К содержанию
РецензированоUZ2025

TARBIYA BUYUK NE'MAT HAYOTIDAGI O‘RNI

Nurulloeva Manija Qurbonovna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Abdullayeva Nargiza Izzatulloevna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Ramazonova Aziza Amonullaevna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Toshova Shahlo Qurbonmurot qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 41-43 · 2025

Аннотация

This article states that the prosperity of a family, and indeed of every country on planet Earth, and the well-being of the people living in it, is undoubtedly due to education and upbringing, that in the world of life, there is undoubtedly nothing more influential on humanity than upbringing, and for this reason, famous sages from ancient times have written valuable thoughts about upbringing. Keywords: Education, human, task, society, ancestor, personality, morality, idea, children, education, spirituality, virtue, habit, scholar. Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama etuk qilib voyaga etkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bunday nodir asarlar o'sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo'lib etishishlariga undagan.Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigʼindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga oʻtadi. Ajdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”, “Qobusnoma”, “Axloqi muhsiniy”, “Axloqi jaloliy”, “Axloqi nosiriy”, “Qonuni hikmat”, “Nigoriston”, “Bahr al-ulum”, “Kachko'li sultoniy”, “Jovidoni xirad”, “Bistu se hikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob as-solihin”, “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” singari asarlar shular jumlasidandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq-tarbiyaga oid biror so'z va tushunchani izohlab, keyin unga o'quvchi amal qilish uchun naqliy va axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari surilgan ilg'or g'oyalar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Tarbiya — Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 192 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yo'lida koʻriladigan chora tadbirlar yigʼindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga oʻtadi.Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish o'zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim tamoyillaridandir. Yana insonda e'tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o'zini-o'zi anglashi, keng fikr yuritishi o'zini va boshqalarni fikri, g'oyalari, qarashlarini baholashi ham tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir.Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Pedagogikada tarbiya ikki manoda farqlanadi: keng ma'nodagi tarbiya va tor ma'nodagi tarbiya. Keng manoda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta'sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Ya'ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta'siri natijasida shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiya.Tor ma'nodagi tarbiya-pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati hisoblanadi. Bunda, tarbiya malum bir ta'limni o'rganish maqsadida tashkil etiladi va pedagog va o'quvchining faoliyat jarayoni tushuniladi. Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil, ilmli, yetuk, barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni kamol toptirishdagi asosiy tushuncha ham bu tarbiyadir. Xitoy donishmandi Syun-Szi “Chaqaloqlar hamma erda bir xil yig'lashadi. Katta bo'lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu – tarbiyaning oqibati”, deb yozgan edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant o'z asarida “Inson faqat tarbiya orqali inson bo'ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, degan fikrni bildiradi. Tarbiya borasida Sa'diy Sheroziy shunday misralarni bitgan: Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 193 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Minbarning poyida tursa ham eshak, Tarbiya yuqmaydi, bo'lmaydi odam. Tarbiya ko'rmayin ulg'aysa kishi. Eshak bo'lib qolur yuzga kirsa ham. Tarbiyaga e'tiborsizlikning oqibati nimalarga olib kelishini o'z vaqtida Abdulla Avloniy kuyunib, “Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o'g'rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga e'tibor berilmagan bolalardir”, deb yozib qoldiradiAdabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat- hu

Доказательный фрагмент

«This article states that the prosperity of a family, and indeed of every country on planet Earth, and the well-being of the people living in it, is undoubtedly due to education and upbringing, that in the world of lif…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article states that the prosperity of a family, and indeed of every country on planet Earth, and the well-being of the people living in it, is undoubtedly due to education and upbringing, that in the world of lif… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Education, human, task, society, ancestor, personality, morality, ma'naviyat, alloma., vazifa, axloq, jamiyat, ajdod, shaxs, g'oya, ta'lim, inson, odat, bolalar, Tarbiya, fazilat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники