Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAZO TAYINLASHDA HISOBGA OLINADIGAN HOLATLAR INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI
NormetovTohirjonXomitovich
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются обстоятельства, которые необходимо учитывать при определении наказания лицу, совершившему преступление, а также некоторые возникающие при этом проблемы, нарушения важных принципов уголовного права, мнения экспертов зарубежных стран по этим делам, а также обстоятельства, которые учитываются при определении наказания в уголовном праве. Ключевые слова: либерализация, преступление, наказание, суд, поступок, мораль, этикет, формы вины, правовые меры, преступная деятельность и т. д. “Inson – davlat va jamiyat uchun maqsadga erishish vositasi emas, aksincha, ana shu maqsadning bosh mazmuni va manbai hamda, eng oliy qadriyat bo‘lishi lozim.Biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun «Inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir! Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ushbu tamoyillar aniq ifoda etilishi, o‘zining mukammal huquqiy yechimini topishi zarur” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 410 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Sh.Mirziyoyev Mamlakatimizda mustalikka erishgandan so‘ng sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda inson, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada so‘z ketganda davlatimiz birinchi Prezidenti tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da “shuni alohida qayd etish lozimki, jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatni takomillashtirishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchchiligini yanada liberallashtirish va insonpavrlarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo‘nalishga aylandi”, deb ta’kidlanganlarini eslab o‘tish joiz. Ma’lumki jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. O‘z navbatida jinoyat qonuninning muhim prinsiplaridan biri bo‘lib odillik prinsipining mohiyatiga ko‘ra, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zidan aynan bitta jinoyat sodir qilgan barcha shaxsga ham aynan bir xil jazo tayinlash maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanmaydi. Chunki, jinoyat sodir etishda aybning shakli, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoyat sodir etish usuli va sabablari, jinoyat sodir qilishda ishtirok etganlik darajasi, shuningdek jinoyat sordir qilgan shaxsning ijtimoiy xavfliligi va boshqa qator holatlar ham mavjudki, bunday holatlar bir xil turdagi ikkita jinoyat sodir etgan ikkita shaxsga nisbatan aynan bir jazo tayinlash imkonini bermaydi. Bunday holatlarning jinoyat qonunida mustahkamlanishi mazkur jinoyat qonunida qanchalik darajada odillik prinsipining ta’minlanganligidan dalolat beradi. Aytaylik, ikkita shaxs o‘g‘irlik jinoyati sodir qilishda ayblanayotgan, biri qimor o‘yinida yutqazib qo‘ygan pulni to‘lash uchun, ikkinchisi muhtojlikdan – og‘ir kasal onasiga dori sotib olish uchun o‘g‘irlik qilgan yoxud ulardan biri voyaga yetmagan, Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 411 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ikkinchisi xavfli retsidivist bo‘lsa, ularga nisbatan nisbatan bir xil jazo tayinlash, qonunning adolat prinsiplariga ham, insonparvarlik prinsiplariga ham zid bo‘ladi. Bu haqda so‘z ketganda birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan to‘g‘ri ta’kidlanganidek, jinoyatlarni belgilash qoidalarining Jinoyat kodeksimizning umumiy yo‘nalishini tom ma’noda o‘zgartirishga va huquqiy demokratik davlat tamoyillariga moslashtirishga imkon beradi [1-2]. Таъкидлаш жоизки, адолатли жазо тайинланиши ундан кўзланган мақсадларга–маҳкумни ахлоқан тузатиш, маҳкум ва бошқа шахслар томонидан янги жиноятлар содир этилишининг олдини олишга эришиш самарадорлигини оширишга хизмаи қилади [2 45]. Шунингдек, ҳуқуқшунос олим М.Усмоналиевнинг таъкидлашича, асоссиз равишда оғир жазо чорасини тайинлаш субъектда адолатсизликдан норозилик, адолат ва қонунга ишончсизлик ҳиссини вужудга келтиради. Бундай ҳолат ҳам жазонинг мақсадига эришишга тўсиқ бўлиб қолади. Энг ёмони, Жиноят кодексида назарда тутилган одиллик принципи бузилади.[3- 13]. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganiga qaramay odillik prinsipi o‘z kuchini yo‘qotmadi, hamda jazo tayinlash bilan bog‘liq masalalarda jazo tayinlashdahisobga olinadigan holatlar doirasini qat’iy belgilab qo‘ydi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 54-moddasining ikkinchi qismida sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyatini va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishni mustahkamladi. Ta’kidla
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются обстоятельства, которые необходимо учитывать при определении наказания лицу, совершившему преступление, а также некоторые возникающие при этом проблемы, нарушения важных принципов уголо…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются обстоятельства, которые необходимо учитывать при определении наказания лицу, совершившему преступление, а также некоторые возникающие при этом проблемы, нарушения важных принципов уголо… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- либерализация, преступление, наказание, суд, jinoyat, ayb shakllari, huquqiy ta’sir choralari, liberallashtirish, sud, axloq, qilmish, jinoiy faoliyat va h.k., jazo, odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024