К содержанию
РецензированоUZ2025

ISLOMDA ILM VA TALIM:

Ilmiy rahbar: Samatov Xurshid O’lmasjonovich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Islom dinining ilm, ta’lim, odob-axloq va ma’rifatga bergan yuksak e’tibori dinshunoslik kontekstida tahlil qilinadi. Qur’on va Hadis asosida ilm olishning fazilati, musulmon olimlarning ilmga bo‘lgan yondashuvi, diniy va dunyoviy ilmlar orasidagi uyg‘unlik ochib berilgan. Shuningdek, islomiy qadriyatlar, ularning tarixiy va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, odob-axloqiy me’yorlar, oilaviy munosabatlar va ijtimoiy barqarorlikka ta’siri yoritilgan. Maqola Islomning ma’naviy-ma’rifiy tamoyillarini bugungi kun yoshlar tarbiyasida qo‘llash zaruratini asoslab beradi. Kalit so‘zlar: Islom, ilm, ta’lim, dinshunoslik, ma’rifat, odob, axloq, qadriyatlar, Qur’on, Hadis, musulmon olimlari, shariat, komil inson, ma’naviyat, jamiyat. Islom dini ilm-fanga, tafakkurga va ta’limga alohida ahamiyat bergan dinlardan biridir. Qur’on va hadislar orqali ilm olishga da’vat, ilmlilarni ulug‘lash, jaholatdan qaytarish kabi g‘oyalar musulmon jamiyatlarining ilmiy-ma’rifiy taraqqiyotida asosiy omillardan bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu maqolada ilm va ta’lim masalasining islomiy dinshunoslik kontekstidagi o‘rni, manbalarda qanday aks etgani va musulmon olimlarining bu boradagi yondashuvlari yoritiladi Tarixiy kontekstda din va iqtisod Ilmning Qur’on va Sunnatda o‘rni. Qur’oni karimda birinchi nozil bo‘lgan oyat: “Iqro’!” — ya’ni “O‘qi!” buyrug‘i bilan boshlanadi (Al-‘Alaq surasi, 1-oyat). Bu oyat nafaqat ilm olishga da’vat, balki tafakkur, kuzatish va izlanishga chorlovchi ilk ilohiy ko‘rsatma sifatida qaraladi. Rasululloh Muhammad (s.a.v) esa: “Ilm olish har bir musulmon erkak va ayolga farzdir” (Ibn Moja) deb, ilmning jins, yosh va mavqega qaramasdan barchaga zarurligini ta’kidlaydilar. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 339 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ta’limning ijtimoiy va ma’naviy o‘rni Islom dini faqat shaxsiy najotni emas, balki jamoaviy taraqqiyotni ham ko‘zda tutgan. Ilm va ta’lim orqali jamiyat a’zolari ma’rifatlanadi, adolatli boshqaruv va halollik tamoyillari mustahkamlanadi. Masjidlar qoshida maktablar (maktab, madrasalar), kutubxonalar tashkil etilishi bunga yorqin misoldir. Dastlabki islomiy madrasalar va ilm markazlari Bag‘dod, Damashq, Buxoro, Samarqand, Kufa kabi shaharlar bo‘lgan. Zamonaviy dunyoda Islom qadriyatlarining o‘rni Hozirgi davrda Islom qadriyatlari globallashuv sharoitida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Axloqiy buzilishlar, oilaviy muammolar, zo‘ravonlik va adolatsizlikning oldini olishda Islom qadriyatlari muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, Islomning bag‘rikenglik tamoyillari turli din va millatlar o‘rtasida muloqotni rivojlantirishga yordam beradi.Islomda ota- onaga hurmat, qo‘shnichilik huquqlari, bolalarga mehr, ayollarni e’zozlash, er-xotin orasidagi hurmat va mas’uliyat – bularning barchasi axloqiy mezonlar asosida belgilanadi. Rasululloh (s.a.v) aytganlar: “Eng yaxshilaringiz – o‘z oilasiga yaxshilik qilganlaringizdir.” Odob va axloqning islomiy ta’rifi “Odob” arab tilidan olingan bo‘lib, “go‘zal xulq”, “yaxshi muomala” ma’nolarini bildiradi. “Axloq” esa xulq-atvor, fe’l, insonning ichki fazilatlari va ularning tashqi ifodasidir. Islomda bu ikki tushuncha bir-birini to‘ldirib, komil inson timsolini yaratishda muhim o‘rin tutadi. Qur’on va Hadisda odob-axloq Qur’oni karimda Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) haqida: “Darhaqiqat, sen buyuk axloq egasisan” (Qalam surasi, 4-oyat) deb aytadi. Rasululloh (s.a.v) esa: “Men chiroyli axloqni mukammallashtirish uchun yuborildim” (Imom Ahmad rivoyati) deydilar. Islom ma’rifati va uning rivojlanishi. lsomning ilk davrlaridanoq ilm va ma’rifat muhim o‘rin tutgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tomonidan yetkazilgan bilim va hikmatlar islom sivilizatsiyasining asosini yaratgan. X asrda Bag‘dod, Buxoro, Qohira, Andalusiya kabi hududlarda ilmiy markazlar tashkil etilib, matematikadan astronomiyaga, tibbiyotdan falsafaga qadar turli sohalarda buyuk kashfiyotlar amalga oshirilgan. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 340 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Xulosa Islomda ilm va ta’lim faqat dunyoviy yoki diniy maqsadlar uchun emas, balki insonni komil, ijtimoiy foydali va Allohga yaqin qilish uchun vosita sifatida qaraladi. Dinshunoslik kontekstida esa ilm — Allohni anglash, yaratganning hikmatini tushunish, hamda jamiyatda adolat va axloqiy mezonlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Qur’oni Karim. Tarjimasi va tafsiri. – Toshkent: «Hilol-Nashr», 2009. Hadislar to‘plami (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Ibn Moja). – Toshkent: «Movarounnahr», 2012. G‘azzoliy, Abu Homid. «Ihyo ulum ad-din». – Qohira: Dar al-Ma’rifa, 2002. Al-Farobiy. «Fozil shahar ahli». – Toshkent: «Fan», 1993. Ibn Sino. «Tib qonunlari». – Toshkent: «O‘zbekiston», 1996. Al-Biruniy. «Hindiston». – Toshkent: «Fan», 1998. Karimov, I.A. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». – Toshkent: «Ma’naviyat», 2008. Nasr, Seyyed Hossein. Science and Civilization in Islam. – Harvard University Press, 1968. Mavlonov, A. «Islom dini asoslari». – Toshkent: «Sharq», 2001.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Islom dinining ilm, ta’lim, odob-axloq va ma’rifatga bergan yuksak e’tibori dinshunoslik kontekstida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Islom dinining ilm, ta’lim, odob-axloq va ma’rifatga bergan yuksak e’tibori dinshunoslik kontekstida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
musulmon olimlari, ta’lim, jamiyat., Hadis, shariat, komil inson, axloq, dinshunoslik, Islom, ma’naviyat, qadriyatlar, Qur’on, ma’rifat, ilm, odob
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники