К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLAR ASOSIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH

M. Axmedova (Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabasi.) · N.X. Djаlаlovа (Ilmiy raxbar: “Musiqiy tа’lim vа mаdаniyаt” kаfedrаsi o’qituvchisi. Farg‘ona davlat universiteti.)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 12 · 2026

Аннотация

Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka erishish uchun tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda tarbiyaviy ta'sirga aloxida e'tibor berish hamda o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayoni kechishiga undaydigan mexanizmlarni ishga solish lozim. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va o‘zini- o‘zi tarbiyalashda yoshlarning fazilatlarini rivojlantirish va kundalik odatlarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga undaydigan extiyojlar asosiy mazmun kasb etadi. Bu extiyojlar xaqida so‘z borganda, milliy, ma'naviy-axloqiy va insonparvar qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashning ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim. Kalit so‘zlar: ommaviy-madaniy tadbirlar, musiqali dam olish, milliy tarbiya, madaniy- ma'rifiy muassasalar. Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda tadbirlarni o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda joylarda yoshlarning imkoniyatlariga qarab, ularni axloqiy tarbiyasiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta, milliy-ma'naviy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish orqali amalga oshirish lozim. Madaniy tadbirlar asosida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarda axloqiy fazilatlar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: yoshlar o‘rtasidagi turli munosabatlarni muvofiqlashtirish; yoshlar faoliyatining insonparvar qadriyatlari va mo‘ljallarini belgilab berish; yoshlarni ijtimoiylashtirishga alo¬xida e'tibor qaratiladi. Ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy tadbirlarni interaktiv tarzda o‘tkazish bilan birga, bu tadbirlarning milliy ruhda bo‘lishiga aloxida e'tibor qaratish lozim. Shunday qilinganda bu tadbirlar yosharni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat kiladi. Zero, millatni milliy tarbiya shakllantiradi. Milliy tarbiya xalq ma'naviy tarbiyasining muhim yo‘nalishi hamdir. Ommaviy-madaniy tadbirlarning muhim vazifalaridan biri jamiyatning barcha sohalarida yoshlarning faolligini rivojlantirish uchun sharoit yaratishdir. Yoshlarning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirishda madaniyatning barcha shakl usullaridan, jumladan, musiqali dam olish dasturlarini tashkil qilish, san'at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish turli xil ommaviy bayramlarni o‘tkazish orqali amalga oshirish mumkin. So‘ngi yillarda hukumatimiz tomonidan madaniy-ma'rifiy ishlarga jiddiy e'tibor berila boshlandi. Bu esa madaniyat xodimlariga bo‘lgan ishonch va munosabatni yanada kuchayishiga olib keldi. Chunki, ulg‘ayib borayotgan yosh avlodni ma'naviy qashshoqlikdan olib chiqadigan kadrlar – ilm-fan namoyondalari bilan bir qatorda madaniyat va san'at xodimlaridir. Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy tadbirlarning yuqori tarbiyaviy ahamiyatga ega 120 bo‘lishi va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun mazkur tadbirlar orqali yangi O‘zbekistonda bajarishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarga asoslanishi va shu vazifalarni bajarishni maqsad qilib olishi hamda bunga erishish uchun zarur muhit yaratishi lozim. Buning uchun esa, ommaviy- madaniy tadbirlarni tashkil qilish orqali yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish va tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish kerak. Bu esa ularda istiqbolni aniq ko‘ra bilishlarida, unga erishish yo‘llarini izlab topishlarida, yuksak ideallarga ega bo‘lishlarida yordam beradi. Yoshlar axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularning bilimdonligini oshirish maqsadida tarbiyaviy hamda ommaviy-madaniy tadbirlarni uzviy xolda tashkil qilib, olib borish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, ta'lim muassasalarida olib boriladigan ommaviy-madaniy tadbirlar aniq maqsadga yo‘naltirilganligi bilan alohida ajralib turishi lozim. Chunki tashkil qilinadigan mazkur tadbirlar yoshlarning ma'naviy ehtiyoji, jamiyat oldidagi burchi, ma'naviy dunyoqarashini boyituvchi manba bo‘lmog‘i kerak. Yoshlarni qanday qilib ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish kerakligini aniq rejalashtirmay turib, bu boradagi tarbiyaviy ishlarni samarali olib borib bo‘lmaydi. Bu borada ish olib boradigan har bir mas'ul xodim shu tarbiyaning mohiyati, usullari, shakllari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Ommaviy-ma'naviy tarbirlarning tarbiya jarayonida axloqning burch, vijdon, or-nomus kabi bir qator kategoriyalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, o‘tkaziladigan tadbirlarning asosida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi g‘oyalar bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Ommaviy-madaniy tadbirlarning nazariy asoslarini ilmiy tahlil qilish madaniyat sohasida islohotlar o‘tkazish, mamlakatning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishi, jamiyatni rivojlantirishning maqsad va ahamiyatini anglashga xizmat qiluvchi madaniy muhitda intellektual va madaniy rivojlangan kadrlarni tayyorlash uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, joylarda omma

Доказательный фрагмент

«Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka erishish uchun tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda tarbiyaviy ta'sirga aloxida e'tibor…»

Образец извлечения

Демо-превью

Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka erishish uchun tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda tarbiyaviy ta'sirga aloxida e'tibor… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniy-ma'rifiy muassasalar., ommaviy-madaniy tadbirlar, musiqali dam olish, milliy tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники