К содержанию
РецензированоUZ2025

QUYOSH ENERGIYASINI ELEKTR ENERGIYASIGA AYLANTIRISHNING FIZIK ASOSLARI

YARIMO’TKAZGICH MATERIALLARNI MUQOBIL · ENERGETIKADAGI O‘RNI · Mo’ydinova Maftuna Azizbek qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

ushbu maqolada quyosh energiyasini o‘zgartirish va qayta ishlashda yarimo’tkazgich materiallarning ahamiyati, qo’llanilish sohalari yuzasidan fikr yuritilgan. Ularning xossalarini o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqot ishlari hamda maliy natijalar muhokama qilindi hamda adabiyotlar tahlili amalga oshirildi. Kalit so‘zlar: avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron hisoblash texnikasi, fotoelementlar, quyosh batareyalari, mikrosxemalar, mikroelektronika elementlari. Zamonaviy elektronika sohasida jahon fani va texnikasida salmoqli o‘rinni egallaydi. Ular asosda ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko‘payib, ularning turli sohalarga tatbiqi kengayib bormoqda. Hozir zamonaviy elektronika elementlari qo‘llanilmayotgan insoniyat faoliyati sohalarini alohida ko‘rsatish qiyin ular avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron hisoblash texnikasida va boshqa qator sohalarda keng ishlatilmoqda. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdek muhim dunyoviy muammoni yechishda ham elektronika elementlarining ahamiyati juda kattadir. Hozirda unumli foydalanilayotgan fotoelementlar, jumladan, quyosh batareyalari va kichik energetikaga mansub boshqa elementlarni takomillashtirishdan tashqari, yarimo‘tkazgichlarga asoslangan katta energetika ancha qudratli quyosh elektrostansiyalarini yaratish loyihalari ham o‘rtaga tashlanmoqda, zero quyosh energiyasidan foydalanish inson va tabiatga ziyon keltirmaydi. Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 364 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Oxirgi yillarda O‘zbekistonda elektronika sanoati rivojlanib borishi bilan birgalikda bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlar ham avj olib bormoqda. Shu tufayli yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yarimo‘tkazgichlar asosida tayyorlanadigan asboblar, qurilmalar va mikrosxemalar hamda mikroelektronika elementlari bo‘yicha yuqori ixtisosli mutaxassislarni yetishtirishga ehtiyoj katta. Ana shunday kasbni egallashga intilayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Bu talabni qondirish maqsadida O‘zbekistonning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida mazkur soha bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Zamonaviy elektronika elementlarini beshinchi avlod elektronikasi sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi. Bu avlod elektronikasining asosiy elektronika elementlarini o‘zining ma’lum bir xossasiga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar tashkil etadi. Yarimo‘tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish texnologiyasi juda tez rivojlanib bormoqda. Turli yarimo‘tkazgichli asboblarning ajoyib fizik xossalarini tushunish va ularning loyihalash prinsiplarini egallash uchun texnologik tayyorlash yo‘llarini va yarimo‘tkazgich tuzilmalarni olish usullarini bilish zarur. Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar. Yarimo‘tkazgichli diodlar elektrovakuum va gaz bilan to‘ldirilgan diodlar o‘rnini egalladi va hozirda elektron qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Ular o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash, elektron qurilmalarni tarmoq kuchlanishining oshishidan himoya qilish uchun qurilmalar uchun quvvat manbalarining asosiy elementi sifatida ishlatiladi. Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: to‘g‘rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun qo‘llanadi. To‘g‘rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga ajratiladi. Ko‘pchilik yarimo‘tkazgichli asboblar tuzilmasining asosiy elementi elektr o‘tishi bo‘lib, ularga turli solishtirma qarshilikka, turli o‘tkazuvchanlik sohasiga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichning ikkita sohasida vujudga kelgan o‘tish qatlami va metall- yarimo‘tkazgich kontakti natijasida ham vujudga kelgan o‘tishlar kiradi. Agar yarimo‘tkazgich ikki sohasining biri n-tur, ikkinchisi p- Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 365 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tur bo‘lsa, bunday o‘tishni elektron-kovak o‘tish yoki p-n o‘tish deyiladi. Ko‘pchilik keng tarqalgan asboblarning xossalari p-n o‘tishlarda yuz beradigan jarayonlar bilan aniqlanadi. Masalan, n- tur soha va p- tur sohalarda kirishmalar konsentratsiyasi ancha yuqori bo‘lsa, unda p – n o‘tish volt-amper tavsifnomasining ko‘rinishi oddiy p – n o‘tish tavsifnomasidan keskin faqr qilib, tavsifnoma n ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday p –n o‘tishlardan tayyorlangan diodlarni tunnel diodlari deyiladi. Yarimo‘tkazgichlarda esa erkin elektronlarning soni kam. Yarimo‘tkazgichlarda valentli elektronlarning oz atomlari bilan bog‘lanib turishi, ya’ni ularning erkin bo‘lmasligi bilan bu holat tushuntiriladi. Yarimo‘tkazgichlarning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularga tashqi tomondan ta’sir ko‘rsatish, ya’ni qizdirish, nurlantirish va aralashmalar qo‘shish hisobiga tok hosil qilish va ularni keng chegaralarda o‘zgartirish mumkin. Bu yarimo‘tkazgichlardagi valentli elektronlarning energiyasini oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu energiya hisobiga valentli elektronlar o‘z at

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada quyosh energiyasini o‘zgartirish va qayta ishlashda yarimo’tkazgich materiallarning ahamiyati, qo’llanilish sohalari yuzasidan fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada quyosh energiyasini o‘zgartirish va qayta ishlashda yarimo’tkazgich materiallarning ahamiyati, qo’llanilish sohalari yuzasidan fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
energetik sath, quyosh nurlanishi, optik masofa, qattiq jismlar, valent sohasi., kollektiv orbitalar, tashqi qobiqdagi elektronlar, atmosfera
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники