Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDIATRIYA YO’NALISHIDA BOLALARDA AUTIZM BELGILARI VA TASNIFI
BELGILARI VA TASNIFI · Yuldasheva Nasiba Xudaynazarovna
Современное образование и развитие · 2019
Аннотация
Maqola autizm spektridagi bolalar va ularning turli tasniflariga bagʻishlangan. Autizm sindromi qanday kasallik ekanligi, uning necha yoshdan maʼlum boʻlishi, bunday bolalar bilan qanday munosabatda boʻlish haqida fikr yuritiladi. Kalit soʻzlar: autizm sindromi, tashqi nutq, monologik nutq, stereotipik harakatlar, ijtimoiy taʼsirlar, autizm bola, autizm bola hayoti, oʻz olami. Mavzuning dolzarbligi: "Autizm" tashxisi bugungi kunda juda koʻp uchrayotgan kasallik boʻlib qoldi. Ammo bu atamani hamma ham tushunib yetavermaydi va autistik tashxisli boladan nima kutishni tushunib yetavermaydilar. Autizm spektrining buzilishi ijtimoiy oʻzaro taʼsirning yetishmasligi, boshqa odamlar bilan aloqa qilishdagi qiyinchiliklar, muloqot paytidagi noadekvat reaksiyalar, cheklangan qiziqish va stereotiplarga (takroriy harakatlar) moyillik bilan tavsiflanadi.[1] Hozirda dunyoda 6,5 milliondan ortiq autizmga chalingan shaxslar bor. Soʻnggi paytlarda autizm bilan chalinganlar soni ortib bormoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2019-yildagi maʼlumotiga koʻra, 150 boladan 1 tasida autizm holati qayd etilgan. Autizm 21-asr kasalligidir. Ilk bor "autizm" atamasi psixiatr E. Bleuler tomonidan kiritilgan boʻlib, u bu konsepsiyani haqiqiy munosabatlarga eʼtibor bermasdan, assotsiatsiyalarni eksperimental haqiqatdan ajratish qobiliyati deb hisoblagan. Dastlab, E. Bleuler autizm bilan shizofreniya bilan ogʻrigan bemorlarning fikrlash oʻziga xosligini tushungan, uning asosiy xususiyati oʻzidan va haqiqatdan chekinish edi. [1] Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 387 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bu kasallik sindromi oʻgʻil bolalarda qiz bolalarga nisbatan koʻp uchraydi. Simptomlarning har xilligi va kasallik oʻzgaruvchanligi ushbu kasallikning murakkabligidan dalolat beradi: sezilarsiz autistik xususiyatlardan to doimiy parvarish talab etilishigacha. Autizm haqiqatdan ham tashqi ogohlantirishlarga reaksiyaning yoʻqligi, oʻziga chekinish, atrof muhit bilan aloqada juda passivlik va juda zaiflik deb hisoblanadi. Autizmning asosiy belgilari qarashlari, yuz ifodasi va imo-ishoralari yordamida boshqalar bilan aloqa oʻrnatishning tugʻma qobiliyatsizligida namoyon boʻladi. Autizmli bolalar turli noqulay vaziyatlarga va taassurotlarning bezovta qiluvchi taʼsiriga oʻziga xos tarzda munosabatda boʻlishadi. Bunday bolalarda nutq rivojlanishining kechikishi kuzatiladi. Autizm eng aniq 3-5 yoshda kuzatiladi va qoʻrquv, tajovuzkorlik, negativizm bilan kechadi. Keyinchalik intellektual va shaxsiy rivojlanishdagi buzilishlar kuzatiladi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Olimlarning fikricha, autizm kasalligining kelib chiqish sabablaridan biri bu – homilaning ona qornidalik davrida maʼlum bir turdagi oqsillarning yetishmovchiligi. Ikkinchi sababi organizmda ikki xil ogʻir metalning, qoʻrgʻoshin va simobning koʻpayib ketishi. Uchinchi sabab atrof muhitning ekologik buzilishi va homiladorlik paytida kuchli stress holatlarini kechirish. Anemiya hamda qon bosimining oshishi, buyrakda bosim oshishi – bularning hammasi autizmning kelib chiqish sabablari hisoblanadi. Bundan tashqari, autizm kasalligi belgilarining kengayishini, yaʼni rivojlanishdan ortda qolish belgilarini Retta sindromi, Asperger sindromi va autizmning klassik simptom komplekslarining koʻp uchrashi ham sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, kasallik haqida maʼlumot koʻpaymoqda. Ilgari tortinchoq, uyatchan, introvert va shizofreniyaga moyil bolalarni «gʻayritabiiy bolalar» deyishgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib bunday bolalarni autistik bolalar (autizm) deyishmoqda. TAHLIL VA NATIJALARI Erta bolalar autizmini O.S. Nikolskaya va K.S. Lebidinskaya 4 guruhga ajratadilar. Ushbu tasnifning mezoni quyidagicha: tashqi muhit bilan oʻzaro munosabatlarning taʼsirining tabiati va darajasi; Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 388 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT birlamchi buzilishlarning tabiati va darajasi. Birinchi guruhga chuqur autizmga chalingan bolalar kiradi. Bu guruhdagi autistik bolalar gapirmaydilar, boshqalar bilan aloqa qilmaydilar, odamlar va ularning atrofidagi dunyo bilan aloqa oʻrnatmaydilar va hatto bu aloqani oʻrnatishga harakat ham qilmaydilar. Bunday bolalarning eng katta istagi boshqalardan oʻzini ajratishdir. Ikkinchi guruhga kiruvchi autistik bolalar toifalari atrof-muhitni faol rad etishdir. Ushbu guruhdagi bolalarda aloqaning kamroq buzilishi kuzatiladi va bolalarning harakati stereotipikdir. Ushbu guruhdagi bolalar yuz ifodasida tashqi olamdan qoʻrquvni ifodalaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy aloqalarni oʻrnatishi mumkin, garchi ular muloqot uchun obʼyektlarni qatʼiy tanlasalar ham, ularning nutqi rivojlangan, faqat ehtiyojlarini ifodalash uchun foydalanadilar. Uchinchi guruh autizmli bolalari esa qiziqishlari bilan band, boshqalarga haddan ziyod ziddiyatda boʻladilar, bu tajovuzkor shaklda namoyon boʻladi. Bu bolalar monolog nutqi bilan ajralib turadi, ammo bu nutq frazali, biroz gʻayritabiiy. Bu bolalarning yana bir ajratib koʻrsatilgan tarafi turli f
Доказательный фрагмент
«Maqola autizm spektridagi bolalar va ularning turli tasniflariga bagʻishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola autizm spektridagi bolalar va ularning turli tasniflariga bagʻishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- autizm bola, oʻz olami., ijtimoiy taʼsirlar, tashqi nutq, monologik nutq, autizm bola hayoti, stereotipik harakatlar, autizm sindromi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024