К содержанию
РецензированоUZ2025

AMALIY SAN’ATDA USTOZ-SHOGIRD TIZIMI: TARIX VA AN’ANALAR

Komiljonova Kamola Mansur qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

amaliy san’at turlarida shakllangan ustoz-shogird an’analarining tarixiy ildizlari, hozirgi davrgacha saqlanib qolgan shakllari va ularning tarbiyaviy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinib, bu an’analarni zamonaviy ta’lim tizimida rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: amaliy san’at, ustoz-shogird an’anasi, hunarmandchilik, kashtachilik, kulolchilik, zardo‘zlik, mahorat, an’anaviy ta’lim, madaniy meros, san’at tarbiyasi. O‘zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari hamda ilm-fan va madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o‘rganish va tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar asosida Vatanimizni jahon andozalari asosida har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun dunyoga mashhur bo‘lgan betakror san’at durdonalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ajdodlarimizning tajribalarini yorituvchi adabiyotlar hanuz yetarli emas. Ayniqsa, bu boy merosning bugungi ta’lim tizimida, xususan oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari, ustoz-shogird an’anasi asosida faoliyat yurituvchi ustaxonalar va qo‘shimcha ta’lim muassasalarida to‘liq aks etmasligi – yosh Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 173 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT avlodning axloqiy madaniyati, bilim saviyasi hamda umuman ma’naviy kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani kuzatilmoqda. Shu sababli, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy merosdan to‘g‘ri va samarali foydalanish zarur. Bu esa yoshlarda ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytiradi, ota-onaga, ustozga, tengdosh va jamiyatga nisbatan hurmatni mustahkamlaydi hamda hunarni chuqur o‘zlashtirishda asosiy motivatsion omil sifatida xizmat qiladi. O‘zbek xalq amaliy san’ati o‘zining qadimiy tarixi, boy va serqirra madaniyati bilan butun dunyoga mashhurdir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg‘ona kabi qadimiy shaharlardagi har bir tarixiy obida va xalq amaliy bezak san’atining har bir namunasi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror va bebaho asarlar bo‘lib, jahon madaniy merosi durdonalari qatoridan munosib o‘rin egallagan. Asrlar davomida shakllangan madaniy va ma’naviy merosimiz, xususan o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining rivojlangan turlari – naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, tosh taroshlik, suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik va ularni yaratgan ustalarning asl nomlari, o‘ziga xos maktablari hamda uslublari, afsuski, sobiq Sho‘ro tuzumi davrida asta-sekin yo‘qolish xavfi ostida qolgan edi. Mustaqillik yillarida san’atimizni qazyta tiklash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xalqimiz asrlar davomida yaratgan amaliy bezak san’atini asrab-avaylash, qadrlash, undan samarali foydalanish, shuningdek, bu san’at orqali yosh avlodda estetik didni shakllantirish va ularni yuksak madaniyatli shaxslar etib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Imom Buxoriy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahonga mashhur allomalar, shoirlar va musavvirlar o‘z asarlarida insonni go‘zallik sari intilishga da’vat etganlar. Bobokalonimiz Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayangan holda matematika, geometriya, me’morchilik, astronomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’at va xattotlik kabi sohalarni Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 174 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT rivojlantirishga alohida e’tibor bergan. U shaharlarni har tomonlama chiroyli va ulug‘vor tarzda bunyod etishga intilgan. IX-X asrlarda Turon hududida naqqoshlik san’ati jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Me’moriy obidalarni bezashda g‘isht qadab naqsh solish san’ati yuqori darajada taraqqiy etgan. Ayniqsa, binolarning ichki qismlarida ganch o‘ymakorligi va yog‘ochdan ishlangan bezaklar keng qo‘llanilgan bo‘lib, bu yo‘nalish san’atda yuksak estetik darajaga erishgan. Xususan, maqbaralarning peshtoqlari, devor va ravoqlari murakkab ganch naqshlar bilan noziklik va nafislik bilan bezatilgan. XVIII asr oxiri XIX asrda Qo‘qon, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlarda yetuk xalq ustalari voyaga yetdi. Shu davrda naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, chilangarlik va boshqa xalq amaliy san’ati turlari jadal rivojlandi. Qadimdan hunar muqaddas sanalib, har bir xalq kelajak avlodlariga o‘zining noyob hunar an’analari bilan faxrlanib meros qoldirgan. O‘zbekiston qadimdan hunarmandchilikning yirik markazlaridan biri bo‘lgan. Xususan, Andijon, Samarqand, Urgut, Farg‘ona vodiysi, Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan va Chust kabi hududlar hunarmandchilik faoliyatining yirik markazlariga aylangan. Naqqoshlik san’ati vakillari

Доказательный фрагмент

«amaliy san’at turlarida shakllangan ustoz-shogird an’analarining tarixiy ildizlari, hozirgi davrgacha saqlanib qolgan shakllari va ularning tarbiyaviy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinib, bu an’analarni zamonaviy ta’lim…»

Образец извлечения

Демо-превью

amaliy san’at turlarida shakllangan ustoz-shogird an’analarining tarixiy ildizlari, hozirgi davrgacha saqlanib qolgan shakllari va ularning tarbiyaviy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinib, bu an’analarni zamonaviy ta’lim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amaliy san’at, kulolchilik, kashtachilik, san’at tarbiyasi., ustoz-shogird an’anasi, mahorat, an’anaviy ta’lim, hunarmandchilik, zardo‘zlik, madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники