К содержанию
РецензированоRU2026

NIKOH YOSHI HAQIDAGI QONUNCHILIK NORMALARI VA ULARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK ASOSLARI

Kalbaeva Eldora Uzaqbaevna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В статье анализируются правовые нормы, регулирующие брачный возраст в Республике Узбекистан, а также виды административной и уголовной ответственности за их нарушение. Рассматриваются правовые основания вступления в брак, исключительные случаи и механизмы, направленные на защиту прав несовершеннолетних. Ключевые слова: брачный возраст, несовершеннолетние, правовая ответственность, административное наказание, уголовная ответственность, правонарушение. Nikoh – jamiyatning eng muhim institutlaridan biridir. Uning qonuniy asoslarda tuzilishi er-xotin o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilash bilan birga bolalarning huquqiy himoyasiga, jamiyat rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, nikoh yoshiga oid qonunchilik normalari ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda aniq belgilangan. Uni buzish huquqbuzarlik, ayrim hollarda, jinoiy qilmish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham oilaviy, ayniqsa nikoh tuzish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda nikoh yoshi bo‘yicha belgilangan huquqiy normalarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan [1]. Mazkur norma nikohlanuvchi tomonlarning psixologik va fiziologik jihatdan yetukligini hisobga olgan holda oilaviy munosabatlarning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Huquqshunos olima U.Shoraxmetova nikoh yoshini belgilashda muayyan talablar – biologik, ruhiy-psixologik, ijtimoiy-ijtimoiy, aqliy yetuklik va huquqiy talablarga alohida e’tibor qaratadi [2, 33-34]. Nikohga kirish yoshi chet ellarda turlicha belgilangan. Masalan, nikoh yoshi Buyuk Britaniyada 16 yosh, Italiya, Belgiya, Germaniya va Latviyada 18 yosh, Fransiya va Yaponiyada 126 ayollar 16 yosh, erkaklar 18 yosh, Xitoyda erkaklar 22 yosh, ayollar 20 yosh etib belgilangan. Nikoh yoshini qisqartirish Fransiyada Prezident ruxsatiga asosan, Italiya va Belgiyada voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sud qarori asosida amalga oshiriladi [3, 24]. Shuningdek, milliy qonunchiligimizda uzrli sabablar mavjud bo‘lganda, masalan, bo‘lajak ayolning homiladorligi, nikoh rasmiylashtirilmay farzand tug‘ilganligi, ularga nisbatan emansipatsiya holati qo‘llanilganda, nikohlanuvchilarning iltimosiga ko‘ra, nikoh tuzilganligini qayd etish joyidagi tuman, shahar hokimi tomonidan nikohga kirish yoshi bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kamaytirilishi mumkin. Nikoh tuzishni xohlovchi shaxslarning yozma yoki elektron ariza bilan murojaat qilgan kunidan keyin bir oy o‘tgach FHDYO organi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Ushbu norma voyaga yetmaganlarning manfaatini huquqiy jihatdan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, turmushda yuz beradigan favqulodda vaziyatlar hisobga olinganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, nikoh yoshini pasaytirish faqat tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi kerak. Biroq, ayrim hollarda shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida huquqiy normalarning aniq va qat’iy belgilanganligiga qaramasdan, uni buzish holatlari uchrab turadi. Ularning bunday qonunga xilof harakatlari esa quyidagi huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi:  Ma’muriy javobgarlik;  Jinoiy javobgarlik. Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan bu ikki huquqiy ta’sir choralari o‘zaro bog‘liqdir. Ya’ni, shaxsning sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishidan oldin unga aynan shunday harakati yoki harakatsizligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi kerak. Bu holat "huquqbuzarliklar eskalatsiyasi" deb ataluvchi tushuncha bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqida muhim amaliy ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirishish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima bilan jazolanadi. Bundan tashqari, ota-ona yoki ularning vakillari tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni nikohga berish yoki uylantirish holatlari uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha belgilangan. Shuningdek, nikohning davlat organlarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan, shu jumladan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan diniy marosim orqali tuzilishi holatlari bazaviy hisoblash miqdorining o‘n beshdan o‘ttiz baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin [4]. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 125¹-moddasiga ko‘ra, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirishish yoki ota-ona va ularning vakillari tomonidan bunday shaxsni nikohga berish, uylantirish kabi harakatlar uchun ilgari ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilgan hollarda jazo choralari yanada kuchaytiriladi. Jumladan, bu huquqbuzarliklar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari, shuni

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются правовые нормы, регулирующие брачный возраст в Республике Узбекистан, а также виды административной и уголовной ответственности за их нарушение.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются правовые нормы, регулирующие брачный возраст в Республике Узбекистан, а также виды административной и уголовной ответственности за их нарушение. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
marriage age, minors, legal liability, administrative penalty, criminal, voyaga yetmaganlar, nikoh yoshi, jinoiy javobgarlik, huquqiy javobgarlik, huquqbuzarlik., ma’muriy jazo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3