К содержанию
РецензированоUZ2025

IQTISODOY BEQARORLIKDA UMUMIQTISODIY MUVOZANATNING TA'MINLANISHI

Imomova Gõzal Qõchqorovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Iqtisodiyot bir maromda rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi talab qilinadi va buni ular o‘rtasidagi uzviy aloqalarning mavjudligi taqozo etadi. Muvofiqlik muvozanat deb yuritiladi. Iqtisodiy beqarorlik davrida umumiqtisodiy muvozanatni ta'minlash nihoyatda muhim jarayondir. Maqolada umumiqtisodiy muvozabatni ushlab turuvchi omillar birligi haqida fikr- mulohazalar yuritiladi. Kalit so'zlar. Milliy iqtisodiyot, iqtisodiy muvozanat, firma, taklif muvozanati, tovar, ishlab chiqaruvchi, iste'mol va jamg'arish muvozanati, pul qadri, xususiy mulkchilik. Umumiqtisodiy muvozanatning sifatli va miqdoriy jihatlari mavjud. Sifat jihatidan muvozanat iqtisodiyot turli jihatlarining hamohang, bir-biriga mos bo‘lishini bildiradi. Miqdoriy jihatdan qaralganda muvozanatning ma’lum hisob-kitobi bor, ko‘rsatkichlari mavjud. Shularga qarab iqtisodiyotda muvozanat holati saqlangan yoki buzilgan deb aytish mumkin. Muvozanatlar ikki darajali bo‘ladi. Birinchisi, quyi yoki mikro daraja, ya’ni firmalar va xonadonlar faoliyatiga xos muvozanatlar. Ikkinchisi, yuqori yoki makro darajadagi muvozanatlar, bu milliy iqtisodiyotga xos bo'ladi. Mana shular umumiqtisodiy muvozanat bo‘ladi. Umumiqtisodiy muvozanatlardan sosiylari - bu jami talab va jami taklif muvozanati, tovar va pul muvozanati, daromadlar va xarajatlar muvozanati va nihoyat iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi muvozanatlar. Ulardan har birini ko‘rib chiqamiz. Jami talab va taklif muvozanati. Individual talablar birlashib bozor talabini hosil etsa, turh bozorlardagi talablar majmuasi jami talabni yuzaga keltiradiki, bu butun Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 140 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT jamiyat a’zolarining talabidir. Bunga javoban jami taklif yuzaga keladiki, bu barcha tovar ishiab chiqaruvchilarning barcha bozorlarga chiqargan tovar va xizmatlarining summasidir. Uning tarkibiga tashqaridan import etilgan tovarlar taklifi ham kiradi. Daromadlar va xarajatlar muvozanati. Bu muayyan vaqtda ishlab topilgan daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiq bo‘lishini bildiradi. Ma’lumki, jamiyatning daromadi — bu YalM ning qiymati bo‘lib pulda ifodalanadi. Bu daromadlar to‘la sarflanib, ularga kerakli tovarlar ayirboshlanadi, natijada iqtisodiyot barcha ishtirokchilarining ehtiyoji qondiriladi. Daromadlar-xarajatlar muvozanati ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi muvozanatni bildiradi. Ishlab chiqarish natijasida daromadlar olinsa, ular xarajat qilingach iste’mol qondiriladi. Ko'rsatilgan muvozanatlarning bog‘liqligi makroiqtisodiy oborotda real va pul sektorining mavjudligidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish va iste’mol muvofiqligi real sektorga xos bo‘lsa, shunga binoan pul sektorida daromadlar va xarajatlar tengligi kelib chiqadi. Biz bilamizki, real sektordagi tovar va xizmatlarning pul-qiymat shakli bo‘lib, bu pul sektoridagi daromadlar va xarajatlarning qaramaqarshi oqimini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, daromadlar iqtisodiyot barcha ishtirokchilari ixtiyoriga kelgan pul tushumi bo'lib, bu YalM qiymatiga teng bo'ladi. Daromadlar xarajat qilinganda iqtisodiyot subyektiarining iste’moli, chunonchi xususiy va davlat iste’moh qondiriladi, yalpi jamg‘arma hosil etiladi, tovarlar eksporti yuz beradi. Biroq iste’molni qondirish uchun tovarlar import ham qilinadi. Eksport va importning farqi YalM ning qanday ishlatilishini bildiradi. Iste’mol va jamg‘arish muvozanati. Jamiyatning iste’moli u qancha ishlab chiqarganligi bilan belgilanadi. Biroq YalMning hammasi iste’mol etilishi mumkin emas, albatta uning bir qismi jamg‘arilishi kerak, aks holda iqtisodiyot rivojlanmaydi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sishning muhim omili bu investitsiyadir, uning asosiy manbayi esa jamg'arishdir. Iste’mol va jamg‘arish muvozanati ularning miqdoran tengligi emas, balki ularning optimal nisbatda bo'lishini bildiradi. Bu yerdagi optimallik shundan iboratki, u bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish va farovonlikni ta’minlashi zarur. XXI asr boshiga kelib YalM ning 15—20%i jamg'arilsa, uning 80— 85%i iste’moiga yuboriladi. Iqtisodiyot qanchalik rivojlangan bo'lsa, shunchalik YalM Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 141 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT da iste’mol hissasi katta bolgani holda, jamg‘arish hissasi kichik boiadi, chunki iqtisodiy salohiyat qudratli bo'lganidan YalM ning nisbatan kam qismi jamg‘arilgani bilan uning miqdori katta boiadi, bu holda iqtisodiyot bir maromda o‘sa oladi. Iqtisodiyot zaif joyda YalM ning o‘sishi jamg'arishni ko‘p talab qiladi. Biroq xorij investitsiyalari ko‘p kiritilsa mamlakatning o‘zida jamg‘arish qisqarib, iste’mol ko'payishi mumkin. Shu sababli hozir iqtisodiy salohiyati turiicha mamlakatlarda iste’mol va jamg‘arish nisbati farqlanadi. Tovar va pul muvozanati. Iqtisodiyotda jami tovarlar narxining miqdori va pul miqdori o‘rtasida muvofiqlik bo'lganda tovar-pul muvozanati hosil bo'ladi. Bu muvozanat ishlab chiqarish darajasiga mos ravishdagi pul muomalada bo‘lishini bildiradi. Iqtisodiyot pul bilan to‘yingan bo‘lishi

Доказательный фрагмент

«Iqtisodiyot bir maromda rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi talab qilinadi va buni ular o‘rtasidagi uzviy aloqalarning mavjudligi taqozo etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Iqtisodiyot bir maromda rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi talab qilinadi va buni ular o‘rtasidagi uzviy aloqalarning mavjudligi taqozo etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Milliy iqtisodiyot, iqtisodiy muvozanat, firma, taklif muvozanati, iste'mol va jamg'arish muvozanati, ishlab chiqaruvchi, pul qadri, xususiy mulkchilik., tovar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники