К содержанию
РецензированоRU2025

MARKAZIY OSIYO VA MDH DAVLATLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM

INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM · Umarova Dilafruz Anvarovna · Shodmonova Maftuna Shokir qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Модель интегрированного образования в странах Центральной Азии и СНГ формируется в последние годы как одно из важнейших направлений на пути укрепления регионального сотрудничества. Ускоряют этот процесс общеисторические и культурные основы, схожие системы образования, а также необходимость текучести кадров и совместных проектов. В настоящее время расширяются возможности обмена опытом между такими странами, как Россия, Казахстан, Узбекистан, посредством совместных образовательных программ, академической мобильности, онлайн- образовательных платформ. Эта интеграция способствует повышению качества образования, конкурентоспособности и соответствию международным стандартам. Ключевые слова.Интегрированное образование, Центральная Азия, СНГ, сотрудничество, совместные программы, Качество образования, академическая мобильность. Kirish.Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim sohasida mintaqaviy integratsiya muhim strategik yo‘nalishga aylanmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo va MDH davlatlari uchun bu jarayon nafaqat tarixiy-madaniy mushtaraklik, balki iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Ushbu davlatlar ta’lim tizimlarining o‘xshashligi, umumiy metodik yondashuvlar va kadrlar tayyorlashdagi hamkorlik tajribasi, integratsiyalashgan ta’lim modelini yo‘lga qo‘yishga zamin yaratmoqda. Akademik mobillik, qo‘shma dasturlar, xalqaro darajadagi diplomlarni tan olish, ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik kabi jihatlar bu integratsiyaning asosiy yo‘nalishlariga aylangan. Shu bilan birga, har bir davlatning ta’lim siyosati va ichki normativ-huquqiy bazasi integratsiya jarayonining murakkabligini ham namoyon etmoqda. Shunday bo‘lsa-da, mintaqaviy ta’lim hamkorligi nafaqat sifatli va zamonaviy bilimlar uzatishni ta’minlaydi, balki umumiy qadriyatlarga sodiq, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Markaziy Osiyo va MDH doirasidagi integratsiyalashgan ta’lim Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 191 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT modeli – bu nafaqat ilmiy hamkorlik, balki barqaror taraqqiyotga yo‘naltirilgan strategik yondashuvdir. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili.Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida integratsiyalashgan taʼlimga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu yo‘nalish so‘nggi yillarda ilmiy izlanishlarning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Tadqiqotlarda ko‘proq ta’lim tizimlarining uyg‘unlashuvi, akademik mobillik, kadrlar almashinuvi va qo‘shma diplom dasturlari kabi jihatlar yoritilgan. Jumladan, rus olimi V. L. Leksin va qozog‘istonlik N. B. Ayaganovning ishlarida MDH makonida taʼlim standartlarini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-ilmiy-amaliy maydon yaratish zarurati haqida so‘z yuritiladi. Ular integratsiyalashgan taʼlim modeli nafaqat o‘quv jarayonini bir xillikka keltirish, balki mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy va ijtimoiy yaqinlikni mustahkamlash vositasi sifatida baholaydi.O‘zbekistonlik olimlar, xususan, A. Jo‘rayev va D. Abdurahmonovaning ilmiy maqolalari ham mintaqaviy hamkorlikdagi ta’limning afzalliklariga urg‘u beradi. Ularning asarlarida qo‘shma universitetlar tashkil etish, o‘zaro kredit tizimlarini muvofiqlashtirish va diplomlarni tan olish masalalari chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birga, ayrim adabiyotlarda mavjud muammolar – normativ-huquqiy nomuvofiqliklar, til to‘siqlari, moliyaviy cheklovlar va kadrlar salohiyati yetishmasligi ham tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilgan.Ba’zi manbalar, xususan, xalqaro tashkilotlar – YUNESKO, MDH Ta’lim Kengashi va Osiyo Taraqqiyot Bankining hisobotlari, mintaqada integratsiyalashgan ta’lim bo‘yicha strategik qarashlarni ilgari suradi. Bu hujjatlar asosida ta’limda regional hamkorlikni kuchaytirish uchun infratuzilma, texnologik integratsiya va siyosiy irodaning muhimligi ta’kidlanadi.Tahlildan ko‘rinib turibdiki, adabiyotlarda integratsiyalashgan taʼlim nafaqat taʼlim sifatini oshirishga, balki mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda hali yechimini kutayotgan metodik, moliyaviy va boshqaruvga oid muammolar mavjudligini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Tadqiqotlar metodologiyasi.Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida integratsiyalashgan taʼlimni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar metodologiyasi asosan Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 192 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kompleks va ko‘p yondashuvli uslublarga tayangan. Bunda muammoga tizimli, tarmoqli va solishtirma yondashuvlar qo‘llaniladi. Tadqiqotlar davomida bir vaqtning o‘zida siyosiy, ijtimoiy, madaniy va pedagogik omillar tahlil qilinadi, chunki mintaqaviy integratsiya faqat ta’lim tizimining o‘ziga xos muammosi emas, balki davlatlararo hamkorlikning murakkab ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.Tadqiqotning asosiy manbalari sifatida MDH Taʼlim kengashi, YUNESKO, Osiyo Taraqqiyot Banki va turli milliy taʼlim vazirliklari tomonidan tayyorlangan statistik hisobotlar, strategik hujjatlar va tahliliy ma’lumotlar xizmat qiladi. Shu bilan birga

Доказательный фрагмент

«Модель интегрированного образования в странах Центральной Азии и СНГ формируется в последние годы как одно из важнейших направлений на пути укрепления регионального сотрудничества.»

Образец извлечения

Демо-превью

Модель интегрированного образования в странах Центральной Азии и СНГ формируется в последние годы как одно из важнейших направлений на пути укрепления регионального сотрудничества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Integrated education, Central Asia, CIS, cooperation, joint, Integratsiyalashgan ta’lim, MDH, Markaziy Osiyo, ta’lim sifati, qo‘shma dasturlar, hamkorlik, akademik mobillik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники