К содержанию
РецензированоUZ2025

ELEKTROMOBILNI EKSPLUATATSIYASIDAGI KAMCHILIK TOMONLARINI TAXLILI

ELEKTROMOBILNI EKSPLUATATSIYASIDAGI KAMCHILIK · TOMONLARINI TAXLILI · Katta o’qituvchi. Mamajonov Abdumalik Hakimovich. · Yusufjonov Asilbek G’ayratjon o’g’li.

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Elektromobillardan foydalanish va ishlab chiqarish bugungi kunda juda tez suratlarda oshib bormoqda.Bugungi kunda dunyoda avtomobillar ishlab chiqarishni juda ko‘p kompaniyalari o‘zlarining elekromobillarini namoyish etmoqda, masalan:Tesla volkswagen, BYD, Changan, avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular bugungi hunda ko‘plab zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lsada, ekspluatatsiyasida qilish jarayonida ularning kamchiliklari ko‘zga tashlanadi, masalan:uzoq masofalarga yurishda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Kalit so’zlar: Quvvatlash vaqti, samaradorligi, yo‘llar infratuzilmasi, zaryadlashdagi zararlar, yong‘in xavfsizligi, ekologik zarari Elektromobillari hozir, shunaqa ommalashmoqdaki, ko‘chalarimizda elektomobillar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Elektromobillar O‘zbekiston ham elekromobillar bozorlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Bugungi kunda elekromobillar zamonaviy shaxarlar, ekalogik toza shaxarlar uchun keng foydalanilmoqda. Ularni ekologik jihatdan zararsiz va iqtisodiy jihatdan tejamkor transport vositasi sifatida bilamiz. Qisqacha qilib aytganda, elekromobilda yurish qulay va yoqimli. Boshqarish oson va haydash o‘ziga xos. Ammo biz uning har doim ijobiy tomonlarini, afzalliklarini gapiramiz ammo kamchiliklarini kam eshitamiz, real olib qaraganda, salbiy tomonlarini ham tushunishimiz kerak. Hozirgi elektr transportining kamchiliklari nimalarda ekanligini ko‘rib chiqamiz. Выпуск журнала №-26 Часть–2_ Май –2025 224 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Quvvatlash vaqti uzoqligi. Zamonaviy elektromobillar, litiy-ion akkumulyatorlari tufayli bir quvvatlanishda 400 km dan ortiq masofani bosib o‘ta oladi. Ammo bu omilning ham salbiy tomoni bor - bunday mashinalar sig‘imi katta batareyalaridan foydalanadi. Natijada, AC (o‘zgaruvchan tok) stansiyalaridan zaryadlash ko‘p soatlar talab qilishi mumkin. Uyingizda quvvatlamoqchi bo‘lsangiz tuni bilan zaryad qilgandan keyin ham batareyaning to‘liq zaryadini ko‘rmasligingiz mumkin. Uyda 220 volt kuchlanishda kamida 8 soat, maxsus zaryadlash stansiyalarida minimum 40 minut turishi kerak.Bu esa haydovchilarga ancha noqulayliklar tug‘diradi. Qishda samaradorlikning pasayishi. Elektromobilining yana bir haqiqiy kamchiligi qishda samaradorlikning pasayishi hisoblanadi. Bunga batareyalar ichidagi kimyoviy reaksiyalarning sekinlashishi sabab bo‘ladi. Natijada, elektromobilning yurish masofasi qisqaradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 5 C° da batareya quvvati 12- 20% ga, -5 C° da 30-40% ga va -12 C° da 43-50% ga kamayadi. Agar izolyatsiya qilingan issiq garaj bo‘lsa, unda bu yaxshi variant. Ya'ni, bu yer uylarda yashovchilar uchun imkoniyatdir. Yo‘llarda elekromobillar uchun infratuzilma rivojlanmaganligi. Safarlarga chiqqanda, Viloyatlar markazlari va Toshkentdan boshqa shaharlarda foydalanish noqulayliklar olib keladi. Aksariyat hollarda elektr transport vositalarini uyda o‘z elektr tarmoqlaridan zaryad qilish kerak. Zaryadlash stansiyalari soni kamligi. Выпуск журнала №-26 Часть–2_ Май –2025 225 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1-rasm 2-rasm Zaryadlashda sezilmagan zararlar.Vaqt o‘tishi bilan har bir zaryadlash siklidan keyin u asta-sekin akkumulyator sig‘imi pasayib boradi, yiliga o‘rtacha 5% sig‘imini yo‘qotadi. Zaryadlash orasidagi yurish masofasi kamayadi, bu ma'lum bir zaryadlash siklidan keyin katta noqulaylik tug‘diradi. Zaryadlash qurilmasi quvvati qanchalik kuchli bo‘lsa, batareya tezroq eskiradi. Ikki-uch yildan so‘ng, savol sizni bezovta qiladi: bu mashina bilan nima qilish kerak? Uni almashtirish narxi 5000 -12000 $ atrofida xarajat qilishga olib keladi. 1200 -2000 sikl zaryaddan keyin, batareya umuman zaryadlanmay ham qoladi, shuning uchun siz boshida 430 km dan oxirida 0 gacha bo‘lgan o‘rtacha masofani bosib o‘tishingiz kerak. Ko‘pgina elektr avtomobil egalari ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyda zaryad qilishadi, ammo hamma ham buni qila olmaydi, chunki ayrim insonlar ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Odatda pastki qavatlarda yashovchilar uchun muammo yo‘q. Uzaytirgich kabel bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonadoningizdan tortib chiqishingiz mumkin. Ammo agar xonadon, masalan, 4 qavatdan yuqori bo‘lsa, vaziyat ancha murakkablashadi. Yong‘in xavfsizligi. Elektromobilni akkumulyatori yonsa, mashina to‘liq yonib tugamaguncha o‘chirib bo‘lmaydi. litiy-ion batareyalarni o‘chirish ularning tabiatiga ko‘ra qiyin vazifadir. Masalan, baxtsiz hodisa tufayli, yacheykalarning mexanik shikastlanishi, Выпуск журнала №-26 Часть–2_ Май –2025 226 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aniq yong‘inga olib keladi. Shuning uchun batareyalar elektr transport vositasining eng pastki qismiga joylashtirishga harakat qilishadi. Kapot ostida siz ularni topa olmaysiz! Agar biron bir batareya yacheykasi yonadigan, bo‘lsa nima bo‘ladi? Gap shundaki, litiy-ion batareyasi yonish paytida jarayonni qo‘llab-quvvatlovchi kislorod chiqara boshlaydi u benzinga qaraganda yaxshiroq yonadi. Shuning uchun, na qum, na ko‘pik, na suv yordam bermaydi. Baxtsiz hodisa paytida, yong‘in ehtimoli yu

Доказательный фрагмент

«Elektromobillardan foydalanish va ishlab chiqarish bugungi kunda juda tez suratlarda oshib bormoqda.Bugungi kunda dunyoda avtomobillar ishlab chiqarishni juda ko‘p kompaniyalari o‘zlarining elekromobillarini namoyish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Elektromobillardan foydalanish va ishlab chiqarish bugungi kunda juda tez suratlarda oshib bormoqda.Bugungi kunda dunyoda avtomobillar ishlab chiqarishni juda ko‘p kompaniyalari o‘zlarining elekromobillarini namoyish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
samaradorligi, zaryadlashdagi zararlar, ekologik zarari, yong‘in xavfsizligi, Quvvatlash vaqti, yo‘llar infratuzilmasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники