Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR UCHUN INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYALARI
Alimova Umida Jumaboy qizi · Urganch Ranch texnalogiya Universtiteti
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
XXI asr fan-texnika, axborotlashtirish asri bo‘lishligi bilan bugungi jadallashib borayotgan ilm-fan yutuqlari kechagi oldimizga qo‘yilgan rejalarning natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv sharoitida mamlakatimiz barqaror taraqqiy etib borishi uchun har tomonlama modernizatsiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo qilayotganligi munosabati bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, hamda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ko’zda tutilga. Аннотатция: Поскольку XXI век-это век науки, техники, информатизации, сегодняшние ускоряющиеся достижения науки проявляются как результат вчерашних планов. В связи с тем, что в условиях глобализации, которая сегодня происходит во всем мире, наша страна требует всестороннего модернизированного системного подхода для достижения устойчивого развития, предполагается дальнейшее повышение эффективности проводимых реформ, а также создание условий для всестороннего и динамичного развития государства и общества. Annotation: Since the 21st century is the century of science, technology, and informatization, today's accelerating scientific achievements are manifested as a result of yesterday's plans. Due to the fact that in the context of globalization, which is taking place all over the world today, our country requires a comprehensive modernized systemic approach to achieve sustainable development, it is expected to further Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 302 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT increase the effectiveness of ongoing reforms, as well as create conditions for the comprehensive and dynamic development of the state and society. Kalit so’zlar. Innovatsiya, ta’lim, harakatlar strategiyasi, farmon, qaror, yoshlar, Yangi O’zbekiston, rivojlanish, texnologiya, zamonaviy. Ключевые слова. Инновации, образование, стратегия действий, декрет, решение, молодежь, новый Узбекистан, развитие, технологии, современность. Key words. Innovation, Education, Action Strategy, decree, decision, Youth, New Uzbekistan, development, technology, modern. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon ulkan islohotlar va taraqqiyot bosqichini bosib oʻtdi. Ushbu taraqqiyot va bunyodkorlik yoʻlida barkamol avlodning oʻrni juda katta. Mamlakatimiz rivoji taraqqiyotining asosi taʻlim tizimining sifatli va mukammalligi bilan ham bogʻliq. Shu bois taʻlim tashkilotlarida taʻlim jarayoni sifatini oshirish, innovatsion hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllay olishga oʻrgatish, shuningdek, taʻlim jarayoni ishtirokchilariga pedagogik mahorat sirlarini ochib berishdan iborat. Barkamol avlodni tarbiyalash va ularni davr talabiga mos qilib shakllantirish azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi boʻlib kelganligi barchamizga maʻlum. Buyuk donishmand Abu Ali Ibn Sino oʻz pedagogik qarashlarida “Har bir kishini uning borligʻi va qobiliyatiga koʻra oʻqitish kerak. Aks holda taʻlim-tarbiya koʻzlangan natijani bermaydi”, degan gʻoyani ilgari suradi. “Innovatsiya” (ing. innovation — kiritilgan yangilik, ixtiro) soʻzi - ishlab chiqarish sohasida paydo boʻlgan. Dastavval bu tushuncha texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun sarflangan iqtisodiy mablagʻlar, ilmiy- texnika yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi kabi tushunchalar bilan izohlangan. Innovatsion taʻlim texnologiyasi - bu oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish va taʻlim faoliyati uchun eng yaxshi shart- sharoitlarni yaratish uchun mavjud Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 303 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT usullar va vositalarni yangilash yoki sifat jihatidan yaxshilashni oʻz ichiga olgan oʻquv va taʻlim faoliyatini tashkil etish metodologiyasidir.[1]. Innovatsion taʻlim texnologiyalari uchta asosiy komponentga asoslanadi: 1. Zamonaviy, yaxshi tuzilgan tarkib, uning asosi tadbirkorlik faoliyatining hozirgi voqeliklariga javob beradigan kasbiy faoliyatdagi kompetensiyalardir. Mazmuni zamonaviy aloqa vositalari orqali uzatiladigan turli multimedia materiallarini oʻz ichiga oladi. 2. Zamonaviy, innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllash. Bunday usullar boʻlajak mutaxassisning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, oʻquvchilarni faol bilim va amaliy faoliyatga jalb etishga, bilish jarayonida tashabbuskorlikni namoyon etishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. 3. Taʻlim jarayonida zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi. U oʻqitishning yangi shakl va usullarini, xususan, masofaviy taʻlimni qoʻllashga yordam beradigan axborot, texnologik, tashkiliy va kommunikatsiya komponentlariga asoslanishi kerak. Taʻlimda innovatsion texnologiyalar oʻqitishda muayyan yondashuvlarni qoʻllash, y
Доказательный фрагмент
«XXI asr fan-texnika, axborotlashtirish asri bo‘lishligi bilan bugungi jadallashib borayotgan ilm-fan yutuqlari kechagi oldimizga qo‘yilgan rejalarning natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюXXI asr fan-texnika, axborotlashtirish asri bo‘lishligi bilan bugungi jadallashib borayotgan ilm-fan yutuqlari kechagi oldimizga qo‘yilgan rejalarning natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Innovation, Education, Action Strategy, decree, decision, Youth, farmon, yoshlar, rivojlanish, ta’lim, harakatlar strategiyasi, Yangi O’zbekiston, texnologiya, zamonaviy., Innovatsiya, qaror
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025