К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA TILINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV: NAZARIYA VA AMALIYOT

NAZARIYA VA AMALIYOT · Jo’raboyeva Feruza Abduhalimovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada ona tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ yondashuvning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tilni o‘rganish faqat grammatik qoidalarni o‘zlashtirish emas, balki uni erkin, muloqot vositasi sifatida qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish ekani asoslab berilgan. Kommunikativ yondashuv asosida tuzilgan darslar modeli, o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va real hayotiy vaziyatlarda tilni qo‘llay olish malakasini shakllantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada kommunikativ metodikaning afzalliklari, uning an’anaviy yondashuvlardan farqi va zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Shuningdek, ushbu yondashuvni ona tili darslariga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va tajriba asosidagi kuzatuvlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: ona tili, kommunikativ yondashuv, til o‘qitish metodikasi, muloqot kompetensiyasi, zamonaviy ta’lim, til ko‘nikmalari, interaktiv metodlar, og‘zaki va yozma nutq, lingvodidaktika, ta’lim samaradorligi. Globallashuv va axborot texnologiyalari rivojlangan zamonaviy davrda ta’lim sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ayniqsa til o‘qitish metodikalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. An’anaviy grammatika–tarjima metodlari endilikda zamonaviy talablarga javob bermay qolmoqda. Bugungi o‘quvchi faqat qoidalarni biluvchi emas, balki o‘z fikrini ravon, aniq va asosli ifodalay oluvchi, mustaqil fikrlovchi shaxs bo‘lishi kerak. Shu bois, til o‘rgatish jarayonida kommunikativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 352 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kommunikativ yondashuvning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni faol qo‘llay olish, real hayotiy muloqotda til vositasida samarali ishtirok eta olish malakasini shakllantirishdir. Bu yondashuv o‘rganuvchi shaxsning til tizimini emas, balki tilning amaliy funksiyasini egallashiga qaratilgan. Ayniqsa, ona tilini o‘qitishda ushbu metodning joriy etilishi o‘quvchilarning tilga nisbatan munosabatini, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi. Bugungi kunda ona tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuvdan foydalanish masalasi nafaqat didaktik, balki sotsiolingvistik, lingvodidaktik va psixologik jihatdan ham chuqur o‘rganishni talab qilmoqda. Chunki til – bu nafaqat bilimlar tizimi, balki shaxsning fikrlash vositasi, ijtimoiy ongining bir qismi sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. Kommunikativ yondashuv asosida tuzilgan darslar modeli, interaktiv usullar, o‘yinlar, rolikli mashqlar o‘quvchilarning nutqiy faolligini kuchaytiradi va ularni tilni real vaziyatlarda ishlatishga o‘rgatadi. Mazkur maqolada ona tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuvning nazariy asoslari, uslubiy imkoniyatlari va ularning amaliyotdagi qo‘llanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, metodikaning afzalliklari, hozirgi o‘quv jarayonidagi dolzarb muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari xususida fikr yuritiladi. Til o‘rganish jarayoni asosan ikki asosiy komponentga — bilim olish (grammatika, lug‘at boyligi, qoidalar) va uni amaliy qo‘llay olish (muloqot, yozish, eshitish, o‘qish)ga tayanadi. An’anaviy yondashuvlar, ayniqsa, o‘zbek maktablarida uzoq vaqt davomida ustuvor bo‘lgan “grammatika – tarjima” modeli, asosan nazariy bilimlarni yetkazishga qaratilgan edi. Bu esa o‘quvchilarning erkin fikrlash, o‘z fikrini ifoda qilish, og‘zaki muloqotga kirishish kabi ko‘nikmalarini cheklab qo‘yar edi. Kommunikativ yondashuv esa buning aksiga, tilni ijtimoiy muloqot vositasi sifatida o‘rgatishni maqsad qiladi. Bu yondashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xorijiy tillarni o‘qitishda keng qo‘llanila boshlagan bo‘lsa-da, hozirda ona tili ta’limida ham muhim metodik asosga aylanmoqda. Bu yondashuvda o‘quvchi tilni grammatik qoidalar orqali emas, balki real hayotiy vaziyatlarda, muloqot asosida o‘zlashtiradi. Kommunikativ yondashuvning nazariy asoslari Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 353 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kommunikativ yondashuv til o‘rganishning zamonaviy paradigmasi bo‘lib, u tilni ijtimoiy hodisa, muloqot vositasi sifatida talqin etadi. Bu yondashuv XX asrning 70–80-yillarida Chomsky va Halliday kabi tilshunoslarning ishlari asosida shakllangan. Til strukturasi emas, balki til funksiyasi, ya’ni uni ishlatish qobiliyati asosiy e’tiborga olinadi. 1. Kommunikativ kompetensiya tushunchasi Kommunikativ yondashuvning nazariy bazasini amerikalik tilshunos Dell Hymes tomonidan ilgari surilgan “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi tashkil etadi. U til bilish faqat grammatik bilim emas, balki: Kim bilan, qayerda, qanday maqsadda muloqot qilishni ham bilishni anglatadi. Keyinchalik bu model Januzs Model (Janusz Model), Maykl Canale va Merrill Svain tomonidan to‘ldirilgan. Ularning fikricha, kommunikativ kompetensiya quyidagi to‘rt komponentdan iborat: Grammatik kompetensiya – so‘zlashuv va yozishdagi grammatik me’yorlarni bilish; Ijtimoiy-lingvistik kompetensiya – muloqot kontekstini tushunish; Disk

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ona tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ yondashuvning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ona tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ yondashuvning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
og‘zaki va yozma nutq, til ko‘nikmalari, kommunikativ yondashuv, zamonaviy ta’lim, interaktiv metodlar, muloqot kompetensiyasi, til o‘qitish metodikasi, ona tili, ta’lim samaradorligi, lingvodidaktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники