К содержанию
РецензированоUZ2026

RUMIY ASARLARIDA EGO (NAFS) BILAN KURASHISH PSIXOLOGIYASI: TASAVVUFIY VA ZAMONAVIY TALQIN

Turg’unova Diyora Bahodirovna · СОВРЕМЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article explores the concept of nafs (ego) in the works of Jalaluddin Rumi, its relationship with human psychology, and how it is interpreted through both Sufi philosophy and modern psychological theories. The author analyzes Rumi's primary approaches to ego control — through love, silence, dance, and symbolic wisdom — as spiritual methods for managing the self. The article also scientifically discusses the relevance of Rumi’s ideas to present-day psychological processes such as personal development, stress reduction, and achieving inner balance. Rumi’s philosophy of struggling with the ego is presented as a meaningful resource for personal growth and mental well-being. 125 Keywords. Rumi, nafs, ego, Sufi psychology, personal growth, inner balance, psychotherapy, mental health, transpersonal psychology, internal conflict, silence, love, sema. Bugungi globallashuv davrida inson ongiga kuchli tashqi axborot oqimlari, turli ijtimoiy bosimlar va hayotiy stresslar ta’sir qilmoqda. Ruhiy muvozanatni saqlash, o‘zligini anglash va ichki osoyishtalikni topish masalasi zamonaviy psixologiyada markaziy mavzulardan biriga aylangan. Shu jihatdan, Sharq mutafakkirlarining asarlarida ilgari surilgan ruhiy-ma’naviy qarashlar, ayniqsa Jaloliddin Rumiyning tasavvufiy-falsafiy qarashlari, zamonaviy psixologiya bilan muhim uyg‘unlik kasb etadi. Uning asarlari insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. Ayniqsa, uning nafs (ego) bilan kurashish haqidagi qarashlari inson ichki dunyosining eng murakkab, ziddiyatli qatlamlarini ochib beradi. Rumiy nafsni oddiy dushman sifatida emas, balki inson o‘zligining sinov maydoni deb tasvirlaydi. Unga ko‘ra, inson nafs bilan kurash orqali o‘zining asl mohiyatini anglaydi, poklanadi va ruhiy jihatdan yuksaladi. Zamonaviy psixologiyada ham "ego" inson ongining muhim qismi sifatida qaraladi. Zigmund Freyd, Carl Gustav Yung, Viktor Frankl kabi olimlar ego va ichki ziddiyatlarni chuqur o‘rgangan. Ammo ular ko‘p hollarda muammoni mantiqiy, ilmiy asoslar bilan tahlil qilgan bo‘lsa, Rumiy bu jarayonga ruhiy va ma’naviy yondashuvni olib kiradi.1 Bu yondashuv insonni nafaqat tahlil qilish, balki o‘zini ruhiy jihatdan tarbiyalashga ham chorlaydi. Maqolada ana shu ikki yondashuv – tasavvufiy va psixologik qarashlar – uyg‘unligida Rumiy asarlarida ego (nafs) bilan kurashishning psixologik mohiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu kurashning inson ruhiy salomatligiga qanday ta’sir qilishi, zamonaviy psixoterapiya bilan qanday bog‘liqligi ochib beriladi. Nafs va ego: tushunchalarning mazmuni. Insonning ichki dunyosini anglashda “nafs” va “ego” tushunchalari muhim o‘rin egallaydi. Har ikki tushuncha turli ilmiy va ma’naviy maktablarga mansub bo‘lsa-da, ular insonning ichki ziddiyatlarini izohlashda bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga ega. Tasavvufda “nafs” — bu insonning nafsiy istaklari, shahvat, g‘urur, hasad, kibr kabi manfiy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan qismidir. U ruhga qarama-qarshi holatda tasvirlanadi. Qur’oni Karimda nafs bir necha holatda zikr qilinadi: Nafs ammora – yomonlikka buyuruvchi nafs (Yusuf surasi, 53-oyat) Nafs lawwama – tanbeh beruvchi, pushaymonlik hissi bilan yashovchi nafs (Qiyomat surasi, 2-oyat) Nafs mutma’inna – Allohdan rozi va U rozi bo‘lgan, tinchlangan nafs (Fajr surasi, 27–30- oyatlar) Tasavvufiy manbalarda bu bosqichlar nafsni tarbiya qilish yo‘li sifatida izohlanadi.2 Rumiy bu bosqichlarni ochiq shaklda sanab o‘tmaydi, ammo uning asarlarida bu tushunchalar ramzlar, obrazlar va hikoyatlar orqali ifodalanadi. Masalan, Rumiy ko‘pincha nafsni “it” yoki “yovvoyi ot” sifatida tasvirlab, uni jilovlash zarurligini ta’kidlaydi. “Aql: yurma, u yo‘l tubsiz! Nafs: yur, unda lazzat bor! Ruh: kut, Allohdan nido bo‘lsin!” Masnaviy Ma’naviy 1 Schimmel, Annemarie. Rumi’s World: The Life and Works of the Greatest Sufi Poet. 2001. 2 Jaloliddin Rumiy. Masnaviy Ma’naviy. Tarjima va izohlar bilan. Toshkent: Movarounnahr, 2012. 126 Bu misralar insonda mavjud bo‘lgan ichki ziddiyat — aql, nafs va ruh o‘rtasidagi kurashni aniq ko‘rsatadi. G‘arb psixologiyasida “ego” tushunchasi asosan Sigmund Freyd tomonidan nazariy asosga qo‘yilgan.3 Freyd inson ruhiyatini uch tarkibiy qismga bo‘ladi: Id (boshqarilmaydigan instinktlar) – shahvoniy va hayvoniy istaklar manbai; Ego (ongli “men”) – id bilan tashqi dunyo o‘rtasidagi vositachi; Superego (axloqiy nazorat) – ijtimoiy qadriyatlar va odob mezonlari. Ego bu yerda insonning ijtimoiy muvozanatini saqlovchi psixik tuzilma sifatida qaraladi. Yung esa egoni insonning "persona"si, ya’ni tashqi olam bilan aloqada bo‘ladigan niqobi sifatida talqin qiladi. Unga ko‘ra, ego haddan tashqari kuchli bo‘lsa, inson o‘z “soyasi” (ya’ni ichki qorong‘u qismi) bilan yuzma-yuz kelmaydi va shaxsiy o‘sishga erisha olmaydi. Zamonaviy psixologiyada “ego” ijobiy ham, salbiy ham ahamiyatga ega. U insonni o‘ziga ishonchli qiladi, ammo haddan oshganda narsistik (manmanlik), hissiy sovuqlik, muhabbatni qabul qila olmaslik kabi holatlarga olib keladi. Ho’sh, Rumiyda ego va

Доказательный фрагмент

«This article explores the concept of nafs (ego) in the works of Jalaluddin Rumi, its relationship with human psychology, and how it is interpreted through both Sufi philosophy and modern psychological theories.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the concept of nafs (ego) in the works of Jalaluddin Rumi, its relationship with human psychology, and how it is interpreted through both Sufi philosophy and modern psychological theories. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rumi, nafs, ego, Sufi psychology, personal growth, inner balance, psychotherapy, transpersonal psixologiya, muhabbat, sema., psixoterapiya, Rumiy, shaxsiy o‘sish, ichki muvozanat, ichki konflikt, sukut, ruhiy salomatlik, tasavvuf psixologiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники