К содержанию
РецензированоUZ2025

YO’L HARAKATI QOIDALARI VA ULARNING ZAMONAVIY AHAMIYATI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Qutbiddinov Muhriddin Zuhriddin o’g’li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article extensively covers the content, main goals and objectives of the subject of traffic rules, its role in ensuring road safety, the basic knowledge that students should be given, as well as the issues of improving traffic culture through modern technologies. The article is recommended as a methodological aid for teachers and students teaching this subject in general secondary and vocational educational institutions. Kalit so‘zlar: yo‘l harakati xavfsizligi, huquqiy me’yor, yo’l belgilari, harakat qatnashchilari, avtomatlashtirish, svetofor tizimi, videokuzatuv. Yo‘l harakati qoidalari fanining asosiy maqsadlari: O‘quvchilarda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish; Ularni yo‘l harakatida ishtirok etish tartiblari bilan tanishtirish; Yo‘l harakati xavfsizligi borasida ongli munosabatni tarbiyalash; Hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni o‘rgatish; Fuqarolik javobgarligi va xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash. Выпуск журнала №-26 Часть–1_Май –2025 189 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Harakat xavfsizligi va yo‘l harakati qoidalari har bir davlatda, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Ko‘plab halokatlarning oldini olish va yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida qoidalar ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi haqida batafsil to‘xtalamiz, ularning hayotdagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tamiz. Avtomobil yo'llarida chorrahalar turli sathlarda kesishishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda 6-7 sathlarda kesishgan chorrahalarni ko'rishimiz mumkin. Bugun Toshkent shahrida 3 sathli chorrahali kesishmalar mavjud bo'lib, asosan bunday chorrahalarda transport vositalari harakatlanishda bir-biriga qisman ta'sir qiladi. Avtomobil yo'llarining kesishish va tutashish joylarida maksimal ravishda harakat xavfsizligini ta'minlash zarur. Bu esa ularning bir-biriga nisbatan qulay burchak ostida joylashganiga, kesishuvchi yoki tutashuvchi yo'llardagi harakat miqdoriga, ko'rinish masofasiga, texnik vositalar bilan jihozlanganlik darajasiga bog'liq bo'lib, harakatni tashkil etish sxemasini tuzishda shu sanab o'tilgan omillar hal qiluvchi o'rinni egallaydi. Kesishuvchi yoki tutashuvchi yo'llardagi harakat miqdorining hajmiga nisbatan ular bir yoki har xil sathda joylashtirilishi mumkin. SHNQ 2.05.02-07 tavsiyalariga ko'ra, avtomobil yo'llarining turli sathda kesishishi va tutashishini asosan quyidagi hollarda qabul qilish zarur: Іa darajali yo'llarda - barcha darajali yo'llar bilan, Іb va Іa darajali yo'llarda II va III darajali yo'llar bilan; III darajali yo'llarning o'zaro kesishish joylarida kelajakdagi jami harakat miqdori bir sutkada (ikkala kesishuvchi yoki qo'shiluvchi yo'llarda) 8000 engil avtomobilga keltirilgan qiymatdan oshsa. Avtomobil yo'llarida ko'pchilik hollarda tartibsiz ravishda bir sathdagi chorrahalar va tutashmalar uchraydi. Harakatni tashkil etishda birinchi navbatda yo'l bo'ylab joylashgan chorrahalarni (u oddiymi, qisman kanallashtirilganmi yoki boshqacha turdagi bo'lishidan qat'iy nazar) quyidagi me'yoriy ko'rsatkichlarga keltirish darkor. Іa va Іb toifali avtomobil yo'llarida kesishishlar yoki tutashishlar soni juda kam bo'lishi kerak. Выпуск журнала №-26 Часть–1_Май –2025 190 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ushbu amaliy ishida bir sathli chorrahalarda transport vositalarining harakat miqdorini yo'nalishlar bo'yicha o'zgarishini aniqlash vazifasi berilgan bo'lib, bunda har bir yo'nalishda harakatlarayotgan transport vositalarining miqdori va tarkibini aniqlab tahlil qilib chiqamiz. 1-rasm. Amir Temur – Osiyo ko‘chalari kesishmasi. N , N , …. N , N - 1 2 15 16 avtomobillar harakat jadalligi Выпуск журнала №-26 Часть–1_Май –2025 191 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2-rasm. Bir sathda kesishgan chorrahadagi yo’nalishlar. Yo‘l harakati qoidalari birinchi navbatda inson hayotini saqlashga, yo‘l ishtirokchilari o‘rtasida tartib o‘rnatishga qaratilgan. Ular asosan ikki turga bo‘linadi: transport vositalari uchun va piyodalar uchun belgilangan qoidalar. Har bir yo‘l ishtirokchisi, ya’ni haydovchilar, piyodalar, velosipedchilar va boshqa transport vositalari egalari, o‘zlarining harakatlari orqali yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’uldirlar. Haydovchilar uchun qoidalar Haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, yo‘lni to‘g‘ri va xavfsiz boshqarish majburiyati yuklanadi. Ular quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak: Tezlikni cheklash: Har bir yo‘l turi va ob-havo sharoitiga mos ravishda maksimal tezlik belgilangan bo‘lib, haydovchilar bu tezlikni oshirishdan saqlanishlari kerak. Tezlikni oshirish avtohalokat xavfini orttiradi. Yo‘l belgilari va sinalariga rioya qilish: Yo‘l belgilari har bir haydovchiga qaysi yo‘lda harakatlanishni, qachon to‘xtashni, qachon burilish qilishni ko‘rsatadi. Har qanday signal, trafik chiroqlari yoki harakatlanish yo‘nalishlari belgilari bilan tanishish va ularga rioya qilish haydovchining burchidir. Выпуск журнала №-26 Част

Доказательный фрагмент

«This article extensively covers the content, main goals and objectives of the subject of traffic rules, its role in ensuring road safety, the basic knowledge that students should be given, as well as the issues of imp…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article extensively covers the content, main goals and objectives of the subject of traffic rules, its role in ensuring road safety, the basic knowledge that students should be given, as well as the issues of imp… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
videokuzatuv., huquqiy me’yor, svetofor tizimi, avtomatlashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi, yo’l belgilari, harakat qatnashchilari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники