Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FINLANDIYA TA’LIM TIZIMINING “SIRI”
Davronboyeva Durdona Toshtemir qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 26 · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются секреты успеха системы образования Финляндии, причины её ведущих позиций в мире и инновационные подходы. Освещается уникальная модель образования страны, которая достигает высоких результатов благодаря низкому уровню давления на учеников, высокой квалификации учителей, а также принципам бесплатного и равного образования. Также в статье обсуждается, какие полезные аспекты финского опыта могут быть применены в системе образования Узбекистана . ANNOTATION: This article analyzes the secrets behind the success of Finland's education system, the reasons for its leading position in the world, and its innovative approaches. It highlights the country’s unique educational model, which achieves outstanding results through low academic pressure on students, highly qualified teachers, and the principles of free and equal education. Additionally, the article discusses which beneficial aspects of Finland's experience can be adopted in Uzbekistan's education system. Kalit so‘zlar: Finlandiya, ta’lim tizimi, muvaffaqiyat, innovatsiya, o‘qitish metodlari, xalqaro tajriba , Janubiy Koreya, tenglik va bepul ta'lim, bosimsiz ta'lim muhiti, yuqori malakali oʻqituchilar, kasbiy erkinlik, uzoq tanaffuslar, qisqa darslar, amaliy oʻqitish, ijodiy yondashuv, ta'lim sifatini oshirish. Hozirgi kunda ta’lim sifati har bir jamiyatning rivojlanishida muhim o‘rin tutmoqda. Zamonaviy dunyoda eng muvaffaqiyatli ta’lim tizimlaridan biri sifatida e’tirof etilgan Finlandiya ta’lim modeli ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tizim an’anaviy baholash va bosimga asoslangan yondashuvlardan farqli ravishda, o‘quvchilarga erkinlik berish, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishayotgani barchamizga ma'lum . Xoʻsh butun dunyoni hayratga solayotgan Finlandiyaning muvaffaqiyat siri nimalardan iborat ? Ushbu tizimning ustun jihatlari qanday? Finlandiya ta’lim tizimiga tubdan nazar tashlaydigan boʻlsak quyidagi jihatlar yaqqol koʻzga tashlanadi. Tenglik va bepul ta'lim - Finlandiyada barcha o'quvchilar uchun ta'lim bepul va teng imkoniyatlar yaratilgan. Bu tamoyil ta'limdagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi. Bosimsiz ta'lim muhiti - Maktablarda o'quvchilarga ortiqcha bosim o'tkazilmaydi, sinovlar va reytinglar minimal darajada. Bu o'quvchilarning ruhiy salomatligini saqlashga yordam beradi. 91 O'quv dasturining moslashuvchanligi - O'quvchilar o'z qiziqishlariga qarab fanlarni tanlash imkoniyatiga ega, bu esa ularning motivatsiyasini oshiradi. Yuqori malakali o'qituvchilar - Finlandiyada o'qituvchilar magistr darajasiga ega bo'lishi shart va ular jamiyatda katta hurmatga sazovor. Kasbiy erkinlik - O'qituvchilar o'quv jarayonini tashkil etishda mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega, bu esa ta'lim sifatini oshirishga sezilarli darajada hissa qoʻshadi . Qisqa darslar va uzoq tanaffuslar - O'quvchilarning diqqatini jamlash va samaradorlikni oshirish uchun darslar qisqa, tanaffuslar esa uzoqroq qilib belgilangan. Amaliy o'qitish va ijodiy yondashuv - Ta'lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg'ulotlar bilan boyitiladi, bu esa o'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantiradi. Ushbu holatlar ahamyatsiz koʻringani bilan talim samaradorligini oshirishga sezilarli darajada hissa qoʻshadi . Buni Finlandiya misolida koʻrishimiz mumkin .1 Hozirgi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tajribalarni, jumladan, Finlandiya ta’lim modelining ilg‘or jihatlarini o‘zlashtirishga e’tibor kuchaymoqda. Xususan, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning erkin fikrlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirish, baholash tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limda innovatsion metodlarni joriy etish orqali sifatni oshirishga intilish kuzatilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Endi bizda yana bitta savol tugʻiladi, nega aynan Finlandiya ta'lim tizimi? Bu savolga dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Janubiy Koreya davlati misolida koʻrishimiz mumkin . Janubiy Koreyada natijalarga erishish uchun oʻquvchilar juda ko‘p o‘qiydi, lekin bu ularda stress va bosim kabi mu'ammolarni keltirib chiqaradi. Ularning bilimlari mustahkam bo‘lsada, ijodiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlari kamroq rivojlangan. Finlandiya esa o‘quvchilarning tabiiy qiziqishlarini rivojlantirgan holda ularning individual o‘sishiga e’tibor qaratadi. Bu tizim kam bosimli, lekin shunga qaramay samarali bo‘lib, o‘quvchilarning ijodkorligi va erkin fikrlashiga katta ahamiyat beradi. Finlandiya tajribasini O‘zbekistonda qo‘llashdan asosiy maqsad O‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va ta'lim samaradorligini oshirish hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi tamoyillardan iborat: 1. Ta’lim sifatini oshirish: Finlandiya ta’
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются секреты успеха системы образования Финляндии, причины её ведущих позиций в мире и инновационные подходы.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются секреты успеха системы образования Финляндии, причины её ведущих позиций в мире и инновационные подходы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tenglik va bepul ta'lim, yuqori malakali oʻqituchilar, muvaffaqiyat, Finlandiya, ta'lim sifatini oshirish., kasbiy erkinlik, innovatsiya, uzoq tanaffuslar, o‘qitish metodlari, Janubiy Koreya, ijodiy yondashuv, bosimsiz ta'lim muhiti, ta’lim tizimi, amaliy oʻqitish, qisqa darslar, xalqaro tajriba
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025