Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZARDUSHTIYLIK: AQIDAVIY ASOSLARI VA MAROSIMLARI
Avazova Dilrabo Axrorjon qizi · Ilmiy rahbar: Pulatova Nigoraxon Raximjonovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article examines the Zoroastrian religion from a historical and religious perspective. It provides extensive and scientific information about the founder of the religion, Zoroaster, its main doctrinal principles, religious rituals, and its holy book, the Avesta. The structure of the Avesta, its main sections, and the religious and philosophical ideas expressed through them are analyzed. The article aims to shed light on the place of Zoroastrianism as an ancient religious system in today's religious studies. Keywords:Zoroastrianism, Ahura Mazda, Avesta, Gathas, Zoroastrianism, fire ritual, Navjot, Dakhma, goodness, ancient religions, religious rituals, Zoroastrian beliefs. Аннотация: В данной статье рассматривается зороастрийская религия с исторической и религиозной точки зрения. В книге содержится обширная научная информация об основателе религии Зороастре, ее основных Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 261 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT доктринальных принципах, религиозных ритуалах и священной книге Авеста. Анализируется структура Авесты, ее основные разделы, а также выраженные в них религиозно-философские идеи. Цель статьи — пролить свет на место зороастризма как древней религиозной системы в современном религиоведении. Ключевые слова: Зороастризм, Ахура Мазда, Авеста, Гаты, зороастризм, огненная церемония, Навджот, Дахма, добро, древние религии, религиозные ритуалы, зороастрийские верования. Zardushtiylik insoniyat tarixidagi eng qadimiy monoteistik dinlardan biri hisoblanadi. U eramizdan avvalgi II–I ming yilliklar oralig‘ida Erondagi qadimgi O‘rta Osiyo hududida paydo bo‘lgan bo‘lib, uning asoschisi faylasuf va payg‘ambar Zaratushtra (Zardusht) deb e’tirof etiladi. Bu din g‘oyaviy asoslari, e’tiqodiy tizimi va marosimlari jihatidan dunyo dinlari taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Zardushtiylikning asosiy manbai va mukammal diniy kitobi – “Avesto” sanaladi. Zardushtiylikning markazida Ahura Mazda (donolik egasi, Ezgu Xudo)ga bo‘lgan e’tiqod turadi. U butun mavjudotning yaratuvchisi, adolat va ezgulik manbai sifatida qaraladi. Shu bilan birga, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash tushunchasi bu dinning markaziy falsafasini tashkil qiladi. Ezgulik kuchi — Mitra va yovuzlik kuchi — Angra Mainyu (yoki Ahriman) o‘rtasidagi ziddiyat abadiy emas, vaqtinchalikdir. Zardushtiylikda inson — bu ikki kuch o‘rtasidagi tanlov qiluvchi ongli mavjudot sifatida tasvirlanadi. Zardushtiylikda amal qilinadigan uch asosiy tamoyil bor: ezgu o‘ylar, ezgu so‘zlar, ezgu amallar. Bu prinsiplar nafaqat diniy, balki axloqiy va ijtimoiy hayotning ham bosh mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Avesto - zardushtiylikning muqaddas kitobi. Zardushtiylikda muqaddas kitob sifatida “Avesto” e’tirof etiladi. Bu asar qadimiy fors tiliga yaqin bo‘lgan avesta tilida yozilgan. Avesto o‘z tarkibida diniy aqidalar, axloqiy ko‘rsatmalar, huquqiy normalar, ilohiy marosimlar, duo va madhiyalarni jamlagan. Avestoning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 262 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1. Yasna – eng muhim qism bo‘lib, diniy marosimlar va ibodatlarda o‘qiladigan suralar, ayniqsa Zardushtning shaxsiy da’vatlarini ifodalovchi Gatlar ham shu qismda jamlangan. 2. Visparad – Yasna kitobini to‘ldiruvchi diniy marosimlarning tavsifi. 3. Vendidad – diniy qonun-qoidalar, najosatdan tozalanish, jinoyat va jazo masalalarini qamrab olgan. 4. Yashtlar – Ahura Mazda, Amshaspandlar (farishtalar) va boshqa ilohiy kuchlarga bag‘ishlangan madhiyalar. 5. Xorda Avesto – kundalik ibodatlar, duo, bayramlar haqida qisqargan ibodatlar to‘plami. Avesto nafaqat diniy asar, balki qadimgi eroniy xalqning dunyoqarashi, madaniyati, ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida boy ma’lumotlar manbaidir. U bugungi dinshunoslik, tarix, falsafa va tilshunoslik fanlari uchun bebaho manba hisoblanadi. Zardushtiylik marosimlari. Zardushtiylikda diniy marosimlar tozalikka asoslanadi. Ular ichki va tashqi poklikni uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan: Ibodat (Gohlar): kuniga besh mahal ibodat qilish tartibi mavjud. Olovga sig‘inish: olov — ilohiy nur va tozalik ramzi. Har bir ibodatxona (Ateshkade)da muqaddas olov doimiy yonib turadi. Navjot marosimi: bolani diniy jamoaga kiritish marosimi bo‘lib, unga sudre (oq libos) va kusti (muqaddas belbog‘) topshiriladi. Dahma (jasad minorasi): Zardushtiylar jasadni yer, suv yoki olovga tegizmay, tabiatga zarar yetkazmaslik uchun maxsus baland minoralarga qo‘yib, tabiiy yo‘qolishga topshirishadi. Zardushtiylar o'zlarining ehtiromli ma'budlariga e'tiqod qilishgan.Ahuramazda zardushtiylarning ulug' va donishmand oliy xudosi hisoblangan.Mitra-Quyosh va yorug'lik ma'budidir.O'tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o'lim ma'budi bo'lmish Ahriman bilan jang qiladi.Zardushtiylar yomg'irdan keyin hosil bo'ladigan kamalakka Mitraning o'q uzayotgan yoyi deb sig'inishgan.Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ma'budasi hisoblangan.Zardushtiylik dini ta'limoti insoniyatning ezgulik va yovuzlik haqidagi qarashlari takomili
Доказательный фрагмент
«This article examines the Zoroastrian religion from a historical and religious perspective.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the Zoroastrian religion from a historical and religious perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zoroastrianism, Ahura Mazda, Avesta, Gathas, Zoroastrianism, fire, olov marosimi, Dahma, Avesto, diniy marosimlar, Zardusht, qadimiy dinlar, Navjot, Zardushtiylik, Gatlar, Zardushtiy aqidalar., ezgulik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025