Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Fattoyeva Gulmira Shuhrat qizi · Nurmurodov Asadbek Abduraxmon o’g’li.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada matematika fanini oʻqitishda qoʻllanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatlari hamda shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim usullari yoritilgan. Shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish yoʻllari tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: matematika, zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar, AKT, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim, innovatsion metodlar. Bugungi kunda taʼlim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – yosh avlodni mustaqil fikrlashga oʻrgatish, ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdir. Ayniqsa, matematika kabi murakkab fanlarni oʻqitishda anʼanaviy yondashuvlar oʻrnini zamonaviy, innovatsion metodlar egallamoqda. Bu jarayon oʻqituvchidan yangicha fikrlashni, interaktiv usullar va AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanishni talab etadi. Shuningdek, matematika fanini oʻqitishda yangi texnik vositalar, jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fanlararo aloqadorlikni taʼminlashda informatika fanining yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish esa oʻqitish samaradorligini oshirishga va jarayonni optimallashtirishga katta imkoniyatlar yaratadi. So‘nggi oʻn yillikda matematika fanini oʻqitishda kompyuterlar bir necha asosiy yo‘nalishlarda qo‘llanila boshladi. Jumladan, kompyuter yordamida bilim va koʻnikmalarni baholash, turli xil oʻrgatuvchi Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 206 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, shuningdek, bilimga oid matematik oʻyinlar yaratish kabi yo‘nalishlar shular jumlasidandir. Matematika darslarida kompyuterdan foydalanishning yana bir qulay tomoni – bu ayrim oʻquv jarayonlarini modellashtirish imkoniyatidir. Modellashtirilgan dasturlar yordamida, odatda tushuntirish qiyin boʻlgan yoki tasavvur qilish murakkab boʻlgan materiallarni tushunarli va aniq ifodalash mumkin bo‘ladi. Bunday modellar oʻquvchilarga grafik rejimda, multimediali ko‘rinishda materialni taqdim etish imkonini beradi. Natijada, oʻquvchilar matematika fanini yanada chuqurroq oʻrganish va mustaqil ishlashga ko‘proq intilishadi. Matematika fanini oʻqitishda quyidagi zamonaviy yondashuvlar samarali hisoblanadi: 1. Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv. Har bir oʻquvchining shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olib, individual oʻqitish metodlarini qoʻllash. Bu usul oʻquvchida motivatsiyani oshiradi va mustaqil ishlash koʻnikmasini rivojlantiradi. 2. Interaktiv metodlar. Guruhli ishlar, muhokama, rolli oʻyinlar, debatlar orqali oʻquvchilar faoliyatini ragʻbatlantirish. Masalan, matematik masalalarni jamoaviy yechish yoki loyihalar asosida ish olib borish. 3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Multimedia resurslar, elektron darsliklar, onlayn platformalar yordamida tushuntirish jarayonini jonlantirish, murakkab tushunchalarni vizualizatsiya qilish. 4. Problemali oʻqitish. Oʻquvchilarga muammoli vaziyatlar berib, ularni tahlil qilish va echim topishga yoʻnaltirish. Bu ularning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Zamonaviy texnologiyalar asosida matematika oʻqitishning afzalliklari esa quydagilarni tashkil etadi: Oʻquvchilar dars jarayonida faol ishtirok etadi, dars jarayoni jonlanadi. Mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish koʻnikmalari shakllanadi. Oʻquvchilar oʻzlashtirish darajasi ortadi, murakkab tushunchalar soddalashtiriladi. Oʻqituvchilar uchun nazorat qilish va baholash jarayonlari yengillashadi. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 207 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shuni ham aytish joizki, bugungi kunda matematika fanini o‘qitishga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar soni kundan-kunga o‘rtib bormoqda. Shundan kelib, bugungi kunda matematika fanini o‘qitishda katta samaradorlikka erishishga va o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishda turli dasturiy mahsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Misol uchun, Scilab — bu bepul foydalanish mumkin bo‘lgan kompyuter matematikasi dasturiy platformasidir. U, asosan, muhandislik va ilmiy hisob-kitoblarni bajarish uchun mo‘ljallangan. O‘zining funksional imkoniyatlari jihatidan Scilab ko‘pchilikka tanish bo‘lgan MathCAD dasturiga o‘xshaydi, interfeysi esa MatLab paketini eslatadi. Bundan tashqari, Scilab foydalanuvchilari o‘z oldilariga qo‘yilgan muammolarni yechish uchun shaxsiy modullarini yaratishlari va ishlab chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, Maple — bu murakkab matematik hisob-kitob loyihalarini bajarish va boshqarish uchun mo‘ljallangan qulay hisoblash dasturidir. U ma’lumotlarni o‘rganish, natijalarni tahlil qilish, grafik funksiyalarni chiqarish, tezkor hisoblash amallarini bajarish hamda boshqa matematik operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Maple keng qamrovli funksiyalar to‘plami bilan hisoblash ishlarini samarali va tushunarli tashkil etadi. MathCAD esa k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada matematika fanini oʻqitishda qoʻllanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatlari hamda shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim usullari yoritil…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada matematika fanini oʻqitishda qoʻllanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatlari hamda shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim usullari yoritil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion metodlar., AKT, matematika, pedagogik texnologiyalar, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim, zamonaviy yondashuvlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024