kechinmalarini obrazli va ifodali tarzda yetkazishda keng qo‘llaniladi. Ular semantik jihatdan boy, emotsional jihatdan esa ta’sirchan bo‘lib, paralingvistik vositalar bilan uyg‘unlikda ishlatilganda yanada kuchli nutqiy ta’sirga Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 307 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ega bo‘ladi. Akhmanova fikricha, “frazeologizmlar til obrazlarining jamlanmasi sifatida inson fikrining ramziy ifodasi bo‘lib xizmat qiladi”1. Tilshunos David Crystal tilni ko‘p qatlamli kommunikatsiya vositasi deb baholab, inson muloqoti faqatgina og‘zaki yoki yozma shakldagi verbal birliklar bilan emas, balki ko‘plab noverbal (ya'ni, og‘zaki bo‘lmagan) omillar orqali ham amalga oshishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, paralingvistik vositalar - ya’ni ohang, intonatsiya, pauza, tovush balandligi, mimika, imo-ishora kabi vositalar - garchi ular to‘g‘ridan- to‘g‘ri so‘zlar bilan ifodalanmasa-da, mazmunning tushunilishida muhim rol o‘ynaydi. Crystal bu haqda shunday deydi: “Paralinguistic features, though non-verbal, shape the way utterances are interpreted and are essential to pragmatic comprehension”, ya’ni “Paralingvistik xususiyatlar, og‘zaki bo‘lmagan bo‘lishiga qaramay, gapiruvlarning qanday talqin qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi va pragmatik tushunishda muhim ahamiyatga ega”2. Bu fikr, ayniqsa, semantik va pragmatik tahlilda dolzarbdir. Chunki bir xil so‘z yoki ibora har xil ohangda aytilganda, har xil mazmun kasb etishi mumkin. Masalan, “Yaxshi bo‘ldi” degan ibora hazilomuz, kinoyali, jiddiy yoki taskin beruvchi ohangda aytilganda mutlaqo boshqa-boshqa ma’nolarni bildiradi. Shuning uchun ham paralingvistik vositalar tilning tashqi formalari emas, balki uning ichki, semantik tuzilmasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. David Crystalning bu yondashuvi, tilni faqatgina lingvistik tizim sifatida emas, balki kommunikativ va sotsiolingvistik muhitda faoliyat yurituvchi murakkab tizim sifatida talqin etishga asos yaratadi. Unga ko‘ra, har qanday muloqotni to‘liq va to‘g‘ri tushunish uchun, nafaqat so‘zlarning leksik va grammatik tuzilishini, balki ularni qanday tarzda ifodalanganini – ya’ni paralingvistik vositalarni – ham e’tiborga olish zarur. Paralingvistik vositalar – intonatsiya, mimika, tana harakati, pauza va tembr kabi so‘zga hamroh bo‘lgan vositalar - nutqning mazmuniy va emotsional qatlamini boyitadi. Tadqiqotda atmosfera hodisalariga oid frazeologizmlarning mazmuni 1 Akhmanova, O.S. Slovar' lingvisticheskikh terminov. Moskva: Sovetskaya entsiklopediya, 2006, 105-b. 2 Crystal, D. The Cambridge Encyclopedia of Language. Cambridge University Press. 2003, 23-b. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 308 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT paralingvistik vositalar bilan qanday tarzda kuchaytirilishini ko‘rsatish asosiy maqsad qilib olingan. Metodologiya va adabiyotlar sharhi. Ushbu tadqiqotda kontekstual tahlil, semantik tahlil, diskursiv tahlil va komparativ tahlil usullari qo‘llanildi. Material sifatida o‘zbek adabiyoti namunalaridan olingan frazeologik birliklar, ilmiy maqolalar (Karimov, Kravchenko, Crystal) va lug‘aviy manbalar asos qilib olindi. Frazeologizmlar tildagi real qo‘llanish doirasida o‘rganildi, ularning paralingvistik ko‘rinishlari kuzatildi va tahlil qilindi. Bundan tashqari, interaktiv suhbatlardan olingan kontekstual misollar ham asos sifatida keltirildi. Muhokama va natijalar. Atmosfera hodisalariga oid frazeologizmlarning turlari va semantikasini tahlil qiladigan bo’lsak, atmosfera hodisalariga oid quyidagi frazeologizmlar aniqlanib, semantik jihatdan guruhlandi: “Ko‘ngli quyoshdek yorishdi” – ruhiy yengillik va quvonch. “Bo‘rondek g‘azablandi” – kuchli g‘azab, his-tuyg‘u portlashi. “Bulut bosdi” – g‘am, qayg‘u va ruhiy siqilish. “Yomg‘irdan qochib do‘lga tutildi” – salbiy vaziyatdan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklar va ularning paralingvistik vositalar bilan uyg‘unlikdagi ifodasini ilmiy asosda o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklar va ularning paralingvistik vositalar bilan uyg‘unlikdagi ifodasini ilmiy asosda o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
semantika., ekspressivlik, paralingvistika, kommunikatsiya, frazeologizm, obrazlilik, atmosfera hodisasi, lingvistika, intonatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники