Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TO`QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT KORXONALARINI IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO`YICHA MULOHAZALAR
RIVOJLANTIRISH BO`YICHA MULOHAZALAR · Xudoykulov Mamarasul Radjabovich
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Данная статья посвящена вопросам экономического развития предприятий текстильной и легкой промышленности. Также обсуждаются факторы экономического развития предприятий, возможности, вопросы и проблемы снабжения в сфере энергетики, сырьевого обеспечения, а также работа, проделанная нашим государством для развития этой отрасли. Ключевые слова: экономическое развитие, инвестиции, международный рынок, форс-мажорные обстоятельства, субсидия, льготное кредитование Annotation: This article is devoted to the issues of economic development of textile and light industrial enterprises. Also, the factors of economic development of enterprises, opportunities, supply issues and problems in energy, raw material supply, and the work done by our state for the development of this sector are discussed. Key words: economic development, investment, international market, force majeure, subsidy, preferential loans Выпуск журнала №-26 Часть–2_ Май –2025 430 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tо‘qimachilik va yengil sanoat mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biridir. Ushbu sektor aholini ish bilan ta’minlash, milliy mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda eksport salohiyatini oshirish orqali iqtisodiy rivojlanishda muhim o‘rin tutadi va davlat yalpi ichki mahsuloti hajmiga sezilarli darajada foyda olib keladigan yonalishlardan biridir. Mamlakatlar o‘z tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish orqali xalqaro bozorlar bilan raqobatlashish darajasini oshirishga intiladi. Ushbu maqolada tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, imkoniyatlari hamda dolzarb muammolari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son farmonida investitsiyalarni jalb qilish,ularning ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlardagi o`rni hamda ahamiyati haqida gap boradi.[1] Yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini joriy etish uchun kapital talab etiladi, buning uchun eng yaxshi yechim investitsiya jalb qilish hisoblanadi. Investitsiyalar sanoatni modernizatsiyalashga yordam beradi ya`ni bror bir korxona investitsiya jalb qilar ekan hoh u moddiy qiymat ko`rinishida yoki uskuna ko`rinishida bo`lsin korxonaga albatta foyda keltiradi agarki yaxshi oylangan va uzoqni ko`zlab ish tutilgan bo`lsa, korxona investitsiya shaklida yangi texnika yoki texnologiyani jalb qilar ekan bu korxonaning iqtisodiy rivojiga hamda uning modernizatsiya bo`lishiga olib keladi. Investitsiyalar ishlab chiqarish hajmini oshirish va sifatni yaxshilashga ham yordam beradi, agar korxona yangi turdagi dastgohlarni jalb qiladigan bo`lsa bu korxonaga ko`plab foyda va harajatlarni tejashga yordam berishi mumkin. Masalan zamonaviy texnika olib kelinguniga qadar korxona mahsulotni ma`naviy yoki jismoniy eskirgan dastgohlarda o`z faoliyatini olib borayotgan bo`lsa, yangi turdagi texnikalarni olib kelishi bilan, bir mahsulot ishlab chiqargunga qadar ketadigan vaqtdan yutishi mumkin,ya`ni yangi dastgoh yordamida ishlab chiqarish vaqti tejaladi va bu harajatlarni qisqartirishga yordam beradi, hamda yangi dastgohlar tejamkorligi bilan eski dastgohlardan farq qiladi, ular mahsulot ishlab chiqargungacha bir soat vaqt sarflasa yangi texnologiyalar yordamida esa bu vaqt ikki Выпуск журнала №-26 Часть–2_ Май –2025 431 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uch barobarga qisqarishi mumkin. Mahsulot sifatiga ham investitsiyalar o`zining ijobiy ra`sirini bermay qolmaydi. Yuqorida ta`kidlanganidek zamonaviy uskunalar mahsulot ishlab chiqarishda harajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarishni vaqtini qisqartirishga ham eng asosiysi mahsulotni sifatli bo`lishiga yordam beradi. Innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni kiritish mahsulot sifatini oshirishda va ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa eksport hajmini ko‘paytirish hamda xalqaro bozor talablariga moslashishga yordam beradi. Malakali ishchi kuchini tayyorlash. Kadrlar masalasi sanoatni rivojlantirishda asosiy omillardan biridir. Korxonada zamonaviy dastgohlar bo`lsayu lekin ulardan samarali foydalana oladigan ishchilar bo`lmasa, korxona maqsad qilgan iqtisodiy rivojlanishga erisha o`lmaydi. Ishchilarni yetuk kadr qilib shakillantirish uchun esa ularni malaka oshirish uchun turli hil o`quv dasturlariga kerak bo`lsa chet elga bilim va malakalirini rivojlantirish uchun ham sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berilishi kerak.Yengil sanoatda malakali ishchilar mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun investitsiya jalb qilish barobarida ishchilarni ham yetuk kadr qilib tayyorlay olish kerak. Eksport salohiyatini oshirish orqali yengil sanoat korxonalari xalqaro bozorga chiqishi mumkin agar korxonalar xalqaro bozorga chiqa o`lsa ular birinchi navbatda o`zlarining mahsulot ishlab chiqarish hajm
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена вопросам экономического развития предприятий текстильной и легкой промышленности.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена вопросам экономического развития предприятий текстильной и легкой промышленности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- economic development, investment, international market, force, xalqaro bozor, iqtisodiy rivojlanish, imtiyozli kreditlar, subsidiya, fors-major, investitsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025