Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOMPYUTER TARMOQLARI KLASSIFIKATSIYASI USULLARI
Kazakbayeva Vazira Murotovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Kompyuter tarmoqlari zamonaviy axborot texnologiyalari sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular turli mezonlarga ko‘ra klassifikatsiyalanadi, bu esa tarmoqning tuzilishi, ishlash tamoyillari, maqsadi va qo‘llanilish sohalariga qarab farqlanishiga imkon beradi. Tarmoqlarni to‘g‘ri tasniflash ularni loyihalash, boshqarish, xavfsizlikni ta'minlash va samarali foydalanish uchun juda muhimdir. Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiya usullari haqida ma'lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, ma'lumotlar, resurslar, klassifikatsiya, loyiha, mijozlar, server. Kompyuter tarmoqlarini birinchi navbatda geografik joylashuvga ko‘ra tasniflash mumkin. Bu tasniflashda tarmoqlar kichik hududiy tarmoqlardan boshlab, butun dunyoni qamrab oluvchi global tarmoqlargacha bo‘linadi. Mahalliy tarmoqlar, ya'ni LAN (Local Area Network), odatda bitta bino yoki yaqin hudud ichida joylashgan kompyuterlarni bog‘laydi. Ularning asosiy vazifasi tez va ishonchli ma'lumot almashishni ta'minlashdir. Mahalliy tarmoqlar odatda yuqori tezlikda ishlaydi va foydalanuvchilarga resurslarni birgalikda ishlatish imkonini beradi. Shaharlararo tarmoqlar, ya'ni MAN (Metropolitan Area Network), ko‘proq kengroq hududni qamrab oladi, masalan, bir shahar yoki uning atrofidagi hududlarni. MAN tarmoqlari ko‘pincha bir nechta mahalliy tarmoqlarni bog‘lash uchun ishlatiladi. Global tarmoqlar, ya'ni WAN (Wide Area Network), esa butun dunyo bo‘ylab tarqalgan tarmoqlarni anglatadi. Internet eng mashhur WAN misolidir. WAN tarmoqlari uzoq masofalardagi kompyuterlarni bog‘lash imkonini beradi, ammo tezligi mahalliy tarmoqlarga nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin.[1] Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 405 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tarmoqlarni maqsadiga ko‘ra ham tasniflash mumkin. Bu tasniflash tarmoqning kimlar uchun va qanday maqsadlarda yaratilganligini aniqlashga yordam beradi. Ishchi guruh tarmoqlari kichik guruhlar yoki bo‘limlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular o‘zaro tezkor ma'lumot almashish va resurslarni birgalikda ishlatish imkonini beradi. Korporativ tarmoqlar katta kompaniyalar va tashkilotlar uchun yaratiladi, ular ko‘plab filiallar va bo‘limlarni bog‘laydi, shuningdek, markazlashtirilgan boshqaruv va xavfsizlikni ta'minlaydi. Ommaviy tarmoqlar esa keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular internet yoki boshqa ommaviy xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Arxitektura nuqtai nazaridan tarmoqlar mijoz-server va tengdoshlararo (peer-to-peer) tarmoqlar sifatida ajratiladi. Mijoz-server arxitekturasi markaziy serverga asoslanadi, unda ma'lumotlar va xizmatlar serverda saqlanadi, mijozlar esa ularga murojaat qiladi. Bu model tarmoqlarni boshqarishni osonlashtiradi va xavfsizlikni ta'minlaydi. Tengdoshlararo arxitekturada esa har bir kompyuter ham mijoz, ham server vazifasini bajaradi. Ma'lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterlardan bir-biriga uzatiladi, bu esa kichik va o‘rta hajmdagi tarmoqlar uchun qulaydir. Boshqaruv shakliga ko‘ra tarmoqlar markazlashtirilgan va markazlashmagan bo‘linadi. Markazlashtirilgan tarmoqlarda boshqaruv yagona markaziy nuqtada amalga oshiriladi, odatda bu server yoki markaziy boshqaruv qurilmasi hisoblanadi. Bu tarmoqlarda xavfsizlik va boshqaruv osonroq bo‘ladi, ammo markaziy nuqtaning nosozligi butun tarmoqning ishlashiga ta'sir qilishi mumkin. Markazlashmagan tarmoqlarda esa boshqaruv bir nechta nuqtalar orasida taqsimlangan bo‘ladi. Bu holatda tarmoqning barqarorligi oshadi, chunki bitta nuqtaning nosozligi butun tizimga ta'sir qilmaydi. Ma'lumotlarni uzatish texnologiyalariga ko‘ra tarmoqlar simli va simsiz tarmoqlarga bo‘linadi. Simli tarmoqlarda ma'lumotlar kabel yoki optik tolalar orqali uzatiladi. Bu turdagi tarmoqlar yuqori tezlik va barqarorlikni ta'minlaydi, shuningdek, xavfsizlik jihatidan ham afzalliklarga ega. Simgsiz tarmoqlarda esa ma'lumotlar radio to‘lqinlari, infraqizil nurlar yoki boshqa simsiz texnologiyalar yordamida uzatiladi. Bu tarmoqlar mobil va qulay foydalanish imkonini beradi, ammo xavfsizlik va tezlik jihatidan ba'zan cheklovlarga duch keladi. Protokollarga ko‘ra tarmoqlarni tasniflash ham muhimdir. Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 406 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Protokollar tarmoqdagi qurilmalar o‘rtasida ma'lumot almashish qoidalarini belgilaydi. Eng keng tarqalgan protokollar qatoriga TCP/IP, Ethernet, Wi-Fi kiradi. TCP/IP protokoli internet va ko‘plab tarmoqlarda asosiy aloqa protokoli hisoblanadi, u ma'lumotlarni paketlarga bo‘lib uzatishni ta'minlaydi. Ethernet protokoli mahalliy tarmoqlarda keng qo‘llaniladi va yuqori tezlikda ma'lumot uzatishni ta'minlaydi. Wi- Fi esa simsiz tarmoqlarda ishlatiladi va mobil qurilmalar uchun qulaylik yaratadi. Xizmat ko‘rsatish turiga qarab tarmoqlar faqat ma'lumot uzatish uchun yoki ovoz, video va boshqa multimediya xizmatlarini ham qo‘llab-quvvatlaydigan tarmoqlarga ajratiladi. Oddiy ma'lumot uzatuvchi tarmoqlar faqat fayllar, hujjatlar va boshqa ma'lumotlarni
Доказательный фрагмент
«Kompyuter tarmoqlari zamonaviy axborot texnologiyalari sohasining ajralmas qismi hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюKompyuter tarmoqlari zamonaviy axborot texnologiyalari sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma'lumotlar, kompyuter tarmoqlari, server., mijozlar, klassifikatsiya, resurslar, loyiha, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014