К содержанию
РецензированоUZ2026

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARINING DAVLAT ORGANLARI VA NODAVLAT-NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIGINI TUSHUNCHASI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI

Meylimurodov Eldor Elyor o’g’li

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, tadqiqot ishida jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kamchiliklar, muammolar, ularning o’ziga xos xususiyatlari, jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat- notijorat tashkilotlar bilan hamkorligini ta’minlash yuzasidan ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarining hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan nazariy va amaliy muammolarning yеchimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. ANNOTATION: The article of the research topic of the graduate thesis is that the research work includes opinions and comments on improving the cooperation of penal institutions with state bodies and non-governmental organizations, the measures and shortcomings, problems, their specific features, the implementation of punishment in this regard. The experience of advanced foreign countries in ensuring the cooperation of correctional institutions with state bodies and non-governmental organizations, as well as proposals and recommendations aimed at solving theoretical and practical problems arising in the process of cooperation of penal institutions were developed. Dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan birga jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega bo’lgan shaxslarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish hamda ushbu toifadagi shaxslarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o’zgartirish bilan bog’liq masalalarga alohida e’tibor Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 436 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qaratiladi. Har qanday tashkilot, korxona, muassasa o’zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to’laqonli bajarishi uchun va ish samaradorligini oshirish hamda kengaytirish uchun boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan holda amalga oshiradi. Jumladan, jazoni ijro etish muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan har bir hamkorlik muassasa faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yishda va muassasadagi mavjud muammolarni hal etishda muhim hisoblanadi. Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan bir qator davlat organlari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu hamkorlik har bir jazoni ijro etish muassasalarini xususiyatidan kelib chiqqan holda zaruratga qarab doimiy ravishda amalga oshirilib kelinadi. Jazoni ijro etish muassasalari bilan boshqa sohaviy xizmatlarning hamkorligidagi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi1: birgina favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari bilan hamkorlik aloqalariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, muassasa joylashgan hududdagi har bir xonadon, korxona, tashkilot va muassasada yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish, bu borada axborot almashish, mahallalardagi yong‘inga qarshi suv havzalarining holati, o‘t o‘chirish vositalari, ko‘cha va o‘tish yo‘llari, aloqa tarmoqlarining mavjudligi va sozligini nazorat qilish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etishdagi hamkorlik, hududdagi ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha suhbatlar va boshqa tashkiliy tadbirlar o‘tkazish, shuningdek o‘tkaziladigan «Yong‘in xavfsizligi» oylarida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash kabi masalalarda hamkorlik qiladi. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning huquqlarini ta’minlash, mahkumlarning haq-huquqlari poymol etilishi, qiynoq yoki boshqa turdagi inson qadr- qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida 2020 yil davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va jamoatchilik vakillari tomonidan 46 ta muassasalarda hamkorlikda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Shuningdek, qator yillar 1 Qodirov Q.B. O’zbekistonda penitensiar muassasalar faoliyati tarixi. Monografiya. Toshkent. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. 2023-B. 104. Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 437 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT davomida respublika penitensiar muassasalariga Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyalari, turli mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari vakillari, bir qancha xorijiy axborot agentliklarining muxbirlari tomonidan tashriflar amalga oshirilgan. “Markaziy Osiyo turmalarida sog‘liqni saqlash” loyihasi doirasida “Xalqaro turma islohoti” nodavlat tashkiloti bilan yaqindan hamkorliklar olib borildi. Mazkur tashkilot bosh kotibi, Buyuk Britaniya parlamentining Lordlar palatasi a’zosi, baronessa Vivyen Stern10, BMTning Din va vijdon erkinligi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid, Germaniya jamiyatining qamoqxonalar bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganlar.2 Jazoni ijro etish muassasalarining boshqa davlat organlari va n

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, tadqiqot ishida jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr va muloha…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, tadqiqot ishida jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr va muloha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jazoni ijro, ijro etish, etish muassasalarining, davlat organlari, etish muassasalari, muassasalarining davlat, tashkilotlar hamkorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники