К содержанию
РецензированоUZ2025

ATROF-MUHIT IFLOSLANISHI VA UNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIRI

ORGANIZMLARGA TA’SIRI · Musayeva Muborak Maribjonova · Biologiya fani o‘qituvchisi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada atrof-muhitning ifloslanishi va uning tirik organizmlar hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri o‘rganiladi. Asosiy e’tibor atmosfera, suv va tuproqning kimyoviy va biologik ifloslanishiga qaratilgan. Shuningdek, ushbu ifloslantiruvchi omillar hayvonot va o‘simlik dunyosining yashash muhitiga, ularning populyatsiyasi va hayotiy funksiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Maqolada inson faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, jumladan, chiqindilar, sanoat gazlari, pestitsidlar va plastmassalarning biologik tizimlarga salbiy ta’siri haqida ilmiy asoslangan fikrlar bayon etiladi. Shuningdek, muhofaza qilish choralariga, biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan ekologik strategiyalar ham tavsiya etilgan. Maqola ekologiya va biologiya fanlari bilan shug‘ullanuvchi talabalar, tadqiqotchilar hamda atrof-muhit muhofazasi bilan qiziqadigan keng omma uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: Atrof-muhit,ekologik muammo, ifloslanish, atmosfera ifloslanishi,suvning ifloslanishi,chiqindilar, ekotizm, zararli moddalar. Hozirgi davrda dunyo miqyosida eng dolzarb muammolardan biri bu — atrof- muhitning ifloslanishi hisoblanadi. Global sanoatlashtirish, urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligi va transport sohasining jadal rivojlanishi natijasida tabiatga salbiy ta’sir kuchaymoqda. Ayniqsa, sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli gazlar, kimyoviy chiqindilar, plastik mahsulotlar va boshqa toksik moddalar havo, suv va tuproq muhitini sezilarli darajada ifloslantirmoqda. Atrof-muhitning ifloslanishi bevosita va bilvosita tirik organizmlarning hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, havodagi zararli gazlar hayvonlarda Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 358 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nafas olish muammolarini, suvdagi og‘ir metall va pestitsidlar esa baliqlar va boshqa suv hayvonlarida genetik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. O‘simliklar esa tuproqdagi ifloslantiruvchi moddalardan zarar ko‘rib, o‘sish sur’atlari pasayadi yoki butunlay nobud bo‘ladi. Shu bois, bugungi kunda ekologik muhitni asrash, ifloslanish manbalarini aniqlash va ularni kamaytirish masalalari jahon ilmiy hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. O‘zbekiston sharoitida ham bu masala dolzarb bo‘lib, ayniqsa sanoat markazlari, transport vositalarining ko‘pligi va to‘g‘ri tashkil etilmagan chiqindi tizimi ekologik xavfni kuchaytirmoqda. Ushbu maqolada atrof-muhit ifloslanishining asosiy turlari, ularning kelib chiqish sabablari, hamda bu ifloslanishlarning tirik organizmlar hayotiga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar va takliflar ham tahlil qilinadi. Atrof-muhit — bu barcha tirik organizmlar yashaydigan va ular bilan bevosita yoki bilvosita o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan tabiiy muhitdir. Tirik organizmlarning normal yashash faoliyati uchun ekologik muvozanat juda muhim bo‘lib, bu muvozanatning buzilishi ko‘plab salbiy ekologik oqibatlarga olib keladi. Atrof-muhitning ifloslanishi bu — inson faoliyati natijasida tabiat komponentlariga (havo, suv, tuproq) me’yordan ortiq zararli moddalarning tushishi natijasida ularning tabiiy holatining buzilishi hisoblanadi. 1. Atmosfera ifloslanishi Atmosfera ifloslanishi asosan sanoat chiqindilari, transport vositalaridan chiqadigan gazlar (SO₂, NOₓ, CO, CH₄ va h.k.), yonilg‘i mahsulotlari va aerozollar orqali amalga oshadi. Bu moddalar nafaqat inson sog‘lig‘iga, balki o‘simliklar va hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar barglarida chang va kimyoviy moddalarning to‘planishi fotosintez jarayonining sustlashishiga olib keladi. Hayvonlarda esa nafas olish yo‘llarining zararlanishi, immun tizimining susayishi kuzatiladi. Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 359 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Suv muhitining ifloslanishi Suv resurslari — tirik organizmlarning eng asosiy hayotiy omillaridan biri hisoblanadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari, oqava suvlar va pestitsidlar suv havzalarini zaharlaydi. Og‘ir metallar (simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy) baliqlarda zaharlanish, reproduktiv tizimlarning buzilishi va hatto genetik mutatsiyalarga olib keladi. Suv o‘simliklari esa kislorod tanqisligidan nobud bo‘lishi mumkin. Suv muhitidagi bu kabi ifloslanishlar zanjirsimon ekologik muvozanatni buzadi. 3. Tuproq ifloslanishi Tuproqning ifloslanishi asosan noto‘g‘ri agrokimyoviy faoliyat (ortiqcha o‘g‘it va pestitsid qo‘llash), sanoat chiqindilari, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq. Bu ifloslanishlar o‘simliklarning ildiz tizimiga ta’sir etib, ularning o‘sishini susaytiradi, tuproqdagi foydali mikroorganizmlar sonini kamaytiradi. Natijada, tuproq unumdorligi pasayadi va u orqali oziqlanadigan barcha tirik organizmlar zarar ko‘radi. 4. Biologik organizmlarga umumiy ta’sir Atrof-muhitning yuqorida keltirilgan barcha ifloslanish turlari hayvonlar, o‘simliklar va inson salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Ifloslangan muhitda yashaydigan organizmlarda quyidagi holatlar kuzatiladi: Fiziologik funksiyala

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada atrof-muhitning ifloslanishi va uning tirik organizmlar hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada atrof-muhitning ifloslanishi va uning tirik organizmlar hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ifloslanish, ekologik muammo, ekotizm, chiqindilar, zararli moddalar., Atrof-muhit, suvning ifloslanishi, atmosfera ifloslanishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники