К содержанию
РецензированоUZ2025

AMIR MUZAFFAR VA ROSSIYA BOSQINI

Muhammadiyev Bilol Ismoil oʻgli · Harbiy islohot · Navkariya, qoracherik.

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro amirligini qudratli hukumdorlaridan biri amir Haydarning yoshligi, uning mamalakat taxtiga chiqishi, Xiva xonligi bilan urushlari, uning davridagi qoʻzg`alonlar, mamlakat miqiyosida o`tkazgan islohotlari va o`limi yorotiladi. Kalit so`zlar: Mang`itlar, amir Shohmurod. Eltuzarxon, Dinnosirbek, Olimxon, Harbiy islohot, Navkariya, qoracherik. Buxoro amirligida amir Haydar muhim ishlarni amalga oshirdi. Taxtga kelishidan koʻp oʻtmay, Xiva xonligi bilan kurashga kirishgn amir Haydar porloq g`alabaga erishdi. Amir Haydar mamlakatda talim tizmini tartibga solish uchun islohotlar oʻtkazdi. Shunday boʻlsada uning hukumronligi davrida Buxoro amirligida bir necha bor qoʻzg`alonlar boʻlib oʻtdi. Mamalakatni turli bekliklari mustaqilik uchun kurashga kirishdi. Shunday og`ir sharoitda hukumronligini 26 yil davom etirdi. Mang`itlarni uchinchi amiri amir Shohmurodni birinchi farzandi Haydar 1778-yilda Buxoroda dunyoga keldi. Haydarni otasi Shohmurod bu paytda amir emas edi. Haydarni onasi Ashtarxoniy Abulfayzxonning qizi Shamsiya bonu bo‘lib, mang‘it amirlaridan bo‘lgan hukmdorlarga sayid nisbati berilishi amir Haydar davridan boshlandi. Chunki ashtarxoniy hukumdor Nodir Muhammadxonning onasi Mashhadlik saidlar xonodonidan bo`lgan. Nodir https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 0 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Muhammadni nabirasi Abulfayzxon uning nabirasi Haydarni ham tarixchilar “sayid” rutbasi qoʻshib aytilganlar. Shohmurodni kamtarona hayot kechirganini hamma biladi. Shohmurod farzandlariga shu jumladan Haydarni yoshlikdan ilm olishiga katta e’tibor berdi. Buning natijasida Haydar oʻta bilimli va hofizi Qur’on boʻlib yetishdi. Shohmurod taxtga chiqach farzandlarini turli hududlarga hokim etib tayinladi. Amir Shohmurod vafod etganda o‘g’illaridan birinchisi amir Haydar Qarshi hokimi, yana biri Dinnosirbek Marv hokimi, uchinchi o‘g’li Muhammad Husayn Samarqand hokimi edi. Ulardan hech biri otasi vafot etgan paytda Buxoroda emas edilar. Shunday vaziyatda amir Haydarning ikki amakisi – Umarbiy va Fozilbiy xomtamalik va kaltabinlik bilan arkka kirib, hokimiyatni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan. Lekin Amir Haydar Buxoroga kelayotganini eshitgach, har ikkisi ham shahardan chiqib Shahrisabzga ketib qolgan. 1800-yil 2-dekabrda, 22 yoshida Qarshi viloyatidan kelib, Buxoro amirligi taxtiga o‘tiradi. Amir Shohmurod vafotidan keyin Buxoro amirligida o‘zaro kurashlar va ba’zi bekliklarning mustaqillikka intilishi boshlandi. Shu vaziyatda O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachi Jizzaxni bosib oldi. Bobobek parvonachi Jizzaxni qo‘lga kiritgandan so‘ng, shahar hokimi, ya’ni amir Haydarning singlisining eri Muhammad Yusufxo‘jani asir oldi. Bu voqeadan xabar topgan Kattaqo‘rg‘on hokimi Muhammad Xo‘ja o‘z o‘g‘li Muhammad Yusufxo‘jani ozod qilish uchun katta qo‘shin bilan Jizzaxga keldi va Bobobek parvonachi qo‘shinlari bilan jang qilib uni besh yuz nafar askari bilan birga asirga olib, Buxoroga jo‘natdi. Shu tariqa, amir Haydarning amirlikni qayta markazlashtirish yo‘lidagi mashaqqatli kurashi boshlandi. U 1803-yilda ayirmachilik kayfiyatini namoyon qilayotgan O‘ratepaga yurish qilib, uni ham Buxoro amirligiga bo‘ysundirdi. Uning hokimi Bekmurodbiy ibn Xudoyorbiy yuzni qatl qilib, yuz va qirq urug‘i vakillarini ko‘chirib, Buxoro va Samarqandga joylashtirdi. O‘ratepa hukumatini esa Mullo Ernazarbiy dodxohga berib. [ 1. – B 56]. https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 1 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Buxoro va Xiva xonligi o`rtasidagi 1806- yilgi urishni sababi Buxoro savdogarlarini Xiva xonligi hududida qaroqchilar talagch amir Haydar, Xiva xoni Eltuzarxonga maktub yozib, qaroqchilani jazolash va buxorolik savdogarlarni mollarini to`lab berishini aytdi. Eltuzarxon bunga rozi bo`lib qaroqchilarni tutdirib, Buxoro mollarini qaytarib berdi. Amir Haydar bunga ham qoniqmay, Eltuzarxoni qaroqchilarni sherigi deb topdi va yana mol talab qiladi. Xiva xonligini 200 kishilik savogarlari ko`p qimmat baho molar bilan Mashhaddan qaytib Marvdan chiqanlarida Buxoroga tobe turkmanlar ularni talaydilar. Amir Haydar buni oldini olish oʻrniga ularni yana talashga targ’ib qilgan. Bundan tashqari amir Haydarni ukasi Dinnosirbek Eltuzar bilan yaxshi aloqalarni yoʻlga qoʻyadi. Buning natijasda Haydar ukasini Marv hokimligidan boʻshatdi. Dinnosirbek bundan g’azblanib akasiga boʻysinmay Eltuzrxon nomiga xutba o`qitdi. Amir Haydar bir necha bor Marvga qoʻshin yubordi. Dinnosirbek Eltuzardan madad soʻrab uning huzuzriga ketdi. Shu va boshqa sabablar natijasida ikki davlat oʻrtasida kurash boʻlib oʻtdi.[5.-B 47-48]. Urish Amudaryo boʻyida ham quruqlikda ham daryoda boʻldi ogʻir jagda Buxoro qoʻshinlari g’alaba qozondilar. Eltuzarxon mingan kema suvga choʻkib ketishi natijasida oʻzi vafot etdi. Buxoro Xiva urushidan soʻng Buxoro bilan Qoʻqon oʻrtasida urushlar boshlanib ketdi. Qoʻqon xoni Olimxon 1807-1810-yillarda Oʻratepaga hujumlar qilib, katta oʻljalarni Qoʻqonga olib ketdi. Bunay hujumlar Qoʻqon xoni tomonidan Jizzax va Zominga ham uyushtirilib turildi. Doimiy ravishda oli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Buxoro amirligini qudratli hukumdorlaridan biri amir Haydarning yoshligi, uning mamalakat taxtiga chiqishi, Xiva xonligi bilan urushlari, uning davridagi qoʻzg`alonlar, mamlakat miqiyosida o`tkazgan isl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Buxoro amirligini qudratli hukumdorlaridan biri amir Haydarning yoshligi, uning mamalakat taxtiga chiqishi, Xiva xonligi bilan urushlari, uning davridagi qoʻzg`alonlar, mamlakat miqiyosida o`tkazgan isl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zirabuloq janggi., Chernyayev, Amir Muzaffar, Jizzax, Toshkent, K.P. Kaufman, Oqjar janggi, O`ratepa
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники