Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOBIL ILOVALAR ORQALI MASOFAVIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
Rustamov Hakim · Shodiyeva Muborak (Buxoro davlat pedagogika instituti, matematika va informatika kafedrasi) · Qahhorova Maftuna (Buxoro davlat pedagogika instituti, matematika va informatika kafedrasi)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
It is recognized that distance learning has become one of the most widespread forms of education in recent years, and it is emphasized that the use of Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 193 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT mobile applications is gaining importance, allowing to improve the quality of education, make the learning process interactive and create convenience for students. Mobile technologies, along with introducing innovative approaches to the educational process, also serve to increase the efficiency of students' learning. Mobile applications play an important role in delivering educational materials, consolidating knowledge and automating the assessment process in the process of distance learning. The distance learning system through mobile applications, as a result of which students can receive education at any place and time, not only adapts traditional lessons to the digital environment, but also provides an opportunity to take the learning process to a completely new level. The main advantages of distance learning are the ability of students to learn independently, the flexibility of the educational process, and the reduction of restrictions on place and time. It also allows students to learn at their own pace and provides an individual approach. This article provides a detailed analysis of the role of mobile technologies in the educational process, their advantages and disadvantages, and future development directions. Keywords: distance learning, mobile applications, online learning, digital technologies, innovation, quality of education, internet, interactive learning, modern education, platforms. So‘nggi yillarda axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ta’lim sohasi ham sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlarga duch kelmoqda. An’anaviy ta’lim shakllaridan tashqari, masofaviy ta’lim tobora ommalashib, turli darajadagi o‘quvchilarga zamonaviy bilim olish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Masofaviy ta’lim texnologiyalari yordamida ta’lim oluvchilar istalgan joydan bilim olishlari, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlari va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishlari mumkin[2]. Masofaviy ta’limning rivojlanishida mobil texnologiyalarning roli va o’rni beqiyos bo’lib, asosan smartfon va planshetlar orqali ta’lim olish osonlashib bormoqda. Ushbu qurilmalar yordamida o‘quvchilar onlayn darslarga qatnashish, interfaol topshiriqlar bajarish va elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniga ega Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 194 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘lmoqdalar. Shu sababli, mobil ilovalar orqali ta’lim olish texnologik yutuqlarning eng samarali yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi bilan birga mobil ilovalar ta'lim tizimida muhim oʻrin egallab bormoqda. Ushbu ilovalar nafaqat an'anaviy ta'lim usullarini takomillashtirishda, balki yangi metodik yondashuvlarni joriy etishda ham asosiy vosita sifatida xizmat qilmoqda[4]. Mobil ilovalarning ta'limga keltirgan asosiy innovatsiyalar va afzalliklarini quyidagicha keng ko'lamda ko'rib chiqish mumkin: Mobil ilovalarning eng muhim jihatlaridan biri – bu band odamlar va uzoq hududlarda yashovchi talabalar uchun ta'lim olish imkoniyatini yaratishi. Masalan, ish joyida qat'iy grafikda ishlaydigan shaxslar, shuningdek, qishloq yoki chekka hududlarda yashovchi o'quvchilar uchun mobil ilovalar orqali darslarni istalgan vaqtda o'tish, materiallarni ko'rib chiqish va topshiriqlarni bajarish imkoniyati mavjud. Bu esa ta'limni demokratizatsiya qilishga, ya'ni har qanday ijtimoiy tabaqadagi odamlar uchun bilim olishni qulaylashtirishga xizmat qiladi. Mobil ilovalar orqali ta'lim jarayoni faolroq, qiziqarli va samaraliroq bo’lishi natijasida ta’lim samaradorligi ta’minlanadi. Masalan: Videodarslar, animatsion tushuntirishlar, interaktiv testlar va virtual laboratoriyalar o'quvchilarning bilimlarni yaxshiroq o'zlashtirishiga yordam beradi. Bundan tashqari, avtomatik baholash tizimlari orqali o'quvchilar o'z bilim darajasini tezda aniqlashlari va zaif tomonlarini bartaraf etishlari mumkin[2]. Har bir insonning bilim olish tezligi va uslubi har xil bo'ladi. Mobil ilovalar shaxsiy ehtiyojlarga moslashuvchan ta'limni ta'minlash imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'zlariga qulay bo'lgan tempda darslarni o'tishlari, kerakli mavzularga ko'proq vaqt ajratishlari yoki tushunmovchiliklarga duch kelgan paytda qayta ko'rib chiqishlari mumkin. Bu esa an'anaviy sinf darslarida mavjud bo'lmagan individual yondashuvni amalga oshiradi[5]. Mobil ilovalar yordamida o'qituvchilar o'quvchilarning bilim darajasini va darslarda qatnashishini avtomatik ravishda kuzatishlari ham ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Misol uchun, topshiriqlarni topshirish muddatlari, testlardagi Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 195 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT natijalar, faollik darajasi kabi ko'rsatkichlar asosida har bir talabaning rivojlanishini tahlil qilish mumkin. Bu esa pedagoglarga har bir o'quvc
Доказательный фрагмент
«It is recognized that distance learning has become one of the most widespread forms of education in recent years, and it is emphasized that the use of Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 193 MODERN EDUCATION AND DE…»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is recognized that distance learning has become one of the most widespread forms of education in recent years, and it is emphasized that the use of Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 193 MODERN EDUCATION AND DE… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- distance learning, mobile applications, online learning, digital, interaktiv o‘qitish, mobil ilovalar, raqamli texnologiyalar, internet, innovatsiya, zamonaviy ta’lim, platformalar., masofaviy ta’lim, ta’lim sifati, onlayn o‘qitish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024