К содержанию
РецензированоUZ2026

VOLONTYORLIK FAOLYATI, UNING TARIXI VA IJTIMOIY HAYOTDAGI MUAMMOLARI

J.B. Jabborov (Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi muhim va global sharoitda volontyorlik faolyati yuzasidan, dunyo va yurtimizdagi volontyor insonlar tomonidan olib borilgan qator xayriya ishlari ,Volntyorlik faolyatining qisqacha tarixi va ijtimoiy ish mezoni sifatdagi roli tahlil qilingan,Volntyorlik faolyatining inson tabiatiga ijobiy ta’siri haqida muallif tomonidan o'z fikrlari ham ilgari surilgan. Kalit so'zlar: Volontyorlik, Qizil xoch jamiyati, Klara Barton, Volontyorlik turlari, Volantyorlik assotsatsiyasi. Kirish: So’zim avvalida Volontyorlik faolyatiga izoh berib o’tsam. Volontyor — (oʻzbekcha — koʻngilli) — oʻz xohishi bilan vaqti va mehnatini biror-bir jamoat ishiga, hech qanday manfaatsiz ixtiyoriy taklif etadigan shaxs yoki guruh, Bu ish bilan shug'ullanish jarayoni volontyorlik deb yuritiladi. Koʻpgina koʻngillilar tibbiyot, taʼlim yoki favqulodda vaziyatlarda qutqaruv kabi sohalarda maxsus oʻqitilgan. Boshqalar esa kerak boʻlganda, masalan, tabiiy ofatga javob sifatida xizmat qiladi. Bu Atama birinchi marta 1755-yilda qayd etilgan. Harbiy boʻlmagan maʼnoda bu soʻz birinchi marta 1630-yillarda qayd etilgan „oʻzini harbiy xizmatga taklif qilgan“ maʼnosida ishlatilgan.. Koʻngillilik soʻzi oʻsha vaqtda asosan harbiy maʼnoda — jamoat xizmati iborasi bilan mos kelgan. Harbiy kontekstda koʻngilli armiya — bu askarlari chaqirilgandan farqli ravishda xizmatga kirishni tanlagan harbiy organ sifatida ayd etilgan Amerikadagi fuqarolar urushi davrida ayollar koʻngilli ravishda askarlar uchun materiallar tikishadi va „Jang maydoni farishtasi“ Klara Barton va koʻngillilar jamoasi harbiy xizmatchilarga yordam berishni boshladilar. Barton 1881-yilda Amerika Qizil Xoch tashkilotiga asos soldi va 1889-yilda Jonstaun toshqinidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishni oʻz ichiga olgan ofat oqibatlarini bartaraf etish operatsiyalari uchun koʻngillilarni safarbar qila boshladi. Aynan shu ayol ismi bilan keyinchalik “VOLONTYORLAR ONASI’’iborasi kelib chiqdi. Volantyorlik faolyatining quyidagi turlari mavjud:  Xizmatni oʻrganish dasturlari tomonidan qoʻllaniladigan koʻngillilik  Koʻnikmalarga asoslangan koʻngillilik  Virtual koʻngillilik  Mikro koʻngillilik  Ekologik koʻngillilik  Favqulodda vaziyatda koʻngillilik  Maktablarda koʻngillilik  Korporativ koʻngillilik  Jamoa koʻngillilari  Katta sport tadbirlarida koʻngillilik Jahonda hamda O’zbekistonfda quyidagi Volontyorlik tashkilotlari mavjud. Xalqaro 88 Volontyorlik tashkilotlari: Asociation of Leaders in Volunteer Engagement — Koʻngillilarni jalb qilish boʻyicha yetakchilar uyushmasi Association for Volunteer Administration — Koʻngillilarni boshqarish uyushmasi Oʻzbekistonda Volontyorlik tashkiloti Oʻzbekistonda volontyorlar uchun Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi.tashkil etilgan. Volontyorlar ko’ngilli tarzda (yanada tushunarliroq qilib aytilsa, xolis, fidokorona, savob uchun) insonlar va jamiyat uchun manfaatli bo’lgan, faoliyatida aniq maqsadga ega bo’lgan guruhlar hisoblanadi. Dunyodagi boshqa mamlakatlarda volontyorlik faoliyati rivojlanib borayotganini istisno etmagan holda aytaman-ki, yurtimizda ushbu zamonaviy ijtimoiy harakat azaldan chuqur ildiz otgan. Hozirgi vaqtda yer yuzida 100 ga yaqin mamlakatda yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud. Ular davlatlar tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganligi bois, ko’ngillilar sektori jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy bo’lagiga aylanib bormoqda. Mamlakatimizda volontyorlar faoliyatini tartibga soluvchi aniq mexanizm mavjud bo’lmaganligi sababli, qonunchilikdagi bo’shliqni to’ldirish hamda ushbu faoliyat turi bilan bog’liq holda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish maqsadida 2019 yil 2 dekabrda O’RQ-585-son “Volontyorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi faoliyat to’g’risidagi asosiy tushunchalarni belgilaydi: volontyor - volontyorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs; volontyorlik - fuqarolar, ularning guruhlari yoki volontyorlik tashkilotlari tomonidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko’zlab ixtiyoriy faoliyatni amalga oshirish; volontyorlik faoliyati - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko’zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, erkin xohish-irodaga ko’ra bajariladigan, ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan, jamoat uchun foydali bo’lgan ixtiyoriy faoliyat turi hisoblanadi. Shu o’rinda Volontyorlik faoliyatining maqsad va vazifalari haqida to’xtalib o’tmasam bo’lmas: Volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko’rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o’zini o’zi tashkil etishni, ijtimoiy mas'uliyat, birdamlik, o’zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg’ularini shakllantirishdan iboratdir. Qonunga ko’ra volontyorlik faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat: - fuqarolarn

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi muhim va global sharoitda volontyorlik faolyati yuzasidan, dunyo va yurtimizdagi volontyor insonlar tomonidan olib borilgan qator xayriya ishlari ,Volntyorlik faolyatining qisqacha tarixi va ijt…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi muhim va global sharoitda volontyorlik faolyati yuzasidan, dunyo va yurtimizdagi volontyor insonlar tomonidan olib borilgan qator xayriya ishlari ,Volntyorlik faolyatining qisqacha tarixi va ijt… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Volontyorlik, Qizil xoch jamiyati, Klara Barton, Volontyorlik turlari, Volantyorlik assotsatsiyasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники