Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KADRLARNI TAYYORLASH VA SIFAT JIHATIDAN TAKOMILLASHTIRISH
BAYMATOVA U.S.
Современное образование и развитие · 2022
Аннотация
Maqolada harbiy ta’limni sifat jihatidan takomillashtirish yo‘nalishlari, mexanizmlari, rivojlantirishning shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: o‘quv jarayoni, harbiy ta’lim, pedagog kadrlar, yetakchilik, rivojlantirish, samaradorlik. Aннотация. В статье раскрываются качество военного образования, развитие направлений, механизмы и продуктивное использование возможностей и условий развития, а также требования, предъявляемые учебным заведениям. Ключевые слова: учебный процесс, военная наука, педагогические кадры, лидерство, развитие, эффективность. Davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish komil inson tarbiyasiga mas’ul - o‘qituvchi zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini mukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyati yuklangan[1. 5-8 betlar]. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida: Har kim ta’lim olish huquqiga ega va 51-modda: Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli deb belgilangan [5. 20-21 betlar]. 2022 yil 28 yanvarda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida PQ-60 Prezident farmoni qabul qilindi va yettita Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 125 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yo‘nalishda ishlar faoliyati belgilab berildi. Jumladan, yettinchi yo‘nalish - Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘lib, unda: • Qurolli Kuchlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va raqamlashtirishni yanada takomillashtirish. • Qurolli Kuchlarda yagona axborot kommunikatsiya tizimini yaratish va axborot xavfsizligini ta’minlash. • Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda o‘quv moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish. • Oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni saralash va tanlab olish tizimini yanada takomillashtirish. • Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasini yaratish tizimini rivojlantirish. • Qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash. • Qurolli Kuchlarda axloqiy-ruhiy ta’minotni va harbiy psixologlar institutini yanada takomillashtirish hamda harbiy xizmatchilarning jangovar ruhiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. • Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini yanada kuchaytirish belgilab berilgan [2. 216-225 betlar]. Belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda harbiy ta’lim o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi: belgilangan muddatlarda o‘z Vataniga sodiq, intellektual jihatdan rivojlangan va teran fikrlay oladigan, zamonaviy umumqo‘shin janglarda, qism va bo‘linmalarni qo‘llash nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha puxta bilimlarga ega, ehtimoli mavjud bo‘lgan, harbiy harakatlar teatridagi, qiyin jangovar-xizmat va tezkor vaziyatlarga tez aniqlik kirita oladigan, maqsadga muvofiq qarorlarni mustaqil qabul qilib, mohirona amalga oshira oladigan, yuqori shtab madaniyatiga va oqilona tashabbusga, keng dunyoqarashga, yuqori tarbiyaviy, mafkuraviy va ma’naviy- ma’rifiy sifatlarga ega, qo‘shinlarni jangovar harakatlarini tashkillashtiradigan va Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 126 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’minlaydigan hamda ularni boshqara oladigan, shaxsiy tarkibni o‘qitish va tarbiyalash, tarkibiy tuzilmalarda nizom talablarini mustahkam ushlab turish mahoratiga hamda yuksak axloq-odob va dunyoqarashi hamda fikrlash doirasi keng bo‘lgan yuqori professional, qism va bo‘linmalarda mustahkam intizomni ushlab turish hamda harbiy xizmat xavfsizligini ta’minlash kabi amali ko‘nikmalarga ega harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard oliy malakali ofitserlarni tayyorlash [3]. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022 yil 15 sentabr dagi 686- sonli buyrug‘i, “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” gi Nizom. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari (matn davomida-OHTM) faoliyatini belgilaydi. OHTM o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va Qurolli Kuchlar bosh shta
Доказательный фрагмент
«Maqolada harbiy ta’limni sifat jihatidan takomillashtirish yo‘nalishlari, mexanizmlari, rivojlantirishning shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada harbiy ta’limni sifat jihatidan takomillashtirish yo‘nalishlari, mexanizmlari, rivojlantirishning shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- учебный процесс, военная наука, педагогические кадры, samaradorlik., o‘quv jarayoni, harbiy ta’lim, pedagog kadrlar, rivojlantirish, yetakchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026