Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ OG’ZAKI IJODIDA USTA –HUNARMANDLARNING O’RNI
Akbar Malikov
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada xalq og’zaki ijodining asosiy qismi bo’lgan baxshichilik san’ati va bu san’atda ishlatiladigan cholg’u asboblari va ularni yasovchi usta-hunarmandlarning faoliyati haqida fikr yuritilgan. O‘tmishda baxshi xalqona usullarda bilan bemorni davlovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz maʼnolarini anglatgan. Olimlarning eʼtirof etishicha, “baxshi” so‘zi ustoz, maʼrifatchi degan maʼnolarni anglatadi. Mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning “Munshaot” asarida bu so‘z kotib, mirzo maʼnolarida qo‘llanilgan. O‘zbeklarda baxshi deb atalgan xalq ijodkorlari boshqa turkiy xalqlarda ham mavjud bo‘lib, qoraqalpoqlarda jirov, qozoqlarda oqin, qirg‘izlarda manaschi, mo‘g‘ullarda to‘lchi, o‘g‘uzlarda uzan deyiladi. Maʼnaviyat o‘tmish zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o‘rnini, el - yurtga, vatanga, insonlarga ularga bo‘lgan o‘zaro munosabatini, asosiy omili hisoblanadi. Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabatda keskin ijobiy o‘zgarish yasadi. Xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan maʼnaviy boyligi – pand, o‘gitlari, el-yurt qadrini eʼzozlash, millatimiz g‘ururini himoya qilishdek oliy tuyg‘ular bilan bog‘lanadi. Haqiqatan ham, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, avvalo, milliy qadriyatlarga sadoqat mezoni bilan o‘lchanadi. Zero o‘z qadrini bilmagan farzand o‘zganing qadriga yetmaydi. Xalqimiz og‘zaki ijodidagi asarlarda esa aynan ana shu g‘oya o‘z ifodasini topgan.Xalqimizning haqiqiy farzandlari saʼy- harakati bilan “Xalq og‘zaki ijodi” turkumida “Alpomish” dostoni, Ergash Выпуск журнала №-26 Часть–4_Май –2025 3 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Jumanbulbul, Fozil shoir, Po‘lkan, Islom shoir, Bola baxshi ijro etgan epos namunalari, xalq dostonlari, xalq qo‘shiqlari, ertaklari, askiya, latifa, topishmoqlarning nashr qilinishi nur ustiga nur bo‘lib, ayni kunlarda ham, baxshilar yonib–kuylab doston, terma kabilarni ijro etar ekan, baxshichilik asboblari yasovchi usta–hunarmandlar cholg‘u asbobini yasash mashaqqat - qiyinchiliklarga bas kelib cholg‘ularni yasar ekanlar, ular xalq oldida o‘zlarini burchlarini bajarishni lozim bilib, yosh avlodning maʼnaviy dunyoqarashlarini boyitib borish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishishi maqsadida tinimsiz mehnat qilib kelishayotganliklarini alohida aytib o‘tish kerak. Baxshi – so‘zi lug‘atlarda turkiy so‘z bo‘lib, murabbiy va muallim maʼnolarini anglatadi, umuman, tarbiyachi, yetakchi, yo‘lboshchi kabi talqinlar ham, tarbiyalanuvchi baxshi nomini olgan va mustaqil faoliyat boshlagan soz ijrochisi, voqea rivojini sheʼrga joylab, so‘ng uni kuyga solib, do‘mbirasidan yangrayotgan ohang, baxshining ohangrabo ovozi, jo‘shqinlik ila berilib doston ijro etganida, tinglovchi qalbi torini beixtiyor chertib o‘tadi, hayot chig‘iriqlarini yengib o‘tishda doston, ertak eng yaqindo‘st, beminnat maslahatchi, maslakdoshdir. Yurtimizda doston kuylash anʼanasi qadimda uch yo‘nalishda rivojlangan: Birinchi yo‘nalish — Bulung‘ur, Narpay, Nurota, Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay dostonchilik maktablarida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz ovoz bilan ijro etilgan. Ikkinchi yo‘nalish — Xorazmda tor, dutor, g‘ijjak, garmon, bulamon, qo‘shnay, doira jo‘rligida baʼzan yakka, baʼzan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan. Uchinchi yo‘nalish — Farg‘ona vodiysida dutor jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan. Albatta biz dostonlarning shoirlar hamda baxshilar tomonidan og‘zaki shaklda kuylab kelingan ikki xil turi bilan tanishmiz. Baxshilar tomonidan kuylangan dostonlarda ham nasr, ham kuyga solib aytiladigan sheʼriy misralardan iborat bo‘lgan, baxshi doston parchalarni bir zumda to‘qib ketadigan shoir, dostondagi nasriy parchalarni yoddan o‘qiyotganda badiiy so‘z ustasidir (baxshilar orasida tez-tez savol – javob tarzida aytishuvlar amalda ijro etilib, bu xildagi tortishuv – musobaqalashib kuylangan terma, aytimlar xalqni yanada qiziqtirib, zavqlantirgan, baxshilarning tezda topqirlik bilan javoban qoyillatib kuylashlari xalq orasida ko‘p yillar bu Выпуск журнала №-26 Часть–4_Май –2025 4 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT holatlarni xotirlab eslab yurganlar). Baxshilar tomonidan ijrochilik yo‘nalishi baxshichilik sanʼati deyiladi. Xalq – omma orasida, “yaratgandan yuqtirgan” degan iborani ko‘p marotaba eshitganmiz, bu ibora aynan soz, cholg‘u asboblari yasovchi usta – hunarmandlarga ham mos bo‘lib, xalqga manzur bo‘ladigan cholg‘u asboblari yasash jarayonidagi nihoyatda mashaqqatli mehnatiga qaramasdan usta hunarmandlar o‘z ishini sidqidildan avloddan – avlodga o‘z kasblariga fidoyi qolgan xolda asbob yasashda davom etib kelmoqdalar. Tarbiyachi, o‘qituvchi, shifokor va ko‘plab xalq farovonligi yo‘lida beminnat xizmat qilib kelayotgan soha vakillari qatoriga hech ikkilanmasdan cholg‘u asbobi yasovchi usta – xunarmandlarni ham kiritsak bo‘ladi, chunki cholg‘u asbobi yasash uchun avvalo xomashyoni o‘zini tayyorlashning o‘zigagina 2 yil vaqt ketishini, O‘tgan asrgach
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada xalq og’zaki ijodining asosiy qismi bo’lgan baxshichilik san’ati va bu san’atda ishlatiladigan cholg’u asboblari va ularni yasovchi usta-hunarmandlarning faoliyati haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada xalq og’zaki ijodining asosiy qismi bo’lgan baxshichilik san’ati va bu san’atda ishlatiladigan cholg’u asboblari va ularni yasovchi usta-hunarmandlarning faoliyati haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cholg’u asbobi, xalq hunarmandchiligi, doston, usta, baxshichilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025