Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONANING O’RNI
Asqarov Anvarjon
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Семья считается наименьшим объединением культуры и воспитания. Ребенок рождается, чтобы усвоить новое поведение сначала через образ матери, а затем через образ отца. Для родителя воспитание детей считается первоочередной задачей. В данной статье изложены размышления о роли семьи в становлении каждого подрастающего поколения как гармоничной личности, о значении родителей в воспитании детей, мнения ученых о семейных отношениях. Ключевые слова: теория ролей, поведенческая ассимиляция, здоровое поколение, свободомыслие, гармония отношений. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 110 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Har bir jamiyat eng kichik bo’g’in atalmish oilalardan tashkil topgan. Oilaning asosiy vazifalaridan biri naslni davom ettirish va barkomol shaxslarni tarbiyalash. Muqaddas dinimizga ko’ra farzand har bir insonga Allah tomonidan berilgan buyuk ne’mat hisoblanadi. Har bir farzand kelajak bunyodkori, shuning uchun ham ota-onalar o’z oldida qanday ma’suliyatli vazifa turganligini his qilishi lozim. Oilaning har bir a’zosi o’z o’rni va vazifasiga ega bo’lib, bu haqida amerikalik ruhshunos E.Bern va nemis ruhshunosi K.Levin “shaxs ijtimoiy rollar nazariyasi”ni ishlab chiqqan. Unga ko’ra, odam bola, ota-ona va katta odam rolida rolida bo’ladi. Bola rolini faqatgina bolalarni o’zini tutishi kabi tushunib olmaslik kerak, bola roli katta odamning o’zini boladek his etishi va bola sifatida tutishida namoyon bo’ladi. Ota-ona roli esa odamning boshqa kishilar oldida o’zini ma’suliyatli tutishi, o’zgalarga va oila a’zolariga nisbatan mexr-oqibatida ko’rish mumkin. Katta odam rolidagi inson esa nasihatgo’ylikka moyil, har bir harakatni o’ylab qiladigan va atrofdagi narsa va hodisalarga nisbatan chuqur fikrlovchi bo’ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oilaning o’rnini alohida ta’kidlab quyidagi fikrlarni bayon etgan: “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviy qo’rg’oni bu – oiladir”. Inson uchun- eng katta tarbiya manbai oila bo’lib, tarbiya berishda asosiy vazifani ona bajaradi. Shuning uchun ham qadimdan ayollarga Qur’ondan, tajviddan, fiqhdan, tarbiyadan va juda ko’p ijtimoiy va diniy bilimlar yoshlik chog’idan o’rgatilgan. Otalarning asosiy vazifasi esa oilani moddiy tomondan ta’minlash, ularning zaruriy ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo’lgan. Ota- ona bolaga tarbiya berayotganda unga qaysi tomondan ta’sir eta olishini inobatga olishi lozim. Bu o’rinda Xoja Samandar Termiziy: “Farzandlarni otasining xizmatlari tufayli emas, o’zlarida bor qobiliyatiga asoslanib tarbiyalash lozim”,- deya fikr bildirgan. Bola uch yoshdan boshlab, ota-ona va yaqinlarining xatti-harakatlarini beixtiyor kuzatish orqali o’zlashtirib boradi. Aynan bu davrdan boshlab har bir ota-ona o’z ma’suliyatini yanada ortiqroq his qilishi lozim. Bola o’zlashtirgan xulq-atvorni o’yinlar orqali ifodalab beradi. Kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, oilada dominantlik otani qo’lida bo’lsa bunday oilaning qiz va o’g’il farzandlari o’yinlarda yetakchilikni o’z qo’liga olishga harakat qilishadi, ularda liderlik qobiliyati yoshlikdan shakllanib boradi. Oila Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 111 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT a’zolarining bir-birlariga qo’pol munosabatlari, aldashlar, yolg’on so’zlar, noto’g’ri xatti-harakatlar, doimiy urushlar oilada nosog’lom muhitni keltirib chiqaradi va bolalarning psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oilaviy tarbiyaning asosiy uchta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar: demokratik, avtoritar va konvensiya. Avtoritar uslubda, ota-onaning har bir xohish va istaklari bola uchun qonun hisoblanadi. Bunday oilada tarbiya topgan bolalar asosan bo’ysunuvchan, ish faoliyatida asosan bajaruvchi obrazida bo’ladi. Uning asosiy ehtiyojlari qondirilmay qolib keladi, ko’plab holatlarda buning natijalarida farzandlarda doimiy stresslar kelib chiqadi. Demokratik uslubda, ota-onalar farzand tarbiyasida mustaqillikni ham, intizomni ham teng olib borishga harakat qilishadi. Bu kabi tarbiya usuli tanlangan oilalarda bolalar ijobiy harakatlatni amalga oshirishganda taqdirlanadi. Noto’g’ri harakatga yo’l qo’yishganlarida esa jazolanishadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Klochko V.E. Qadriyatlarni axloqiy tarbiya mexanizmi sifatida shaxslashtirish // Talaba shaxsining axloqiy asoslarini shakllantirish yo‘llari. Muammolar. Metodologiya Tajriba: konferentsiya tezislari. Barnaul, 2007 2. Mitrikas A. Oila qiymat sifatida: Yevropa mamlakatlarida qiymat tanlashdagi o‘zgarishlar va istiqbollari. - №1. -: 2003. 3. Karimova V. M. Oilaviy hayot psixologiyasi. T.— 2006. 4. Akramova F. A. Oilada muomalani tashkil etish psixologiyasi. T.: «Shams ASA», 2006 5. Oila psixologiyasi / Akad.litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma. G.B.Shoumarov va b. G.B.Shoumarovning tahriri ostida. – Toshkent: “Sharq”, 2008. – 48-62-betlar. 6. G‘oziev E.G‘. Psixologiya. -T., O‘zMU «Universitet», 2003. 7. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz – Toshkent; O‘zbekiston nashriyoti. 2017 y
Доказательный фрагмент
«Семья считается наименьшим объединением культуры и воспитания.»
Образец извлечения
Демо-превьюСемья считается наименьшим объединением культуры и воспитания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- role theory, behavioral assimilation, healthy generation, free, xulqiy o’zlashtirish, sog’lom avlod, erkin fikrlash, munosabatlar uyg’unligi., rollar nazariyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025