К содержанию
РецензированоUZ2025

KRIMINALISTIKA TEXNIKASI YORDAMIDA VOQEA JOYINI SUR’ATGA OLISH TURLARI

SUR’ATGA OLISH TURLARI · Xursanov Furqat Alisher o’g’li · Mamanorov X.X

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini sur’atga olishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikada sur’atga olishning tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha takliflar. Kalit so’zlar: sud fotografiyasi, sud-tergov fotografiyasi, sud-ekspert fotografiyasi, tezkor-qidiruv fotografiyasi, panoramali sur’atga olish, stereoskopik sur’atga olish, masshtabli, metric va reproduksiyaviy sur’atga olish, mo’ljalli, obzorli, markazli va detalli sur’atga olish, xalqaro tajribadan foydalanish, zamonaviy texnologiya, ilmiy-amaliy tadbir. Kriminalistika texnikasida voqea joyini sur’atga olish jinoyatchilikka qarshi kurashda juda katta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu kriminalistik jarayonni amalga oshirishda albatta Jinoyat-protsessual kodeks talablariga rioya qilish shart. Chunki kodeksda dalillarni yig’ishda muhim vosita hisoblansa, kriminalistikada esa qanday qilib amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini o’rgatadi. Kriminalistik fotografiya nafaqat tergov harakatlarida, sudda va tezkor-qidiruv faoliyatida ham qo’llaniladi. Ushbu sur’atga olingan narsalar albatta jinoyat-protsessual qonunchiligiga rioya qilingan holda rasmiylashtirilish shart. Voqea joyini sur’atga olish hozirgi paytda jinoyat ishlarini ochish va fosh etishda, tadqiq etishda juda keng qo’llanilmoq1da. 1 Prezidentning “ Raqamli kriminalistika sohasida ilimiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risidagi “qarori Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 180 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Sur’atga olish ko’zdan kechirish va tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakatida ko’proq amalga oshiriladi. Eng keng tarqalgan sur’atga olishlardan biri bu sud-tergov fotografiyasi hisoblanadi. Ushbu fotografiya hodisa joyini ko’zdan kechirish, murdani,ashyoviy dalillarni ko’zdan kechirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari guvohlantirish, tintuv, eksperiment, tanib olish tergov harakatlarida qo’llanilib, dalillarni yig’ish va mustahkamlashda astoydil xizmat qiladi. Bu fotografiya sud-ekspert fotografiyasi va tezkor-qidiruv fotografiyasida ham foydalaniladi. Ba’zi obyektlarni to’liq va keng burchakdan sur’atga olishning imkoni bo’lmagan taqdirda panoramali sur’atga olish amalga oshiriladi. Unga ko’ra obyekt bo’laklarga bo’linib sur’atga olinadi. Masalan, katta hajmli obyektlar fotosuratga olishga imkon bermasa va birmuncha qiyinlashtirgan holatlarda ular mayda bo’laklarga bo’linib, kichik hajmga ajratilib, sur’atga olinadi. Har bir sur’at bir xil sharoitda sur’atga olinishi kerak, yorug’lik va masofalari o’xshash bo’lishi shart. Bir sur’at boshqa yorug’likda, boshqa sur’at esa boshqa yorug’likda olinishiga yo’l qo’yilmaydi. Bu ishni amalga oshirishga halaqit berishi mumkin. Stereoskopik sur’atga olish predmetlarni keng hajmda idrok etgan holda fotosur’atga oladi. Ushbu sur’atga olishda obyektlar bo’laklarga bo’linmasdan amalga oshiriladi. Fototasvirga olishning masshtabli turi obyektlarni sur’atga olishda ularning o’lchamini aniqlashga yordam beradi. Ya’ni ularning bo’yi,eni va uzunliklari aniqlanadi. Bu eng muhim fototasvirga olishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Reproduksiyaviy sur’atga olish obyektning yuzini kattalashtirib va kichiklashtirib fotosur’atga oladi. Bunda hujjatlar, chizmalar, rasmlar, qo’lda chizilgan rasmlar va boshqalarni hajmini o’zgartirgan holda ko’rish imkonini beradi. Bu xuddi mikroskop va lupaga o’xshab, kattalashtiradi va kichiklashtiradi. Tanib olish uchun sur’atga olinganda ba’zi bir qoidalarga rioya qilish shart. Bunda yuz tasviri natural kattaligiga amal qilish shart. Yuz tasviri haddan tashqari katta bo’lib ketmasligi lozim va ancha kichrayib ketmasligi kerak. Murdani tanib olish uchun sur’atga olishda sud-tibbiyot ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi. Albatta, tanib olish uchun murdani qiyofasi bo’lish kerak va uni tiklash ishlarini olib borish shart, bo’lmasa uni tanib olish juda qiyin bo’ladi. Ko’p sodir bo’lgan jinoyatlarni ochishda ko’zdan kechirish chog’ida mo’ljalli sur’atga olish Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 181 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tergovchi tomonidan juda ko’p qo’llaniladi. Bunda voqea sodir bo’lgan joyni tevarak- atrof bilan birga tushiriladi. Chunki voqeani tasvirlashda tevarak-atrofdagi holatlar ham katta o’rin tutadi. Bu voqea sodir bo’lgan joyda obyektlar tashqi ko’rinishini tasvirlashda muhim ahamiyatga ega va uni boshqa voqealar bilan bog’lashda asqotadi. Ba’zi holatlarda keng joyni butun holati bo’yicha sur’atga olish imkoni bo’lmasa, ularni qismlarga bo’lib, panaroma usulida fotosur’atga olinadi. Tergovchi jinoyat sodir bo’lgan joyni borib, ko’zdan kechirish chog’ida birinchi bo’lib, obzorli tarzda sur’atga olishi kerak. Bunda voqea sodir bo’lgan joy dastlabki tarzida sur’atga olinadi. Bu bir qarashdan statik tarzda sur’atga olishga bir tomondan o’xshab ketadi.2 Bunda voqea sodir bo’lgan joy to’la va mazmunli aks ettiriladi. Keyin, voqea sodir bo’lgan joy bilan jinoyat sodir bo’lgan joyning holati o’rganib chiqiladi. Bu

Доказательный фрагмент

«Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini sur’atga olishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikada sur’atga olishning tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha takliflar.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini sur’atga olishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikada sur’atga olishning tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha takliflar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sud-ekspert fotografiyasi, zamonaviy texnologiya, obzorli, tezkor-qidiruv fotografiyasi, masshtabli, panoramali sur’atga olish, sud fotografiyasi, xalqaro tajribadan foydalanish, ilmiy-amaliy tadbir., sud-tergov fotografiyasi, mo’ljalli, stereoskopik sur’atga olish, markazli va detalli sur’atga olish, metric va reproduksiyaviy sur’atga olish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники