К содержанию
РецензированоUZ2022

NOTARIAL FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN NAZORAT QILISH TARTIB-TAOMILLARI

Maxkamov Eldor

Наука и технология в современном мире · 2022

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida notariat institutini takomillashtirish borasidagi chora- tadbirlar yoritilgan. Jumladan, notariat tizimining raqamlashtirilishi, xizmatlarning soddalashtirilgan tartibda ko‘rsatilishi va xususiy notariat institutining joriy etilishi orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatining oshirilishi tahlil qilingan. Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan notariuslar faoliyatini nazorat qilish tartibi, jumladan, rejalashtirilgan, qisqa muddatli va kameral tekshiruvlarning mazmun-mohiyati bayon etilgan. Maqolada avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ahamiyati va kelajakda sun’iy intellekt hamda blokcheyn texnologiyalarining joriy etilishi orqali nazoratning samaradorligi va shaffofligini oshirish imkoniyatlari haqida ilmiy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: notarius, adliya, notariat xizmatlari, nazorat qilish. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar avvalo, inson manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaldagi qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan. 2022–2026- yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Mazkur yo‘nalishda notariat institutiga oid barcha qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va yagona qonunga birlashtirish, notariat faoliyatini yanada raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, hamda FHDYO va notariat organlari tomonidan davlat xizmatlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish asosiy maqsadlar etib belgilangan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5816-son Farmoniga muvofiq xususiy notariuslar instituti joriy etildi. Bu islohot notariat xizmatlarining kengayishiga, raqobat muhitining rivojlanishiga va pirovardida xizmat sifatining oshishiga xizmat qiladi. Notarial faoliyat – fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini qonuniy asosda himoya qilishga xizmat qiluvchi, huquqiy munosabatlarda barqarorlik va ishonchlilikni ta’minlovchi muhim huquqiy institutdir. O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida notariat institutining faoliyatini samarali tashkil etish va uni davlat tomonidan nazorat qilish dolzarb masalalardan biridir. Ushbu nazorat notariuslar faoliyatining qonuniyligini, odillik va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan. Nazorat qilish notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, notariuslar tomonidan 66 ` litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maхfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 228-moddasiga muvofiq qonun hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Ushbu davlat organlari notarial faoliyatning qonun hujjatlariga muvofiqligini ta'minlash bo‘yicha vakolatli hisoblanadi. Notarial palata хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi[1]. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan[2]. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi. Bu tartib notariat sohasida shaffoflikni oshirish, suiiste’molliklarning oldini olish va fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Notariuslarning notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish notariuslarni rejali tekshirish, qisqa muddatli tekshirish va kameral tekshirish orqali amalga oshiriladi. Rejali tekshirish adliya organi tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan nazorat shakli hisoblanasa, qisqa muddatli tekshirishda notariuslar faoliyati adliya organi tomonidan reyd, “sirli mijoz” hamda xizmat tekshiruvi tarzida amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, “sirli mijoz” kabi usullar nazoratning obyektivligini oshirib, fuqarola

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida notariat institutini takomillashtirish borasidagi chora- tadbirlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida notariat institutini takomillashtirish borasidagi chora- tadbirlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adliya, nazorat qilish., notarius, notariat xizmatlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5