К содержанию
РецензированоUZ2026

AXLOQIY MUAMMOLAR VA ULARNING BARTARAF ETILISHI

Norboyev Shoxrux Shuxrat o’g’li

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat hayotida uchrayotgan asosiy axloqiy muammolar — yolg‘on, hiyla, hasad, xiyonat, beodoblik, zo‘ravonlik, manfaatparastlik kabi illatlar yoritilgan. Axloqiy muammolarning kelib chiqish sabablari, ularning shaxs va jamiyatga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Muallif axloqiy inqirozning oqibatlari jamiyatdagi ishonch, birdamlik va barqarorlikka qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari — oilaviy tarbiya, ta’lim tizimidagi ma’naviy yondashuvlar, diniyma’rifiy targ‘ibot, huquqiy savodxonlik va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Maqola axloqiy qadriyatlarning mustahkamlanishi orqali sog‘lom jamiyat qurishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tayanch so’zlar : Axloq, axloqiy muammo, yolg‘on, xiyonat, hiyla, beodoblik, hasad, vijdon, halollik, ma’naviyat, tarbiya, ta’lim, huquqiy savodxonlik, diniyma’rifiy targ‘ibot, shaxsiy mas’uliyat, jamiyat, adolat, zo‘ravonlik, inson qadriyati, sog‘lom muhit. Axloqiy muammo – bu insonning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan holat bo‘lib, unda ezgulik, adolat, vijdon, halollik kabi axloqiy qadriyatlar ishtirok etadi. Masalan: Yolg‘on gapirish, pora olish, haqsizlik qilish, va’da buzish, boshqalarga zarar yetkazish kabilar [4, 45-bet]. Axloqiy muammolarning asosiy turlari:yolg’on va hiyla, hasad va adovat , xiyonat , beodoblik va tuhmat , talato’p , shafqatsizlik va zo’ravonlik , shaxsiy manfaatparastlik va halollikdan chekinish hisoblanadi [1, 35-bet; 2, 212-bob]. Yolg’on va hiyla : Yolg’on gapirish , soxtalik , hiyla ishlatish odamlar o’rtasidagi ishonchni yemiradi. Ko’p hollarda foyda orttirish maqsadida qilinadi.Hasad va adovat: Boshqaning erishgan yutuqlaridan bezovta bo’lish , unga zara yetkazish niyati. Bu illat jamiyatda birlik va hamjihatlikni Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 362 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yo’qotadi. Xiyonat: Ishonchni suiiste’mol qilish yani do’stga , oila a’zoga yoki vatanga nisbatan xiyonat qilish. Beodoblik va tuhmat: Katta-kichikni hurmat qilmaslik, odobni unutish. Tuhmat-haqiqatga zid gaplar orqali kimgadir zarar yetkazish. Talato’p, shafqatsizlik va zo’ravonlik: Huquqiy va ma’naviy me’yorlarning buzilishi. Boshqalarning shani va qadr-qimmatinni poymol qilish [6]. Shaxsiy manfaatparastlik va halollikdan chekinish: Jamiyatdagi adolatsizlik, korrupsiya, poraxo’rlik, savdo-sotiqda aldov [7]. Axloqiy muammolarning sabablari: Ma’naviy tarbiyaning zaifligi-oilada va ta’limda axloqiy qadriyatlarga e’tibor yetishmasligi [1, 38-bet]. Moddiy mannfaatni ustun qoyish-halollik vavijdonni moddiy foydaga almashtirish [4, 50- bet]. Media va ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri- zo’ravonlik , buzuqlik, yolg’on targ’iboti . Yoshlar orasida ideal yo’qolishi-to’g’ri yo’l ko’rsatadigan yetakchi shaxslar yetishmasligi [4]. Axloqiy muammolarning oqibatlari: Axloqiy muammolar jamiyat hayotida chuqur salbiy iz qoldiradi. Eng avvalo, bu muammolar insonning ichki dunyosida inqirozni yuzaga keltiradi. Yolg‘on, hiyla, xiyonat yoki buzuq xulq-atvor odamni o‘z vijdoni oldida qiynaladigan holatga olib keladi [3, 112-bet]. Shaxsiy halollik va poklik yo‘qolganda, inson o‘zini yo‘qotadi, ruhiy tushkunlik, maqsadsizlik, ishonchsizlik holatiga tushadi [4, 53-bet]. Jamiyat miqyosida esa axloqiy muammolar ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Odamlar bir-biriga ishonmay qo‘yadi, do‘stlik, hamkorlik, ijtimoiy birdamlik susayadi. Natijada ijtimoiy ziddiyatlar, nizolar ko‘payadi, tinchlik va barqarorlik izdan chiqadi. Axloqiy inqirozlar jinoyatchilikning kuchayishiga ham sabab bo‘ladi. Qonun va tartib-qoidalarni mensimaslik, yolg‘on guvohlik berish, firibgarlik, zo‘ravonlik – bularning barchasi axloqiy zaiflikdan kelib chiqadi. Bunday holatlar nafaqat alohida shaxslarga, balki butun jamiyatga katta zarar yetkazadi. Bundan tashqari, axloqiy qadriyatlarning yemirilishi natijasida jamiyatda umumiy tanazzul boshlanadi. Adolat, halollik, mehr-shafqat kabi insoniy fazilatlar yo‘qoladi. Buning oqibatida jamiyat o‘z rivojlanish imkoniyatini boy beradi, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik izdan chiqadi. Axloqiy muammolarni hal qilish yo‘llari. Axloqiy muammolarga qarshi Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 363 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kurashish har bir shaxsdan, oiladan va butun jamiyatdan mas’uliyat talab qiladi. Eng avvalo, bu masalada oilaviy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Bola go‘daklikdan boshlab halollik, odob, rostgo‘ylik ruhida tarbiyalansa, kelajakda jamiyatda axloqiy muammolar kamroq uchraydi. Ota-ona nafaqat og‘zaki, balki o‘z xatti-harakati bilan o‘rnak bo‘lishi kerak [1, 40-bet]. Ikkinchi muhim yo‘nalish — ta’lim tizimi. Maktab va oliy o‘quv yurtlarida faqat bilim berish bilan cheklanmasdan, yoshlarni axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash zarur. Darsliklar, dars jarayonlari va pedagogik yondashuvlar yosh avlodda ma’naviy immunitet shakllantirishi kerak. Shuningdek, diniy va ma’naviy targ‘ibot ham axloqiy muammolarni kamaytirishd

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat hayotida uchrayotgan asosiy axloqiy muammolar — yolg‘on, hiyla, hasad, xiyonat, beodoblik, zo‘ravonlik, manfaatparastlik kabi illatlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat hayotida uchrayotgan asosiy axloqiy muammolar — yolg‘on, hiyla, hasad, xiyonat, beodoblik, zo‘ravonlik, manfaatparastlik kabi illatlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vijdon, beodoblik, zo‘ravonlik, shaxsiy mas’uliyat, xiyonat, axloqiy muammo, jamiyat, huquqiy savodxonlik, adolat, sog‘lom muhit., hasad, Axloq, halollik, inson qadriyati, tarbiya, ta’lim, ma’naviyat, yolg‘on, diniyma’rifiy targ‘ibot, hiyla
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники