Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIYADA MUHOJIRLAR TA’LIMI: TARIXI, MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
VA YECHIMLARI · Abdishukurov Behzod
Современное образование и развитие · 2011
Аннотация
Ushbu maqola Turkiyada muhojir bolalarning ta’limi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni o‘rganadi. Xususan, Suriyada 2011-yilda boshlangan fuqarolik urushi natijasida Turkiyaga ko‘chib kelgan muhojirlarning farzandlari uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, hukumat siyosati va amaliy choralar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Inkluziv ta’lim, muvaqqat o‘quv markazlari, Bola huquqlari konvensiyasi, elektron maktab tizimi, intellektual zaxira, gender tengsizlik. XXI asrda mintaqaviy ziddiyatlar, urushlar va siyosiy beqarorliklar dunyo miqyosida millionlab insonlarning majburiy migratsiyasiga sabab bo‘ldi. Xususan,Suriyada ichki urushlar boshlanganidan so‘ng 2011-yilda Turkiyaga qochqinlarning dastlabki guruhi ko‘chib keldi. Keyingi yillarda ularning sonining mutassil ortib borganini ko‘rishimiz mumkin. 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada umumiy muhojirlar soni 5 million atrofida bo‘lib, ular yashagan o‘lkalarini tark etib, Turkiyadan boshpana topganlar. Turkiya, o‘zining strategik geografik joylashuvi, tarixiy tajribasi va xalqaro majburiyatlari asosida bu muhojirlarni qabul qilish vazifasini oldi. Ushbu migratsiya to‘lqinining eng muammoli qatlamini esa bolalar tashkil etardi. Tarixiy nuqtai nazardan qaralganda, muhojirlarning ta’lim olish huquqi faqat ijtimoiy masala emas, balki uzoq muddatli milliy xavfsizlik, ijtimoiy integratsiya va taraqqiyot bilan bog‘liq dolzarb muammolardan biridir. Barcha bolalar teng qadrlanadigan va baholanadigan muhit yaratish inkluziv ta’liming asosidir. Inkluziv ta’limda ijtimoiy farqlarga qaramasdan, maktablardagi hamma o‘quvchilar maktab jamoasining bir qismi hisoblanadi va ular buni his qilishlari Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 111 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT lozim. Turkiya uchun muhojirlarning ta’limi inkluziv ta’limning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Shu boisdan, barcha o‘quvchilar darslarga birga qo‘shilishini va ular sifatli ta’lim olishi uchun maktablar, sinflar o‘quv dasturlarini qanday isloh qilinishi hisobga olinishi ahamiyatlidir. Bundan maqsad o‘quvchilar orasidagi ijtimoiy, jismoniy va etnik farqlari muammo emas, aksincha ta’limni boyitish uchun imkoniyat sifatida ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Albatta, bunday yonashuvni amaliyotga tatbiq qilish biroz zamon oladi. Insonning hayotida ta’lim, ta’limning asosida esa boshlang‘ich ta’lim muhim rol o‘ynaydi. Bolalar ham bu davrda dastlabki muvaffaqiyatlariga erishadilar. O‘qish- yozish va hisoblash kabi nazariy bilimlar bilan birga o‘z fikrlarni ifoda qilish ko‘nikmalarini ham shakllantiradilar. Muloqot qilish qobiliyatlari ular bilan yaqin munosabatda bo‘lish bilan rivojlantiriladi. Turkiyada tahsil olayotgan muhojir bolalarning sinfdoshlari bilan kirishib ketishlari uchun o‘qituvchining yondashuvlari va munosabatlari ahamiyatlidir. Shu boisdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va tarbiyachilarining vazifalari e’tiborga molikdir. Mamlakatga ko‘chib kelgan o‘quvchilarning ta’limda yutuqlarga erishishi uchun sinflarda bir nechta o‘zgartirishlar qilinishi maqsadga muvofiq. O‘qituvchilar o‘quvchilarning barcha ma’suliyatlarini zimmalariga olishlari, ularga har tomonlama yordam berishlari va qo‘llab quvvatlashlari joizdir1. Amerikalik pedagog Jeyms A. Banksning fikricha, inkluziv ta’limda o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan teng munosabat o‘rnatishi va ular bilan yaqin aloqada bo‘lishi muhim. Sinfda o‘quvchilar o‘zlarini bemalol ko‘rsatishlari uchun erkin muhit yaratishlari zaruriy choralardan biridir. Albatta bunday muhit yaratish uchun o‘qish-o‘rgatish munosabatlari sog‘lom yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi. O‘quvchilar qanchalik qobiliyatli bo‘lmasin, agar ular muloqot bilan bog‘liq muammolarni yengga olmasalar, bor salohiyatlarini namoyon qila olmaydilar. Uzoq davrlardan beri, muloqot va muloqotsizlik insoniyat oldida turgan va yechimini topmagan masaladir. Bu borligida huzur keltiradi, yo‘qligida esa ulkan muammolarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, ta’lim sohasida qurilgan muloqot ba’zi 1 Uçuş, Y. D. (2016). Dezavantajlı Çocukların Velilerine Uygun Olarak Hazırlanan. e-International Journal of Educational Research, 25. Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 112 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘quvchilarning hayotida chuqur iz qoldiradi. Shu sababdan o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan bo‘lgan munosabatlarida nihoyatda e’tiborli bo‘lishlari zaruriy shartlardan biridir. Shuning uchun Turkiyada barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar bera oladigan inkluziv ta’limni rivojlantirish uchun jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Yuqorida buning uchun o‘qituvchilarning xizmatlari nihoyatda muhim ekanligi haqida fikr yuritdik. Ammo ko‘chib kelgan bolalarning yangi muhitgako‘nikishdagi qiyinchiliklari farqli til va ma’daniyat hukmron mamlakatda tahsil olishni boshlashi va bu mamlakatning bolalari bilan bir sinfdan joy olishlarining kutilgan natijasidir. Albatta bu sinfdagi muhitga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi va boshqa bir til va ma’daniyatdan kelgan bolalarga dars berish uchun o‘qitilmagan o‘qituvchilar uchun
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Turkiyada muhojir bolalarning ta’limi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni o‘rganadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Turkiyada muhojir bolalarning ta’limi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bola huquqlari konvensiyasi, intellektual zaxira, Inkluziv ta’lim, elektron maktab tizimi, gender tengsizlik, muvaqqat o‘quv markazlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024