К содержанию
РецензированоUZ2025

MATEMATIKA FANIDA TO’PLAMLAR NAZARIYASIGA ASOSLANGAN YONDASHUVLAR

ASOSLANGAN YONDASHUVLAR · Abdullayeva Dilnoza Dilshod qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda to‘plamlar nazariyasiga asoslangan yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida son tushunchasini shakllantirish, arifmetik amallarni o‘rgatish, tenglik va tengsizlikni tushuntirishda to‘plamlar nazariyasidan foydalanish usullari tahlil qilingan. Amaliy misollar orqali bu yondashuvning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi samarasi ko‘rsatib berilgan. Maqolada metodologik asoslar, adabiyotlar tahlili va didaktik yondashuvlar keng qamrab olingan. Kalit so‘zlar: To‘plamlar nazariyasi, boshlang‘ich ta’lim, matematik tafakkur, son tushunchasi, arifmetik amallar. Karshi International University Sh.A.Xujamova e-mail: xujamovashohsanam@gmail.com phone: +998916342041 MODELING DECISION-MAKING PROCESSES IN PSYCHOLOGY USING THE ALGEBRA OF REASONING Annotation: This article explores the theoretical and practical aspects of set theory-based approaches in teaching mathematics. Special attention is given to developing the concept of number, teaching arithmetic operations, and explaining equality and inequality to elementary school students. Practical examples illustrate the Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 327 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT effectiveness of this approach in enhancing students' mathematical thinking. The article covers methodological foundations, literature analysis, and didactic strategies. Keywords: Set theory, elementary education, mathematical thinking, number concept, arithmetic operations. Kirish: XXI asrda ta’lim jarayonining zamonaviy talablariga mos holda tashkil etilishi o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi, ijodiy yondashuvga ega shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi bola shaxsining intellektual va mantiqiy salohiyatini belgilab beruvchi poydevor bosqich sifatida alohida ahamiyatga ega. Ushbu bosqichda o‘quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish, ularni son, miqdor, shakl kabi tushunchalar bilan tanishtirish va matematik fikrlashga o‘rgatish muhim vazifadir. Bu jarayonda zamonaviy didaktik va metodik yondashuvlar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni alohida o‘rin tutadi. Matematika fanini o‘qitishda samaradorlikka erishish uchun o‘qituvchidan fanning tabiati, o‘quvchining yosh xususiyatlari, psixologik va mantiqiy rivojlanish bosqichlari hamda metodik yondashuvlar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Ayniqsa, matematik tushunchalarni bolalarga sodda, hayotiy misollar asosida tushuntirishda to‘plamlar nazariyasiga asoslangan yondashuv juda samarali hisoblanadi. To‘plamlar nazariyasi o‘zining mantiqiy-tuzilmaviy asoslari bilan matematikani o‘rganishning poydevoriga aylanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bu nazariyani hayotiy, vizual va tajriba asosidagi mashg‘ulotlar orqali tushuntirish mumkin bo‘lib, bu esa o‘quvchida qiziqish, faollik va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, to‘plamlar nazariyasiga asoslangan metodik yondashuv boshlang‘ich sinflarda matematik bilimlarni bosqichma-bosqich, mantiqiy izchillikda o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Mazkur maqolada to‘plamlar nazariyasining boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni, u orqali matematika fanini samarali o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari, mavjud ilmiy- adabiyotlar tahlili hamda dars jarayonlarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan metodik tavsiyalar atroflicha yoritiladi. Shuningdek, maqolada real amaliy mashg‘ulotlardan misollar keltirilib, ularning samaradorligi asoslab beriladi. Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 328 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimida matematika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, to‘plamlar nazariyasiga asoslangan yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, matematik faoliyatga qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutadi. To‘plamlar nazariyasi son, amal, munosabat, mantiqiy operatsiyalarni o‘zaro bog‘liq holda o‘rgatishga yordam beruvchi asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Shu bois, ushbu maqolada aynan shu yondashuvning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yildagi qarorlariga asosan, boshlang‘ich ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida fanlarni o‘qitish konsepsiyasi taklif etilgan. Bu borada matematika fanini o‘qitishda to‘plamlar nazariyasidan foydalanish bo‘yicha bir nechta uslubiy qo‘llanmalar va ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Xususan, A. Xaydarovning “Matematika va uning o‘qitish metodikasi” nomli darsligi boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan samarali metodik vositalardan biridir. Unda matematik tushunchalarni o‘rgatishda to‘plamlar nazariyasining qo‘llanilishi aniq misollar asosida yoritilgan. B. Yusupov va D. G‘ulomovlarning “Matematikaning nazariy asoslari” asarida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda to‘plamlar nazariyasiga asoslangan yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda to‘plamlar nazariyasiga asoslangan yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Set theory, elementary education, mathematical thinking, number, arifmetik amallar., son tushunchasi, To‘plamlar nazariyasi, matematik tafakkur, boshlang‘ich ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники