К содержанию
РецензированоUZ2026

TOSKANA SHEVASINING ITALYAN ADABIY TILIGA TA’SIRI

Muslima Baxtiyorova

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Toskana shevasining, xususan Florensiya lahjasining, italyan adabiy tilining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va lingvistik adabiyotlarga tayangan holda, Toskana shevasining fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarini o‘rganib chiqib, ularning zamonaviy italyan adabiy tilida qanday namoyon bo‘lishi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, Dante, Petrarka va Bokkachchio kabi adiblar asarlari orqali bu shevaning butun Italiya bo‘ylab qanday tarqalganini va italyan tilining adabiy me’yoriga aylanish jarayoni yoritiladi. Maqolada Toskana shevasining italyan madaniy va lingvistik merosdagi o‘rni, shuningdek, til me’yorlashuvi jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Toskana shevasi, Florensiya lahjasi, italyan adabiy tili, Dante Aligyeri, Accademia della Crusca, Italiya dialektologiyasi, leksik va fonetik o’zgarishlar. Kirish. Italiya o‘zining boy til madaniyati va lingvistik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Mamlakat bo‘ylab mavjud bo‘lgan o‘nlab dialekt va shevalar uzoq yillar davomida bir-biridan mustaqil ravishda rivojlangan. Har bir mintaqa o‘zining fonetik, grammatik va leksik xususiyatlariga ega bo‘lgan mahalliy lahjaga ega. Shunday bo‘lsa-da, bu xilma-xillik ichida Toskana shevasi, ayniqsa Florensiya lahjasi, alohida ajralib turadi. Aynan shu sheva asosida zamonaviy standart italyan adabiy tili shakllangan. Toskana shevasining adabiy tilga aylanishi tasodifiy emas: u soddaligi, fonetik tiniqligi va grammatik barqarorligi bilan boshqa shevalardan ajralib turgan. Biroq bu til me’yorining shakllanishiga faqat lingvistik sabablargina emas, balki tarixiy, siyosiy va madaniy omillar ham ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, XIII–XIV asrlarda Florensiya shahrining iqtisodiy va madaniy markaz sifatida yuksalishi, ushbu hududda faoliyat yuritgan buyuk adiblarning ijodi bilan bevosita bog‘liq. Dante Aligyeri va Jovanni Bokkachchio o‘z asarlarini xalq tilida — ya’ni Florensiya shevasida yozganlari tufayli, bu lahja adabiy me’yor darajasiga ko‘tarilgan. Ushbu maqolada Toskana shevasining zamonaviy italyan adabiy tiliga qanday ta’sir ko‘rsatgani, u qanday fonetik, grammatik va leksik farqlar bilan ajralib turishi, shuningdek, bu xususiyatlarning adabiy asarlar orqali qanday namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, tilshunoslikdagi shevashunoslik konsepsiyalariga tayangan holda Toskana shevasining me’yorlashuvdagi o‘rnini ham yoritadi. Asosiy qism Shevashunoslikka umumiy nazar Shevashunoslik — tilshunoslikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u tilda mavjud bo‘lgan mintaqaviy farqliliklarni, ya’ni dialektlar va shevalarni o‘rganadi. Bu soha fonetik, leksik, morfologik va sintaktik jihatdan farqlanuvchi til variantlarini aniqlash, tasniflash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Shevashunoslik tilning ijtimoiy, tarixiy va geografik taraqqiyotini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Ayniqsa, ko‘p shevali mamlakatlarda, masalan Italiyada, bu fan yo‘nalishi til madaniyatini anglashda va adabiy tilning shakllanish jarayonini izohlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Yevropa tilshunosligida shevashunoslik XIX asrda fan sifatida shakllangan. Bu yo‘nalishda dastlabki ilmiy asoslarni italyan tilshunosi Graziadio Isaia Ascoli qo‘ygan. U 1873-yilda “Archivio Glottologico Italiano” jurnalini tashkil 78 etib, unda Italiya dialektlarini tizimli ravishda o‘rganishga bag‘ishlangan maqolalar chop etgan. Ascoli birinchi bo‘lib dialektlarni ilmiy asosda tasniflashga harakat qilgan va “lingvistik izoglossalar” tushunchasini fanga kiritgan. Uning ishlari keyinchalik Bartoli, Tagliavini, Devoto, Tullio De Mauro, Serianni kabi mashhur italyan tilshunoslari tomonidan davom ettirilgan.Italiyada shevalarning ko‘pligi, asosan, mamlakatning uzoq vaqt siyosiy jihatdan parokanda bo‘lganligi bilan izohlanadi. Har bir viloyat, shahar va hatto qishloqda o‘ziga xos til unsurlari shakllanib borgan. Bu holat Italiya hududida mustaqil dialektlar tizimini vujudga keltirdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan adabiy til shakllanishi va til me’yorlashuvi zarurati tug‘ildi. Aynan shunday jarayonda Toskana shevasi, xususan Florensiya lahjasi asosiy adabiy til mezoniga aylanish imkonini topdi. Shevashunoslik nafaqat til strukturasi, balki madaniy meros, ijtimoiy omillar va adabiyot bilan ham chambarchas bog‘liq. Masalan, Dante Aligyeri, Jovanni Bokkachchio va Franchesko Petrarka kabi adiblarning Florensiya shevasida yozgan asarlari bu shevaning yuksak adabiy imkoniyatlarga ega ekanini isbotladi va uni boshqa dialektlar orasida ustun qildi. Shu sababli, Toskana shevasini o‘rganish nafaqat dialektologik, balki tarixiy-adabiy va madaniy kontekstda ham muhimdir. Toskana shevasining tarixiy shakllanishi Toskana shevasi Lotin tilidan rivojlangan roman dialektlaridan biri. Uning ildizlari Rim imperiyasidan keyingi davrga borib taqaladi. XI–XII asrlarda Florensiya va uning atrofidagi hududlar iqtisodiy va madaniy yuksalish davrini boshdan kechira boshlashdi. Bu hududda savdo-sotiq, bank ishi va san’at rivojlandi. Til esa aynan shu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Toskana shevasining, xususan Florensiya lahjasining, italyan adabiy tilining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Toskana shevasining, xususan Florensiya lahjasining, italyan adabiy tilining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dante Aligyeri, italyan adabiy tili, Florensiya lahjasi, Toskana shevasi, Italiya dialektologiyasi, leksik va fonetik o’zgarishlar., Accademia della Crusca
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники