К содержанию
РецензированоUZ2025

MEDIA KONTENTLAR TAYYORLASHDA SUN'IY INTELLEKTLARNING O’RNI

INTELLEKTLARNING O’RNI

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining media kontentlar yaratishdagi o‘rni, qo‘llanilish yo‘nalishlari, afzalliklari va xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Matn, audio, tasvir, video va tavsiyaviy tizimlarda SI’ning amaliy imkoniyatlari, samarali foydalanish usullari hamda axloqiy va huquqiy jihatlar yoritilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti media sohasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari media kontentlarni yaratish, tahrirlash va tarqatishda keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda sun’iy intellekt algoritmlari yordamida video, audio, matn va tasvirli kontentlar samarali ishlab chiqilmoqda. Bu jarayon jurnalistika, reklama, kino industriyasi, o‘quv kontentlari va boshqa ko‘plab media sohalarida sezilarli o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Mazkur maqolada sun’iy intellektning media kontentlar tayyorlashdagi o‘rni, amaliy qo‘llanilish sohalari, samarali foydalanish usullari hamda mavjud muammolar va ehtiyot choralar muhokama qilinadi. Sun’iy intellekt — bu kompyuter tizimlariga inson aqliga xos bo‘lgan funksiyalarni, ya’ni tushunish, o‘rganish, qaror qabul qilish, matn va tasvirni tahlil qilish kabi imkoniyatlarni beruvchi texnologiyalar to‘plamidir. Media esa ma’lumotlarni turli formatlarda ishlab chiqish, uzatish va iste’molchilarga yetkazish jarayonidir. 1. Sun’iy intellekt media sohasida quyidagi yo‘nalishlarda faol qo‘llaniladi: 2. Matnli kontentlar yaratish (avtomatik maqolalar, ssenariylar) 3. Audio va ovozli kontentlar (ovoz sintezi, dublaj, musiqiy tavsiyalar) Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 47 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 4. Tasvir va grafiklar (AI-art, infografika, dizayn asboblari) 5. Video montaj va generatsiya (deepfake, video tahriri, CGI) 6. Rekomendatsiya tizimlari (YouTube, Netflix algoritmlari) 7. Sun’iy intellekt asosida matnli kontentlar yaratish SI asosida matnli kontentlar yaratish bugungi kunda jurnalistika va marketing sohalarida ayniqsa keng tarqalgan. Masalan, GPT modellar yordamida yangiliklar maqolalari, e’lonlar, blog postlar, ssenariy va reklama matnlari avtomatik yaratilmoqda. Bloomberg, Reuters, The Washington Post kabi nufuzli media kompaniyalar sun’iy intellektdan real vaqtda yangiliklarni generatsiya qilishda foydalanmoqda. Bunday tizimlar inson jurnalistlari uchun qo‘shimcha vosita sifatida xizmat qiladi. Ular odatda statistik va faktlarga asoslangan kontentni tez, aniq va ishonchli tarzda ishlab chiqadi. Bu esa media xodimlariga vaqt tejalishini va ijodiy ishga ko‘proq e’tibor qaratishni ta’minlaydi. Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tabiiy, emotsional va turli tillarda ovoz sintezi amalga oshirilmoqda. Bu texnologiyalar nafaqat audio kitoblar, podkastlar, balki filmlar, o‘quv kurslari, video bloglar va reklama sohalarida ham keng qo‘llaniladi. Masalan, Google Text-to-Speech, Amazon Polly, Microsoft Azure TTS kabi tizimlar inson nutqiga juda yaqin ovozlarni yaratishi mumkin. Bundan tashqari, sun’iy intellekt asosida ishlovchi ovoz klonlash texnologiyalari mashhur shaxslarning ovozini nusxalab, turli kontekstda qo‘llash imkonini beradi (bu esa ba’zi hollarda axloqiy va huquqiy muammolarni yuzaga keltiradi). AI-art generatorlar (masalan, DALL·E, Midjourney, Adobe Firefly) yordamida professional darajadagi tasvirlar, bannerlar, logotiplar va infografikalarni bir necha daqiqa ichida yaratish mumkin. Bu dizaynerlar uchun muhim qulayliklar yaratib, kreativ jarayonni tezlashtiradi. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 48 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shuningdek, AI yordamida mavjud tasvirlar tahrir qilinadi, sifatli rekonstruksiya yoki uslubiy transformatsiyalar amalga oshiriladi. Adobe Photoshop’da joriy etilgan "Generative Fill" funksiyasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. SI asosida ishlovchi video montaj tizimlari realistik CGI (Computer Generated Imagery), animatsiyalar, deepfake texnologiyasi orqali sun’iy yaratilgan videolarni ishlab chiqarishni osonlashtiradi. Deepfake texnologiyalari yordamida mavjud shaxslarning yuzi va ovozidan foydalangan holda yangi videolar yaratish mumkin. Bu texnologiyalar ijobiy maqsadlarda — kino sanoatida vizual effektlar, tarixiy sahnalarni jonlantirish, til o‘rganishda interaktiv materiallar yaratishda qo‘llaniladi. Biroq, noto‘g‘ri qo‘llanilsa, u yolg‘on axborot tarqatish, shaxsiy hayotni buzish, ishonchsizlik muhitini yuzaga keltirishi mumkin. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi tavsiyaviy tizimlar (recommendation systems) foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, qiziqishlari asosida individual kontentlarni taklif qiladi. Netflix, YouTube, Spotify kabi platformalar aynan shunday algoritmlar orqali foydalanuvchilarni jalb qiladi. Ushbu tizimlar auditoriyani tahlil qilish, ularning qiziqish doirasini aniqlash va shunga mos kontentni yetkazish orqali foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi. Bu esa media kompaniyalar uchun reklama strategiyasini optimallashtirish, auditoriyani ushlab qolish va daromadni oshirish imkonini beradi. Media kont

Доказательный фрагмент

«Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining media kontentlar yaratishdagi o‘rni, qo‘llanilish yo‘nalishlari, afzalliklari va xavf-xatarlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining media kontentlar yaratishdagi o‘rni, qo‘llanilish yo‘nalishlari, afzalliklari va xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sun intellekt, matnli kontentlar, kontentlar yaratish, intellekt asosida, asosida ishlovchi, maqolada sun, media kontentlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники