К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MATEMATIKANI O’QITISHDA DIDAKTIK VA METODIK YONDASHUVLAR

Xujamova Shohsanam Amirqul qizi · ORCID ID: ---

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda mantiqiy fikrlashni shakllantirishda mulohazalar algebrasining o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada mantiqiy operatsiyalar, ularning didaktik ahamiyati, hamda o‘quv jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha misollar orqali asoslangan yondashuvlar bayon etiladi. Shuningdek, zamonaviy metodikalar va interaktiv o‘quv texnologiyalari yordamida talabalar tafakkurini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Mantiqiy fikrlash, mulohazalar algebrasi, boshlang‘ich ta’lim, didaktika, mantiqiy operatsiyalar, interaktiv metodlar РОЛЬ АЛГЕБРЫ РАССУЖДЕНИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Абстрактный: В данной статье теоретически и практически анализируется роль алгебры высказываний в формировании логического мышления у студентов начального образования. Рассматриваются логические операции, их дидактическое значение и примеры применения в учебном процессе. Также представлены современные методики и пути развития мышления студентов с помощью интерактивных образовательных технологий. Ключевые слова: логическое мышление, алгебра высказываний, начальное Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 339 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT образование, дидактика, логические операции, интерактивные методы THE ROLE OF REASONING ALGEBRA IN FORMING LOGICAL THINKING IN ELEMENTARY EDUCATION STUDENTS Annotation: This article provides a theoretical and practical analysis of the role of propositional logic (algebra of propositions) in developing logical thinking in students of primary education. It examines logical operations, their didactic significance, and practical applications in the teaching process. The paper also discusses modern teaching methods and strategies for enhancing students' reasoning using interactive learning technologies. Keywords: logical thinking, propositional logic, primary education, didactics, logical operations, interactive methods Kirish: XXI asrda ta'limning asosiy vazifalaridan biri bu - talabalarda mantiqiy, tanqidiy va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishdir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bo‘lg‘usi pedagoglar sifatida o‘zlari bolalarga mantiqiy tushunchalarni o‘rgatishlari kerak bo‘lganligi bois, ularning tafakkurini ilmiy asosda shakllantirish zarurdir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, mulohazalar algebrasi nafaqat oliy matematikaning bir bo‘limi, balki mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Adabiyotlar tahlili: Mavzuga oid ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mulohazalar algebrasining o‘quv jarayonidagi ahamiyati ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Xususan, P. Suppes (1957) o‘zining "Introduction to Logic" asarida formal mantiq asoslarini chuqur yoritadi. Mahalliy mualliflardan A. Rajabov va D. Egamberdiyevlarning didaktik ishlanmalarida esa algebraik mantiq asosida matematik tafakkurni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy o‘quv jarayonida mantiqiy operatsiyalarning axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan holatda o‘qitilishi bo‘yicha S. Jononov va B. Juraevlarning tadqiqotlari e’tiborga molikdir. Nazariy asoslari: Mulohazalar algebrasi (propositional logic) – bu rostlik qiymatiga ega bo‘lgan gaplar (mulohazalar) ustida amallar bajarishga imkon beruvchi Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 340 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT mantiqiy tizimdir. Asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: - INKOR (¬P): mulohazaning teskarisi; - KON’YUNKSIYA (P ∧ Q): va - DIS’YUNKSIYA (P ∨ Q): yoki - IMPLIKATSIYA (P → Q): agar P, unda Q - EKVIVALENTLIK (P ↔ Q): P va Q bir vaqtda rost yoki yolg‘on Ushbu funksiyalar yordamida murakkab mulohazalar tuziladi va rostlik jadvali asosida tahlil qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun bu funksiyalarni oddiy hayotiy misollar bilan tushuntirish muhimdir. Amaliy tahlil. Misol: Kasbiy tanlov jarayoni Talabalarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish uchun quyidagi amaliy usullar va misollar tavsiya etiladi: 1. Rostlik jadvali tuzish topshiriqlari: - Misol: "Agar bugun dushanba bo‘lsa, unda ertaga seshanba bo‘ladi" mulohazasining rostlik jadvalini tuzing. 2. Hayotiy vaziyatlar asosida mantiqiy mulohaza tuzish: - Misol: "Agar darsga vaqtida kelsam, unda savolga javob bera olaman" (P → Q). P: vaqtida kelish, Q: javob berish. 3. Diagrammalar orqali tushuntirish: - Venn diagrammalar yordamida "va" va "yoki" operatsiyalarini ko‘rsatish. 4. Interaktiv metodlar: - Quiz, menti.com, kahoot kabi vositalar orqali mantiqiy savollarga javob berish. Natijalar va muhokama: Tadqiqot metodologiyasi sifatida quyidagi usullarni ko’rib chiqamiz: Didaktik tajriba usuli – talabalar bilan sinfda olib borilgan darslar asosida mantiqiy fikrlash darajasi baholandi. So‘rovnoma va test usuli. Bunda talabalar bilimini tahlil qilish uchun maxsus testlar ishlab chiqiladi. Kuzatuv interaktiv dars jarayonida talabalar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda mantiqiy fikrlashni shakllantirishda mulohazalar algebrasining o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda mantiqiy fikrlashni shakllantirishda mulohazalar algebrasining o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
logical thinking, propositional logic, primary education, didactics, Matematika ta’limi, metodika, boshlang‘ich sinf, muammoli vazifa, didaktika, o‘yin metodi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники