К содержанию
РецензированоUZ2025

O'ZBEK YOG'OCH O'YMAKORLIGI SAN’ATI: TARIXIY ILDIZLARI, ESTETIK AHAMIYATI VA IJTIMOIY FUNKSIYALARI

Ilaxunova Gulchehra G’ulomjon qızı · Ilmiy rahbar: Kayumov Erkin Kazakbayevich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

maqolada O‘zbekiston xalq amaliy san’atining muhim turlaridan biri bo‘lgan yog‘och o‘ymakorligi san’atining tarixiy ildizlari, mintaqaviy maktablari, badiiy xususiyatlari, funksional ahamiyati va zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, bu san’at turining estetik, tarbiyaviy, iqtisodiy va madaniy- ma’naviy funksiyalari tizimlashtirilib, uni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy- tadqiqot, ta’limiy hamda xalqaro targ‘ibot ehtiyojlari asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: yog‘och o‘ymakorligi, xalq amaliy san’ati, estetik tarbiya, milliy meros, o‘zbek san’ati, naqsh, hunarmandchilik, mintaqaviy maktablar, ustoz-shogird an’anasi, dizayn. O‘zbekiston xalq amaliy san’atining qadimiy va boy turlaridan biri bo‘lgan yog‘och o‘ymakorligi san’ati insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida shakllana boshlagan. Insoniyatning dastlabki faoliyati mehnat qurollari va uy-ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan ehtiyoj asosida rivojlangan bo‘lib, bu jarayonda turli materiallarni, jumladan, tosh, suyak, keyinchalik esa yog‘ochni ishlov berish san’ati vujudga kelgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Surxon vohasidagi Yumaloq tepa hududidan topilgan yog‘och o‘ymakorligiga oid artefaktlar mazkur san’at turi miloddan avvalgi I ming yilliklarda ham mavjud bo‘lganini isbotlaydi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, So‘x va boshqa qadimiy hududlarda VI-VII asrlarga tegishli Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 163 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT namunalar aniqlangan. Bu san’at taraqqiyoti ayniqsa me’moriy obidalar – masjid, maqbara, madrasa, hujra va hovlilarning ustun, eshik va ravoqlarida mujassam bo‘lgan. Xiva yog‘och o‘ymakorlik maktabi bu san’atning yirik o‘choqlaridan biri bo‘lib, nafislik va naqshlarning betakrorligi bilan ajralib turadi. Mazkur maktab vakillaridan biri bo‘lgan Ota Polvon (1867 y.t.) o‘z ijodida o‘tmish ustalari an’analarini davom ettirib, ko‘plab tarixiy binolarning eshik, ustun va darvozalarini bezagan. Yog‘och o‘ymakorligi san’atining asosiy funksiyalarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin: Estetik-bezaklik vazifasi – naqsh va kompozitsiyalar orqali muhitni go‘zallashtirish, kishining ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish; Madaniy-ma’naviy merosni saqlash – san’at orqali tarixiy qadriyatlarni asrab- avaylash va avlodlarga yetkazish; Estetik tarbiya – yosh avlodda go‘zallikni anglatuvchi didni shakllantirish, milliy san’atga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash; Iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat – san’at buyumlarini tayyorlab, realizatsiya qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish. Shunday qilib, yog‘och o‘ymakorligi san’ati – bu nafaqat estetik go‘zallik, balki xalqimizning tarixiy xotirasi, ma’naviy olami va moddiy madaniyatini o‘zida mujassam etgan betakror boylikdir. Global madaniyatlar kesishgan bugungi davrda bu san’at turini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish muhim vazifa sifatida dolzarbdir. Bugungi kunda yog‘och o‘ymakorligi san’ati O‘zbekistonning milliy brendlaridan biri sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Ustachilik an’analari nafaqat madaniy merosni saqlash vositasi, balki zamonaviy dizayn va interyer san’atida ham keng qo‘llanmoqda. Turli mehmonxonalar, milliy restoranlar, majlislar zali, muzeylar va xususiy uylarning ichki bezaklarida o‘ymakorlik namunalariga keng o‘rin berilmoqda. Bu holat xalq amaliy san’ati va dizaynning integratsiyasiga olib kelmoqda. Yog‘och o‘ymakorligi san’atining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham beqiyosdir. O‘zbekistonning ko‘plab hunar maktablarida, kollej va institutlarda bu soha bo‘yicha maxsus kurslar yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilarga nafaqat amaliy Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 164 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko‘nikmalar, balki san’at tarixiga oid bilimlar, naqshlar tahlili, kompozitsion g‘oya va estetik mezonlar ham o‘rgatilmoqda. Ustoz-shogird an’anasi asosida rivojlanayotgan bu tizimda har bir usta o‘z mahoratini shogirdlariga yetkazish orqali an’anani davom ettirmoqda. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, yarmarkalar, ko‘rgazmalar va xalqaro festivallar orqali yog‘och o‘ymakorligi san’ati keng targ‘ib qilinmoqda. Xususan, “Hunarmand” uyushmasi, Ipak va zargarlik xalqaro festivallari, Turkiy dunyo hunarmandlari forumlari kabi platformalar ustalarning ijodini xalqaro maydonga olib chiqishda muhim vosita bo‘lmoqda. Yog‘och o‘ymakorligi san’ati o‘zbek milliy madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘zining betakror estetik qiyofasi, semantik chuqurligi va tarbiyaviy qudrati bilan ajralib turadi. Bu san’at turi nafaqat tarixiy yodgorlik sifatida, balki zamonaviy jamiyatning madaniy rivojlanishida, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida ham muhim rol o‘ynamoqda. Yog‘och o‘ymakorligining ilmiy asosda o‘rganilishi, uning ijtimoiy va pedagogik salohiyatini ochib berish, yosh avlod ongida milliy g‘urur, estetik did va tarixiy xotirani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu san’at turini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, milliy

Доказательный фрагмент

«maqolada O‘zbekiston xalq amaliy san’atining muhim turlaridan biri bo‘lgan yog‘och o‘ymakorligi san’atining tarixiy ildizlari, mintaqaviy maktablari, badiiy xususiyatlari, funksional ahamiyati va zamonaviy taraqqiyot…»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada O‘zbekiston xalq amaliy san’atining muhim turlaridan biri bo‘lgan yog‘och o‘ymakorligi san’atining tarixiy ildizlari, mintaqaviy maktablari, badiiy xususiyatlari, funksional ahamiyati va zamonaviy taraqqiyot… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
naqsh, ustoz-shogird an’anasi, o‘zbek san’ati, estetik tarbiya, hunarmandchilik, dizayn., mintaqaviy maktablar, yog‘och o‘ymakorligi, xalq amaliy san’ati, milliy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники