Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XUSUSIY ATAMALARNING PRAGMATIK VA PARALINGVISTIK QO’LLANILISHI
Ro’ziohunova Husnida Nodirbek qizi
Современное образование и развитие · 3 · 41-58 · 1983
Аннотация
Ushbu maqola xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik qo‘llanilishini tahlil qiladi. Xususiy atamalar muloqot jarayonida nutq mazmunini qanday shakllantirishi va kontekstga qarab qanday ma’no kasb etishi muhokama etiladi. Shu bilan birga, paralingvistik omillar – imo-ishora, mimika, intonatsiya va tana tili hususiy atamalarni qanday kuchaytirishi yoki o‘zgartirishi o‘rganiladi. Tadqiqot diskurs tahlili, kuzatuv va lingvistik eksperiment usullariga asoslanib olib borilgan bo‘lib, real nutq namunalaridan misollar keltirilgan. Natijalar xususiy atamalarning pragmatik jihatdan dinamik ekanligini, ularning qo‘llanilishi kontekst va paralingvistik vositalarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot tilshunoslik, pragmatika va nutq amaliyoti sohalarida yangi yondashuvlarni taklif qilishi bilan ahamiyatlidir. Tadqiqot natijalari tilshunoslar, tarjimonlar va kommunikatsiya mutaxassislari uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: Xususiy atamalar, pragmatika, paralingvistika, nutq strategiyalari, kontekst, kommunikativ ta’sir, intonatsiya, mimika, tilshunoslik, sotsiolingvistika, psixolingvistika, ijtimoiy diskurs, multimodal kommunikatsiya. Xususiy atamalar til tizimining muhim qismlaridan biri bo‘lib, ular inson muloqotida pragmatik va paralingvistik omillar bilan chambarchas bog‘liq holda ishlaydi. Pragmatika hususiy atamalarning kontekstga mos ravishda qanday ma’no kasb etishini o‘rganadi1, paralingvistika esa ularning intonatsiya, imo-ishora va tana tili bilan mustahkamlanishini tahlil qiladi. Zamonaviy lingvistika tadqiqotlarida 1 Levinson, S. C. (1983). Pragmatics. Cambridge University Press. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 320 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT xususiy atamalar faqat nominativ birlik sifatida emas, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan ta’sir kuchiga ega vosita sifatida ham o‘rganilmoqda. Shu sababli, ushbu mavzuni tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hozirgi tadqiqot xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik qo‘llanilishiga oid muammolarni yoritishga qaratilgan. xususiy atamalar kontekstga qarab turlicha interpretatsiya qilinishi mumkin2, bu esa ularning pragmatik funktsiyalarini chuqurroq o‘rganishni talab qiladi. Shuningdek, paralingvistik vositalarning (masalan, ovoz balandligi, pauza, imo-ishora) xususiy atamalar bilan qanday bog‘liq ekani hali to‘liq o‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsadi – xususiy atamalarning pragmatik jihatdan qanday ishlashini va ularning paralingvistik xususiyatlar bilan qanday uyg‘unlashishini tahlil qilishdir. Ushbu maqsad doirasida quyidagi vazifalar belgilangan: 1. Xususiy atamalarning pragmatik funksiyalarini aniqlash; 2. Turli kontekstlarda xususiy atamalarning ma’no o‘zgarishlarini tahlil qilish; 3. Paralingvistik omillarning hususiy atamalarni idrok etishga ta’sirini o‘rganish; 4. Real nutq misollarida xususiy atamalarning ishlatilish xususiyatlarini tahlil qilish. Ushbu tadqiqot natijalari lingvistika, pragmatika va kommunikatsiya sohalariga yangi yondashuvlarni taklif etishi bilan ahamiyatlidir. Adabiyotlar sharhi. xususiy atamalar tilshunoslikda uzoq vaqtdan beri o‘rganib kelinayotgan tushunchalardan biri bo‘lib, ularning lingvistik va pragmatik xususiyatlari haqida ko‘plab nazariy yondashuvlar mavjud3. Xususiy atamalar dastlab onomastika doirasida o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik ularning kommunikativ va diskursiv xususiyatlari ham tilshunoslar e’tiborini tortdi. Masalan, Levinson (1983) pragmatika doirasida ism va nomlarning muloqotdagi o‘rnini tahlil qilgan bo‘lsa, Brown va Yule (1985) xususiy atamalarning diskursdagi funksional yuklamasi haqida fikr yuritgan. 2 Yule, G. (1996). Pragmatics. Oxford University Press. 3 Mey, J. L. (2001). Pragmatics: An Introduction. Blackwell Publishing. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 321 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT So‘nggi yillarda xususiy atamalarning pragmatik ta’sir kuchi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganildi. Masalan, Wilson va Sperber (2004) relevans nazariyasi asosida xususiy atamalar kontekstga qarab qanday ma’no kasb etishini tushuntirgan4. Ularning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, xususiy atamalar nutq aktlarining maqsadli interpretatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, pragmatik nazariyalarga ko‘ra, xususiy atamalar muloqot jarayonida referensiv aniqlikni ta’minlash, kontekstual aniqlikni oshirish va ma’lumot oqimini soddalashtirish kabi funksiyalarni bajaradi. Paralingvistika nuqtai nazaridan esa, Mehrabian (1972) nutqdan tashqari omillar, jumladan, intonatsiya va tana harakatlari xususiy atamalarning ta’sirchanligini oshirishini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, xususiy atamalar intonatsion urg‘ular orqali pragmatik kuchaytirish mexanizmi sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga, Wierzbicka (1996) xususiy atamalarni madaniy kontekstga bog‘liq holda tushunish zarurligini qayd etgan. Shunday qilib, ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar xususiy atamalarni lingvistik va pragmatik jihatdan chuqur o‘rganishga imkon bergan bo‘lsa-da, ularning paralingvistik aspektlari hali to‘l
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik qo‘llanilishini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik qo‘llanilishini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Xususiy atamalar, paralingvistika, kommunikativ ta’sir, tilshunoslik, psixolingvistika, ijtimoiy diskurs, kontekst, multimodal kommunikatsiya, pragmatika, mimika, nutq strategiyalari, sotsiolingvistika, intonatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025