К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLA QOBILYATINI O‘STIRISHDA INTERAKTIV METODLARNING O’RNI

METODLARNING O’RNI · Nurmatova Fayyoza Arslon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada bola qobiliyatini rivojlantirishda interaktiv metodlarning ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali o‘quvchilarning tafakkurini faollashtirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Interaktiv metodlarning turlari, ularning samaradorligi hamda amaliyotdagi qo‘llanilishi misollar bilan ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: interaktiv metodlar, bola qobiliyati, ta’lim sifati, pedagogik yondashuv, o‘quv jarayoni, faol ishtirok, kreativ fikrlash Bugungi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedogagik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi, talabalarga faqat tayyor bilimlar berib kelingan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topib, mustaqil ravishda o‘rganib va tahlil qilib, ushbu qilingan ishlardan xulosalar keltirib chiqarishlariga undaydi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birgalikda boshqaruvchilik funksiyasini bajaradi. Bunda ta’lim beruvchilarning oldiga qo‘yilgan maqsad mustahkam fan asoslarini o‘rganishdan tashqari ularni talabalarga etkazish yo‘llari, zamonaviy pedagogik texnologiya bilan qurollanishi, o‘qitishda fanlarni bog‘lash orqali tushuntirish zarur. Shu nuqtai nazardan turli fanlarning o‘qitish uslublarini ishlab Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 61 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT chiqish va ular bilan o‘qituvchilarni qurollantirish, boshqa fanlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish zarur omillardan biridir. Zamonaviy ta’lim jarayoni shiddat bilan o‘zgarayotgan jamiyat ehtiyojlariga moslashmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning intellektual, ijodiy va ijtimoiy qobiliyatlarini shakllantirishda pedagogik metodlarning yangilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, interaktiv metodlar bola qobiliyatini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Interaktiv metodlar — bu o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb etuvchi, ularning o‘zaro fikr almashuvi, mustaqil xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi yondashuvlardir. Ular orqali bola o‘z fikrini erkin ifoda etishga, jamoa bilan ishlashga va muammolarni tahlil qilishga o‘rganadi. Bola qobiliyatini rivojlantirishda interaktiv metodlarning afzalliklari 1. Faol ishtirokni ta’minlaydi. Bola passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi. 2. Ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Muammoli savollar, “aqliy hujum”, “rol o‘ynash” kabi metodlar orqali bola yangicha fikrlashga undaladi. 3. Shaxsiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir o‘quvchining qobiliyati va qiziqishlariga mos usullarni tanlash imkonini beradi. 4. Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini oshiradi. Guruhiy ishlar orqali ijtimoiylashuv kuchayadi.1 Masalan, boshlang‘ich sinflarda "konsept xarita" tuzish orqali mavzuni umumlashtirish, matematikada "savol-javob estafetasi", ona tili darslarida “munozara” metodidan foydalanish bolalarning tafakkurini rivojlantiradi. Shu kabi yondashuvlar ularning bilimni o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Pedagogik texnologiyalarning afzalligi shundan iboratki, unda olib borilgan mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli o‘tilishining 80 foizi ta’lim jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, olib borish va uni amalga oshirishdan iboratdir. 1 R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2013 y. -279 bet Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 62 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Interfaol usullardan oqilona foydalanish ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik, izlanuvchanlik kayfiyatini baxsh etadi, o‘quvchilarda o‘z imkoniyatlariga ishonch va o‘z mehnati natijasidan mamnunlik hissini vujudga keltiradi, bilishga oid qiziqishlarini yanada orttiradi. Bular esa, ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsi barkamollashuvining muhim omillari bo‘lib hisoblanishi tabiiydir. O‘qituvchi va o‘quvchilarni maqsadli natijaga erishishiga qanday texnologiyani tanlashlari ularning ixtiyorida chunki xar ikkala tomonining asosiy maqsadi aniq bo‘lib, u natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Natijaga erishish uchun yoki kompyuter bilan ishlash lozim yoki film, tarqatma material, chizma va plakatlar kerak bo‘ladi. Interaktiv metodlardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo‘ladiki, buning oqibatida har o‘quvchilarni o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o‘zi egallagan o‘rinni barqarorlashtiradi, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Interaktiv metodlar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikma va malakalaraga aylanishini ta’minlabgina qolm

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bola qobiliyatini rivojlantirishda interaktiv metodlarning ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bola qobiliyatini rivojlantirishda interaktiv metodlarning ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kreativ fikrlash, pedagogik yondashuv, faol ishtirok, o‘quv jarayoni, interaktiv metodlar, ta’lim sifati, bola qobiliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники