Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KRIMINALISTIKA TEXNIKASI YORDAMIDA VOQEA JOYINI KO’ZDAN KECHIRISH VA TEZKOR-QIDIRUV ISHIDA QO’LLANILISHI
Xursanov Furqat Alisher o’g’li · Mamanorov X.X
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini ko’zdan kechirishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikaning tezkor-qidiruv faoliyatida tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha takliflar. Kalit so’zlar: Kriminalistik texnika, Ko’zdan kechirish,tergovchi. Ko’zdan kechirish turlari, kriminalistik prinsiplar, ko’zdan kechirish bosqichlari, tergov chemodani, statik, dinamik,ekspert-kriminalistika faoliyati. Kriminalistik texnika hozirgi kunda jinoyatlarni ochish va uni tergov qilish orqali aybdorlarni jazolashda juda katta o’rin tutadi. Bunda kriminalistika fani muhim o’rin egallaydi. Chunki jinoyat huquqi jinoyat va jazo tizimini belgilab bersa, kriminalistika esa bu jinoyatlarni qanday qilib aniqlash va ochish metodikasini o’rgatish orqali jinoyat va jinoyat-protsessual fanlariga juda katta yordam beradi. Asosan ko’pchilik jinoyatlarda ko’zdan kechirish taktikasini qo’llash orqali ko’p jinoyatlar ochiladi va tergov qilish taktikasi orqali amalga oshiriladi. Unda jinoyat izlari, ashyoviy dalillar bevosita aniqlanadi va ularning sharoit va holatlari o’rganiladi. Bu jinoyatlarni ochish va aniqlash albatta surishtiruvchi va tergovchining mahoratiga bog’liq. Birinchi navbatda tekshirilayotga voqea qanday sharoitda yuz berganini aniqlash jinoyatni ochishda katta o’rin tutadi, keyingi navbatda esa jinoyat izlarini aniqlash jinoyatni ochishga muhim dalil bo’lib asqotadi. Izlar va narsalar aniqlangani Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 185 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bilan uni qaysi jinoyatchiga aloqadorligini aniqlash bo’lmasa jinoyatni oxiriga yetkazishga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun jinoyat subyekti sifatida jinoyatchini aniqlash jinoyatni tergov qilishda muhim hodisa hisoblanadi. Ko’zdan kechirish tergov harakatini olib borish nafaqat kriminalistika fani balki, balki jinoyat- protsessual fani bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun ushbu tergov harakatini olib borishda kriminalistik bilim va ko’nikmalardan tashqari jinoyat va jinoyat-protsessual fanlarini ham chuqur bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’zdan kechirishning hodisa joyi, tevarak-atrof, tirik shaxslarni, pochta-telegraf xabarlarini, murdani, narsa va hujjatlarni, hayvonlarni va audioyozuvlarni ko’zdan kechirish kabi turlari mavjud.1 Ko’zdan kechirish dastlabki tarzda amalga oshirilsa, hamma muhim bo’lgan dalillar va izlar yaxshi aniqlanadi va jinoyat ishi uchun muhim dalil bo’lib asqotadi, ammo dastlabki tekshiruv chala va kamchiliklar bilan o’tkazilib, xatolar ko’p bo’lsa bu tergov jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunday holatda tergovchi takroriy tarzda ko’zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishiga to’g’ri keladi. Takroran o’tkazishning afzallik tomonlaridan yana biri tekshirilayotgan obyekt sinchkovlik bilan amalga oshiriladi, bu jinoyat ishiga ijobiy ta’sir qilishi mumkiin. Ko’zdan kechirish tergov harakati sermashaqqat tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda ko’zdan kechirish orqali hodisa sodir bo’lgan joy va jinoyat joyi bir-biriga to’g’ri kelmasligi mumkin. Hodisa sodir etilgan joy bitta jinoyat ishi bo’yicha bitta joyni tekshirishdan iborat bo’lmasligi mumkin. Jinoyat murakkab jinoyat bo’lib, uning sodir etilish joyi turli xil joylarda bo’lishi mumkin Ana shunday holatlarni hisobga olib tergovchi turli xil joylarni ko’zdan kechirishiga to’g’ri keladi. Masalan odam o’ldirish jinoyat bo’yicha odam o’ldirilgan joy, murdani boshqa yerga olib borib ko’mib yuborilgan joy va hokazo holatlar bo’lishi mumkin. Ko’zdan kechirishning prinsiplari ushbu tergov harakatlarini olib borishda ularni aniq, bir xilda ,o’z vaqtida olib borishda katta o’rin tutadi. Ko’zdan kechirishni o’z vaqtida amalga oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi, Agar bu tergov harakati kechiktirilib, amalga oshirilsa o’sha yerdagi izlar va boshqa dalillar yo’q bo’lib ketishi yoki o’z xususiyatini yo’qotishi mumkin. 1 Prezidentning “ Ichki ishlar organlarining Ekspert kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi” qarori Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 186 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ko’zdan kechirishni to’liq amalga oshirish ham muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Bu prinsipni to’g’ri qo’llamaslik ishni to’g’ri amalga oshirishga to’sqinlik qilishi mumkin. Tergovchi ko’zdan kechirishni amalga oshirishda albatta reja tuzib olishi shart, chunki tartib bilan amalga oshirilmasa ba’zi holatlarni unutib qo’yib sedan chiqarib qolib ketishi mumkin va ishning chala va xataliklar bilan bajarilishiga olib kelishi mumkin. Bunday olganda tergovchi puxta tayyorgarlik ko’rishi kerakligida dalolat beradi. Ko’zdan kechirishni axborot-texnik va moddiy-texnik ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tergovchi tergov harakatini olib borishda bir o’zi amalga oshirishi u to’liq jinoyatni ochishiga yetarli bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun tergovchi ekspert va mutaxassislar bilan ham ishlashiga to’g’ri keladi. Yana xi
Доказательный фрагмент
«Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini ko’zdan kechirishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikaning tezkor-qidiruv faoliyatida tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yich…»
Образец извлечения
Демо-превьюKriminalistik texnika yordamida voqea joyini ko’zdan kechirishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikaning tezkor-qidiruv faoliyatida tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yich… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- statik, Ko’zdan kechirish, ekspert-kriminalistika faoliyati., Kriminalistik texnika, kriminalistik prinsiplar, tergovchi. Ko’zdan kechirish turlari, ko’zdan kechirish bosqichlari, dinamik, tergov chemodani
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025