Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISQA MASOFALARGA YUGURISH TEXNIKASI
Boymirzayev Dilxush Alisher o’g’li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Yugurish jismoniy mashqning keng tarqalgan turidir. Ushbu sport turi bilan shug'ullanuvchilardan individual xususiyatllish va tezkorlikka tezkorlikkani talab qiladi. Maqolada qisqa masofalarga yugurish bo'yicha texnikalar va ularni qo'llash haqida fikr yuritiladi. Kalit so'zlar. yugurish, jismoniy mashq, yengil atletika, start, start tezlanishi, masofa bo'ylab yugurish, egilish, tezlikni saqlab qolish, malakali sportchi. Yengil atletika turlaridan bo'lgan yugurish sport turi keng ommalashgan sport turi sifatida baholanadi. Ushbu sport turining ko‘pgina turlari mavjuddir. Yugurish joydan-joyga ko‘chishning tabiiy usulidir. Bu jismoniy mashqning keng tarqalgan turi bo'lib ko‘pgina sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko‘pgina xillari yengil atletika turlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yugurganda tanadagi mushak guruhlarining deyarli hammasi ishga tushadi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina murabbiylar sprinterlik yugurish texnikasi o‘ta individual bolishini va ma’lum bir biomexanikaviy tavsiflarga qaramasdan, sportchining muayyan individual xusu-siyatlariga, shuningdek, u erishadigan shiddat va tezkorlik darajasiga bogliq ekanligini e’tirof etadilar. Bu, albatta, hamma uchun umumiy bolgan oqilona texnika elementlarini rad etmaydi, ularni takomillashtirish ustida hozirda ham shug'ullanib kelinadi. Sprinterlik yugurish texnikasini tahlil qilish uchun unda shartli ravishda quyidagilar ajratiladi: start; start tezlanishi; 1. masofa bo'ylab yugurish; - marraga yetib kelish. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 136 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Start. Qisqa masofalarga yugurishda musobaqa qoidalariga binoan past start qo'llaniladi, bunda start oyoq tirgaklaridan (stanogidan) foydalaniladi.Oddiy startda start chizigldan birinchi oyoq tirgakkacha bo'lgan masofa 1,5-2 oyoq kaftiga teng, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha bolgan masofa ham xuddi shunday. Endi shug'ullanayotgan sportchilar uchun boldir uzunligiga qarab joylashtirishni qollash mumkin, ya’ni birinchi tirgakkacha bolgan masofa boldir uzunligiga teng Endi shug‘ullanayotgan yuguruvchilarga brazli taqqoslash yordamida buni tushuntirish mumkin: go‘yoki ular vagonetkani itarmoqdalar. Itarish burchagi qancha o‘tkirroq bo'lsa, tezlik hosil qilish uchun ular shuncha ko‘p kuch berishlari kerak boladi. Ushbu holda vagonetka - bu yuguruvchining gavdasi, oyoqlar esa — itariluvchilar. Startda shuni yodda tutish kerakki, bosh yoki tananing noto‘g‘ri holati keyingi harakatlarda xatolami keltirib chiqaradi. Boshni past egiltirib yuborish va tosni yuqori ko‘tarish yuguruvchiga rostlanishga to‘sqinlik qiladi va u yiqilishi yoki qoqilib ketishi mumkin. Boshni yuqori ko‘tarib yuborish va tosni pastga tushirib yuborish birinchi qadamlardanoq gavdaning erta ko‘tarilishiga olib kelishi va start tezlanishi samarasini pasaytirib yuborishi mumkin. Start tezlanishi. Startdan yugurib chiqish yuguruvchining individual imkoniyatlariga qarab 15 dan 30 m gacha davom etadi. Uning asosiy vazifasi — mumkin qadar tezroq maksimal yugurish tezligini olish. Startdan birinchi qadamlarning to‘g‘ri bajarilishi yuguruvchining itarilishiga (yo‘lkaga nisbatan o‘tkir burchak ostida maksimal kuch bilan) va harakat tezligiga bog‘liq. Yuguruvchi birinchi qadamlami egilgan holatda yuguradi, keyin (6, 7-qadamlar) gavdani ko‘tarishni boshlaydi. Start tezlanishida gavdani asta-sekin ko‘tarish juda muhim, shundagina startdan va start tezlanishidan optimal samaraga erishish mumkin. Gavda to‘g‘ri egilganda qadam tashlaydigan oyoq soni tekislangan itariladigan oyoqqa nisbatan 90° ga ko‘tariladi va inersiya kuchi yuqoriga qaraganda ko‘proq oldinga yo‘naltirilgan kuchni hosil qiladi. Yuguruvchi qadam tashlaydigan oyoqni pastga-orqaga qo‘yaturib, gavdasini oldinga itargan holda birinchi qadamlarni bajaradi. Bu harakat sonlarni tez birlashtirish bilan birga qancha tez bajarilsa, keyingi itarilish shuncha chaqqonroq sodir boladi.Masofa bo‘ylab yugurish. Masofa bo‘ylab yugurishda gavdani egiltirish Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 137 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT vertikalga nisbatan taxminan 10—15° ni tashkil etadi. Yugurishda egilish o‘zgaradi: itarilishda yelkalar biroz orqaga olinadi, shu orqali egilish kamayadi, uchish fazasida egilish ortadi. Oyoq kaftlari deyarli bir chiziq bo‘ylab qo‘yiladi. Oyoq kaftining oldingi qismidan boshlab oyoq tos-son bo‘g‘imi nuqtasi proyeksiyasidan to oyoq kaftining distal nuqtasigacha 33—43 sm masofada yerga yumshoq qo‘yiladi. Amortizatsiya fazasida tos-son va tizza bo‘g‘imlaridan bukilish va boldir-kaft bo‘g‘imidan yozilish sodir bo‘ladi, bunda malakali sportchilarda butun oyoq kaftiga to'liq tushish kuzatilmaydi. Marraga yetib kelish. Masofa oxirigacha maksimal tezlikni saqlab bolmaydi. Marragacha taxminan 20—15 m qolganda tezlik odatda 3-8% ga kamayadi. Marraga yetib kelishning asl mohiyati shundan iboratki, masofa oxirigacha maksimal tezlikni saqlab qolishga va uni salbiy omillaming ta’sirini kamaytirishga harakat
Доказательный фрагмент
«Yugurish jismoniy mashqning keng tarqalgan turidir.»
Образец извлечения
Демо-превьюYugurish jismoniy mashqning keng tarqalgan turidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yugurish, jismoniy mashq, yengil atletika, start, start tezlanishi, egilish, masofa bo'ylab yugurish, tezlikni saqlab qolish, malakali sportchi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024