Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO’P MAʼNOLI LEKSEMALAR VA ULARNI SEMIK TAHLIL QILISH
p.f.n., dots Shaxista Buranova Menglibayevna · assistenti Kurbanbayev Otabek Xakimbek o’g’li · Sidiqov O’lmas Shermat o’g’li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В статье изучаются полисемичные лексемы (полисемичные единицы) и их семитский (значимые компоненты) анализ. Полисемия демонстрирует богатство языка и широту его выразительных возможностей. В работе анализируются первичные и вторичные значения лексем, их функции в речи, а также различия в значении, возникающие в зависимости от контекста. Общая семантическая структура лексемы выявляется посредством анализа сем, представляющих каждое значение. На примерах подробно анализируется степень многозначности некоторых слов, их семантический состав, а также различия в значении, обусловленные этим составом. Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 3 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ключевые слова: термин, полисемия, омоним, лексема Annotatsion: This article studies the analysis of polysemic lexemes (polysemic units) and their semitic (meaning components). Polysemic indicates the richness of language and the breadth of expressive possibilities. The work analyzes the primary and secondary meanings of lexemes, their functions in speech, and the differences in meaning that arise depending on the context. The analysis of the semes that express each meaning sheds light on the general meaning structure of the lexeme. Through examples, the degree of polysemic of some words, their semitic composition, and the differences in meaning that arise through this composition are analyzed in depth. Key words: term, polysemy, homonym, lexeme Har bir tilda, jumladan, o‘zbek tilida ham ko‘p so‘zlar bir necha ma’noni bildiradi. Shuningdek, tilda faqat bitta ma’noda qo‘llaniladigan so‘zlar ham mavjud. Faqat bir tushuncha yoki tasavvurni ifodalab, bitta ma’noni anglatuvchi so‘zlar bir ma’noli so‘zlar yoki monosemiya deb ataladi. Masalan: shahar, qishloq, urg‘u, ravish, qosh, kesim, izohlovchi, roman, uxlamoq, gapirmoq, traktor, radio kabi so‘zlar bir ma’noli so‘zlarga (monosemiya)kiradi. Odatda, fan, texnika va turli hunar sohalaridagi terminlar shu bir ma’noli so‘zlar asosida yaratiladi. Ikki yoki undan ortiq tushuncha yoki tasavvurni ifodalab, bir necha ma’noni bildiruvchi so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar yoki polisemiya deb ataladi. Oʻzbek tilida bosh, ko‘z, yuz, til, qo‘l, bel, qalam, yo‘l, yer, ko‘k, qosh, tosh, tish, lab, kecha, uchrashuv, to‘garak kabi so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar jumlasidandir. Masalan, ko‘z so‘zining bir necha ma’nosini ko‘rib chiqamiz: 1. Bobomning ko‘zi hali yaxshi ko‘radi. (Ko‘z ‒ ko‘rish organi ma’nosida.) 2. To‘g‘onning ko‘zi, yaraning ko‘zi, ignaning ko‘zi. (Ko‘z ‒ teshik ma’nosida.)3. Uzukning ko‘zi. (Uzukka taqilgan yo zumrad tosh ma’nosida.) 4. Derazaning ko‘zi. (Derazaning oyna qo‘yiladigan oʻrni ma’nosida.) 5.Taxtaning ko‘zi. (Taxtaning oʻrtasidagi yoki biron chetidagi doira yoki boshqa shaklda ajralib turgan qismi ma’nosida.) Ko‘p ma’noli so‘zlardan biri bo‘lgan ko‘z so‘zi bulardan tashqari yana boshqa ma’no nozikliklarini bildirishi va ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishi ham mumkin. Masalan, bizning kunlarda ishning ko‘zini bilib rahbarlik qilish kerak. (Bu Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 4 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oʻrinda “ko‘z” so‘zi ishning yo‘lini, sirini, olib borish usulini bilish ma’nosida.) Endi bildim. Ko‘zim ochildi. (Bu yerda “ko‘z” ‒ biror masalani keyinchalik bilib olish, tushunish ma’nosida.) Ko‘z oldida oʻg‘il-qizlari, nevarasi, ko‘zi qorasi. (“Ko‘z oldida” ‒ o‘zi bilan birga, “ko‘z qorasi” ‒ farzandi yoki nevarasi ma’nolarida.) U bu ishda ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lib yurdi. (Hech narsani bilmaslik yoki bilmaslikka solish ma’nosida.) Ko‘p ma’noli so‘zlarning turli ma’nolarni anglatishini yoki ularning xilma-xil ma’no nozikliklarini kontekst orqali aniqlash mumkin. So‘zlardagi ko‘p ma’nolilik hamda so‘z ma’nolarining nozik ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida, ayniqsa, keng qo‘llanadi. So‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari. So‘z ma’lum predmet yoki voqea-hodisa haqidagi tushunchani ifodalab, real (leksik) ma’noni anglatishi bilan birga, ayni vaqtda boshqa kontekstda boshqa xil ma’nolarni ham bildirishi mumkin. Masalan: Singlim, ko‘zguni olib keling, degan misolda ko‘zgu so‘zi oʻzining dastlabki, real (leksik) ma’nosida, ya’ni oyna haqidagi tushunchani ifodalayapti.“Ilm oʻrganish ‒ hayotimiz ko‘zgusi”) Bu gapda ko‘zgu so‘zi oʻzining to‘g‘ri ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’noda qoʻllangan.1 Yoki bahor so‘zini olaylik. Bahor so‘zi yil fasllaridan biri degan tushunchani ifodalashi bilan birga, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada, ko‘plab ko‘chma ma’nolarda ham qo‘llanadi. So‘zning leksik ma’nosi so‘zning to‘g‘ri ma’nosi sanaladi. Masalan, quyosh yulduz ‒ sayyoradir. Bu ma’nolar quyosh, yulduz, xazina so‘zlarining leksik, ya’ni to‘g‘ri ma’nolaridir. Insonlar ishlab chiqarish jarayonida, turmush va boshqa sohalardagi tajribalariga tayanib, so‘zlarni oʻxshatish, kinoya, mubolag‘a, sifatlash va boshqa usullar orqali xilma-xil ko‘chma ma’nolarda ishlatadilar. Demak, so‘zning real, leksik, to‘g‘ri ma’nosidan tashqari, oʻxshatish, mubolag‘a yoki kinoya kabi usullar bila
Доказательный фрагмент
«В статье изучаются полисемичные лексемы (полисемичные единицы) и их семитский (значимые компоненты) анализ.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье изучаются полисемичные лексемы (полисемичные единицы) и их семитский (значимые компоненты) анализ. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- term, polysemy, homonym, lexeme, polisemiya, omonim, Termin, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024