Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’QUVCHILARGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O’RGATISHDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
O’QUVCHILARGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI · Karimov Qayum Mamashayevich · O‘zbekiston Respublikasi · Qarshi shahri · Butayev Adham Nortojiyevich · Karimov Kayum Mamashayevich (TECHNOLOGY TO SCHOOLCHILDREN) · Butayev Adham Nortojiyevich (Karshi State University, Republic of Uzbekistan, Karshi city)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Maqolada maktab o'quvchilariga axborot texnologiyalarini keys texnologiyasidan foydalangan holda o'qitishni tashkil etish bo‘yicha fikrlar keltirilgan. Kalit so'zlar: texnologiya, interaktiv metod, axborot texnologiyalari, keyslar, "Case study" metodi, dasturiy ta'minot. USING CASE TECHNOLOGY IN TEACHING INFORMATION TECHNOLOGY TO SCHOOLCHILDREN Karimov Kayum Mamashayevich PhD, associate professor Karshi State University, Republic of Uzbekistan, Karshi city Butayev Adham Nortojiyevich Master of Arts, Department of Algorithms and Programming Technologies, Karshi State University Annotation: The article presents ideas for organizing the teaching of information technologies to schoolchildren using case technology. Keywords: technology, interactive method, information technology, cases, "Case study" method, software. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 410 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning nafaqat bilim olishini, balki mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv-larni rivojlantirishni ham talab qiladi. Axborot texnologiyalari (AT) fani esa bu maqsadlar uchun ayniqsa qulay maydon hisoblanadi. O‘quvchilarda AT sohasiga qiziqishni oshirish, ularni real hayotdagi muammolarni hal qilishga tayyorlash uchun innovatsion ta’lim metodlaridan foydalanish nihoyatda samaralidir Hozirgi kunda axborot texnologiyalari (AT) har bir sohaga chuqur kirib kelgan bo‘lib, maktab ta'limida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.O‘quvchilarga axborot texnologiyalarini o‘rgatishda zamonaviy metodlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta‘lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta‘minlash maqsadida o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi, hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda[1]. Maktab ta’limining bugungi vazifasi, o’qituvchilarning yangi innovatsion axborot texnologiyalari orqali dars davomida samarali foydalanib, o’quvchilarga ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi. Shuning uchun ham dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning informatika va axborot texnologi-yalari fanini tushunarli, aniq qilib o’rganib borishi uchun ham, darslarni yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimida ham informatika fani umumiy ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Xususan, Janubiy Koreya axborotlashtirish va kompyuterlashtirish darajasi bo‘yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lib, maktablarda informatika o‘qitishning zamonaviy an’analariga ega[2]. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 411 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O‘quvchilarning fanga qiziqishini orttirishda noan’anaviy, qiziqarli metodlar, rolli o‘yinlar, hamda zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Ayniqsa, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, amaliy muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Shunday texnologiyalardan biri bu — keys (case-study) texnologiyasidir.Keys texnologiyasi — bu real hayotdan yoki unga yaqinlashtirilgan vaziyat asosida tahlil qilish, muammoni aniqlash va unga yechim topish jarayonini o‘z ichiga olgan interaktiv ta’lim metodidir. Bu usul o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni mustaqil fikrlashga, muloqotga va jamoada ishlashga o‘rgatadi. Shu bois o‘quvchilar axborot texnologiyalari bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida darsda keys texnologiyasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishinig maqsadi: O‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini shakllantirishda keys texnologiyasidan foydalanishni tahlil qilish, samarali jihatlarini aniqlash va ta‘lim jarayonida foydalanish holatini o‘rganish. Tadqiqot vazifasi: Keys texnologiyasining imkoniyatidan axborot texnologi- yalariga oid bilimlarni o‘rgatishda foydalanish holat(potensial) larini aniqlash. Darsda keys texnologiyasini qo‘llash o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, analitik yondashuv, muammoni aniqlash va hal etish, guruhda ishlash va shaxsiy fikrni asoslab berish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi Axborot texnologiyalari darslarida keys texnologiyasidan foydalanishda o‘quvchilarga muammoli vaziyatlar yaratish uchun o‘qituvchi tomonidan keyslar tuziladi. Masalan, “Veb-saytda foydalanuvchilar xavfsizligini qanday ta’minlash mumkin?”, dastur tuzilgan, lekin biror kodda xatolik bor, o‘quvchilar uni topishlari va to‘g‘rilash yo‘llarini taklif qilishlari kerak, real yoki simulyatsiya qilingan information texnologiya loyihalarini o‘rganish, ularning afz
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktab o'quvchilariga axborot texnologiyalarini keys texnologiyasidan foydalangan holda o'qitishni tashkil etish bo‘yicha fikrlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktab o'quvchilariga axborot texnologiyalarini keys texnologiyasidan foydalangan holda o'qitishni tashkil etish bo‘yicha fikrlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- technology, interactive method, information technology, cases, keyslar, interaktiv metod, texnologiya, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024