К содержанию
РецензированоUZ2025

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING QOTILLIK JINOYATLARINING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISH FAOLIYATI

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING QOTILLIK · ETISH FAOLIYATI · O`zbekiston Respublikasi IIV · Najmiddinova Marjona

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatlarni oldini olish hamda uning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart sharoitlarni bartaraf etish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb belgilanishi, mahalla yettiligining tashkil etilishi va ular bilan hamkorlik asosida mahallalardagi huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali mexanizmi ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida respublikamizdagi kriminogen vaziyatga ijobiy ta`sir o`tkazib kelinmoqda. Tayanch so`zlar:Profilaktika inspektori, qotillik, viktimologik profilaktika, jabrlanuvchi, hamkorlik, kriminogen vaziyat, profilaktik chora tadbirlar, Hozirgi kunda butun dunyoda insonning hayoti va sog’lig’iga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlar soni ko’pligini kuzatishimiz mumkin. Bizning O’zbekiston Respublikamizda bu borada bir qancha islohotlar va o’zgarishlar amalga oshirilganligi natijasida bu kabi jinoyatlarning bir qancha kamayganini guvohi bo’lishimiz mumkin.Lekin shunga qaramasdan bu kabi jinoyatlar hozirgacha ham sodir etilayotganligi holatlari uchrab turibdi. Ana shunday jinoyatlardan biri bu insonning hayotiga qarshi qaratilgan qotillik jinoyatidir. Qotillik jinoyatlari bu inson hayotiga tahdid soluvchi, jamiyatni eng og‘ir zararlantiruvchi jinoyatlardan biri hisoblanadi. Ular nafaqat o‘sha voqeaga bevosita Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 138 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aloqador bo‘lgan shaxslarning hayotini, balki jamiyatning umumiy xavfsizligini, barqarorligini va axloqiy fazilatlarini jiddiy ravishda buzadi. Shu sababli, qotillik jinoyatlarini oldini olish va ularning profilaktikasi dolzarb masala hisoblanadi.Lekin hozirgi kunda yana bir masala chetda qolayotgan bo’lib, bu qotillik jinoyatlarining viktimologik profilaktikasini amalga oshirishdir.Qotillik jinoyatlarining sodir etilishini kamaytirishda undan jabrlanish ehtimoli yuqori shaxslarga nisbatan viktimologik profilaktikani amalga oshirish ham o’zini yuqori darajada samarasini berishi mumkin. Viktimologik profilaktikani amalga oshirishda albatta profilaktika inspektorlarining roli juda kattadir.Ushbu maqolada, profilaktika inspektorining qotillik jinoyatlari viktimologik profilaktikasini tashkil etishdagi rolini tahlil qilamiz. Viktimologiya – jinoyatning qurbonlari va ularga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqida ilmiy izlanishlar olib boruvchi soha hisoblanadi. Viktimologik profilaktika esa, jinoyatlarning oldini olish va qurbonlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni anglatadi. Profilaktika inspektorlarining vazifasi shundaki, ular potentsial qurbonlar va jinoyatchilar o‘rtasidagi aloqalarni aniqlab, jinoyatchilikni kamaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Qotillik jinoyatining viktimologik profilaktikasi-shaxsning hayoti va sog’lig’iga qarshi huquqbuzarliklardan qurbon bo’lishini taqozo etuvchi sabab, sharoitlarni bartaraf etish, kuchsizlantirish, ularga to’siqlar qo’yish hamda ushbu jinoyat qurboni bo’lishga moyil bo’lgan shuningdek kasb, yoshi, jismoniy holati bilan bog’liq holda viktimligi bo’lgan shaxslarga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish jarayoni hamdir. Ichki ishlar organlari tomonidan qotillik jinoyatini oldini olish faoliyati profilaktikasi fuqarolarning yoki muayyan shaxslarning hayoti va sog’lig’iga qarshi huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimolini kamaytirishga yo’naltirilgan hamda ushbu huquqbuzarliklarnisodir etilishida jabrlanuvchilarning tutgan o’rnini hamda jabrlanishning sabablari, ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish, shuningdek bu borada targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish orqali jabrlanish xavfini kamaytirish, ushbu huquqbuzarliklar haqida ma’lumotlar berish, ogohlikka, Выпуск журнала №-25 Часть–5_ Май –2025 139 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT xushyorlikka chaqirish hamda xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida olib boriladi. Qotillik jinoyatining sodir etilishi sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarni aniqlash davomida Ichki ishlar organi xodimlari viktimogen xususiyatga ega bo’lgan holatlarga e’tibor berilishi kerak. Bular asosida fuqarolar uchun maxsus eslatmalar, varaqalar, plakatlar, ishlab chiqiladi. Ularda aynan tan jarohati, odam o’ldirish, bezorilik va shu kabi jinoyatlarning qurboniga aylanmaslik uchun foydali maslahatlar beriladi. Qotillik jinoyatining profilaktik faoliyati umumiy, maxsus va yakka tartibda amalga oshiriladi. Qotillik jinoyatining umumiy viktimologik profilaktikasining muhim chorasi huquqiy targ’ibotdir. Amaliyotda jinoyatlar jabrlanuvchilarning huquqiy bilimlardan bexabarligi oqibatida sodir etilishi mumkin bo’lgan ko’plab hollarda uchraydi. Masalan, fuqarolarga zaruriy mudofaaning mohiyatini hamda g’ayriqonuniy tajovuzlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishidagi ahamiyatini tushuntirib be

Доказательный фрагмент

«O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatlarni oldini olish hamda uning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart sharoitlarni bartaraf etish bo’yicha bir qancha…»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatlarni oldini olish hamda uning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart sharoitlarni bartaraf etish bo’yicha bir qancha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jabrlanuvchi, kriminogen vaziyat, profilaktik chora tadbirlar, Profilaktika inspektori, hamkorlik, qotillik, viktimologik profilaktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники