Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARNING BANDLIGI VA IJTIMOIY ADAPTATSIYA
Nazarova Nilufar Jo’rayevna · Xolmurodov Agzam Aral o’g’li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article analyzes the processes of youth employment and social adaptation from a sociological perspective. The article highlights important factors such as young people's entry into the labor market in Uzbekistan's conditions, professional adaptation, interaction with social institutions, and the level of integration. Existing problems and ways to solve them were also considered. Based on the research results, the need for a comprehensive approach and cooperation between the state, education, and civil society institutions for the successful adaptation of young people to the social environment has been substantiated. Keywords: Innovation, social relations in society, sociological research, modernization, urbanization, digital technologies, state program, adaptation, statistics. Bugungi kun yoshlari har qanday jamiyatning eng dinamik, intiluvchan va innovatsion qatlamini tashkil etadi. Ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi, iqtisodiy barqarorlikka erishishida munosib oʻrin egallashi, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga moslashuvi zamonaviy sotsiologik tadqiqotlarning dolzarb yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelmoqda. Ayniqsa, jadal modernizatsiya jarayonlari, urbanizatsiya, raqamli texnologiyalarning rivoji va mehnat bozoridagi oʻzgarishlar fonida yoshlarning bandligi va ijtimoiy adaptatsiyasi masalalari global miqyosda ham, milliy darajada ham alohida e’tibor talab qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi, yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularga zamonaviy ish oʻrinlarini yaratish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash borasidagi keng koʻlamli islohotlar olib borilishi va ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi. Biroq mavjud choralar va resurslarga qaramay, ayrim hududlarda ishsizlik, migratsion kayfiyatlar, kasbiy moslashuvdagi qiyinchiliklar, mehnat bozoridagi malaka nomutanosibligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishi, oʻzini iqtisodiy jihatdan ta’minlashi, shuningdek, ijtimoiy institutlar bilan aloqalar oʻrnatib, ijtimoiy tizimga integratsiyalashuvi ularning ijtimoiy adaptatsiyasining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonda esa Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 381 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yoshlarning hayotga boʻlgan munosabati, shaxsiy identifikatsiyasi, kasb tanlovi va kelajakka oid qarashlariga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shu bois, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy muhitga moslashuvchanligini oshirish masalalari nafaqat sotsiologik, balki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan ham chuqur tahlil etilishi lozim boʻlgan dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan ishsizlar, yoshlar, ayollar, mehnat bozorida ish topishga qiynaladigan shaxslarga, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalarini ishga joylashtirish kafolatlarini roʻyobga chiqarish ushun alohida e‘tibor qaratiladi. Yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash davlat tomonidan ish bilan bandlik va mehnat bozorini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish zaruratini belgilab beradi, u ish bilan bandlik sohasidagi yuzaga kelgan turli hil vaziyatni statistik tahlil qilish va mehnat bozori prognozlariga asoslanadi. Mehnat bozorida statistik tahlilining asosiy maqsadi mintaqaning mehnat bozorida ma’lum bir vaqt davridagi mavjud holati hamda aholi bandligiga koʻmaklashish markazini ishlash faoliyatining koʻlami va natijalarini baholashdan iborat hisoblanadi. Yoshlar bandligini oshirish boʻyicha qilingan ishlar oʻzining tashqi omillari asosida rivojlanayotgan joylarda ichki infratuzilmalar orasida takomillashtirishga, ya’ni Davlatning bandlikka koʻmaklashish tuzilmalari, jamoatchi tashkilotlar va mahalliy boshqaruv organlarining oʻzaro munosabatini muvofiqlashgan harakati hamda ular faoliyatini samarali tashkil qilish ijtimoiy mexanizmga bogʻliq hisoblanadi. Aholining oʻsish sur’ati yuqori boʻlgan va aksariyat rivojlanayotgan va rivojlanishi past boʻlgan davlatlarda aholini ish bilan ta’minlashda yetarli darajada muammolar mavjudligi tabiiy hol. Masalan, ish oʻrinlarining kamligi, oylik maoshlarning pastligi, mehnat resurslarining kasbiy malakasi va bilim saviyasining yetishmasligi natijasidandir. Iqtisodiyotda ishsizlikning beshta asosiy sababi bor boʻlib bular. - yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq boʻlgan hamda iqtisodiyotdagi boshqa tarkibiy oʻzgarishlar; Выпуск журнала №-26 Часть–4_ Май –2025 382 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - mehnat resurslariga boʻlgan talabning pasayishiga olib keladigan iqtisodiy tanazzul; - davlat siyosati, eng kam ish haqining oshishi va shu sababli ishchi kuchiga talabning pasayib ketishi; - iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi mavsumiy tebranishlar; - demografik oʻzgarishlar, ya’ni bunda mehnatg
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the processes of youth employment and social adaptation from a sociological perspective.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the processes of youth employment and social adaptation from a sociological perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Innovation, social relations in society, sociological research, statistika., davlat dasturi, raqamli texnologiyalar, adaptatsiya, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, urbanizatsiya, Innovatsiya, modernizatsiya, sotsiologik tadqiqotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025