К содержанию
РецензированоRU2026

HOZIRGI INGLIZ VA O’ZBEK TILIDAGI ANTONIMLARNING TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLARI

Shirinboyeva H.X.

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

В данном докладе рассматриваются типы антонимов в зависимости от их происхождения и проблемы. Ключевые слова: Антоним, трансформация, лексика, лингвистическая методология. Annotation: This article discusses the types of antonyms according to their origin and the problems in the translation process. Key words: Antonym, transformation, lexical, pragmatic, linguistic-methodological. Til hayotimizda va jamiyatimizda eng muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Tilning eng ahamiyatli tomoni shundaki, u ma’lum bir shaxsga tegishli emas balki, butun bir jamiyatga xizmat qiladigan vositadir. Jamiyatning butun bir tarixiy taraqqiyoti davomida o‘zgarib borgan til avlodlardan avlodlarga me’ros bo‘lib qolayotgan asosiy vositadir. Tilning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, struktur, funksional xususiyatlari hamda o‘ziga xos jihatlari, ichki tamoyillari va qonuniyatlarini, til strukturasini tashkil etuvchi unsurlarining o‘zaro bir-biriga bo‘lgan munosabati tilshunoslikni ilmiy yondashuvlar asosida tadbiq etishni talab etadi. Aytish joizki, har bir tilning o‘ziga xos qonuniyatlari, struktural tuzilishi, leksik, morfologik,grammatik, sintaktik xususiyatlari mavjud. Til o‘rganish jarayonida tilshunos aynan ushbu xususiyatlarga e’tibor bergan holda tilni tadqiq qiladi. Tilshunoslik aynan tilning paydo bo‘lishidan boshlab, uning tarixiy taraqqiyoti davomida rivojlanib borishi, tilning og‘zaki hamda yozma nutqlarda ko‘rinishi, til va tafakkur, til va jamiyat, tilning ijtimoiy ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganadigan fan hisoblanadi. Antonimlar matn hamda nutq jarayonlarida ishtirok etib, rang-baranglikni namoyon qilish uchun xizmat qiladi. Tildagi barcha so‘zlarning antonimlari bor deb aytish joiz emas, balkim tillarning lug‘at boyligida antonim bo‘lmaydigan so‘zlarning soni ko‘p. Shu jumladan: “nok, qalam, daftar”; ingliz tilida: “a dog, a pen, a girl” kabi so‘zlarning antonim varianti mavjud emas. Antonimlar kelib chiqishiga ko‘ra ikkiga ajratilib o‘rganiladi: asliy leksik antonimlar hamda yasama antonimlar. Asliy leksik antonimlar til doirasida tabiiy jihatdan mavjud bo‘lgan va ishlatilib kelayotgan antonimlar hisoblanadi. Masalan: “oq-qora, yer-osmon” va boshqalar. Yasama antonimlar til doirasida juda ko‘p tarqalgan antonimlar hisoblanib, ular tilda boshqa til vositalaridan hosil bo‘lgan. Bu vositalar so‘zlarning oldidan yoki oxiridan kelib, narsa-hodisa, belgi, holat, ish-harakat kabi so‘zlarni bir-biriga inkorqilgan holda qarama-qarshi so‘zlarning kelib chiqishiga xizmat ko‘rsatadi. Masalan o‘zbek tilida no-, be-, -siz kabi qo‘shimchalar yordamida so‘zlar orasida antonimlar hosil qilinadi. ”xabardor- bexabar”,”sabab besabab”,”odobli-odobsiz” “ma’noli – ma’nosiz, ”to‘g‘ri-noto‘g‘ri” ,“aniq – 73 ` noaniq”. Bundan tashqari fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarga –ma qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida antonimlar hosil bo‘ladi: “ket-ketma”,”qol-qolma”, “qo’y-qo’yma” , “yur – yurma” kabi. Ingliz tilida non so‘zi so‘zlarda mana shunday zidlik ma’nolarini hosil qilish uchun xizmat qiladi: “attendancenon-attendance, “fiction”- non –fiction, “stop- non-stop”. Bu ikki turdagi antonimlar dunyodagi barcha tillarda mavjuddir. So‘z aksariyat hollarda adabiyotshunoslik va lisoniyuslubiy tadqiqotlar tarkibida ham, tarjimaviy tadqiqot tarkibida ham narsa va hodisalarning bilvosita, ko‘chma-atamaviy vositasi sifatida gavdalanadi. Ma’lum bir matnni tarjima qilish tarjimondan yuksak mahorat talab qiladi. Zero, tarjima jarayonida tarjimon tarjima qoidalariga bo‘ysunib, asliyatga ijodiy yondashgan holda tarjima qilishi lozim. Tarjima qilish jarayonida tarjimon tilning leksik, grammatik, sintaktik, frazeologik, leksikografik, dialektik muammolariga e’tibor berishi lozim. Tarjimaning mana shunday muhim muammolaridan biri leksik muammolardir. Antonimlar ishtirokida va antonim so‘zlar yordamidagi tarjima tarjimashunoslikning leksik muammolariga kirib, tarjimaning leksik transformatsiya usullaridan biri hisoblanadi. Leksik transformatsiyalar tarjima nazariyasida so‘zlarni kontekstda almashtirish deb ham yuritiladi. Bunday transformatsiyalarning to’rtta turi mavjud. 1. Bu turdagi transformatsiyalar keng ma’noli yoki ma’nosini aniqlash qiyin bo‘lgan so‘zlarni tarjima qilishda qo‘llaniladi. Transformatsiyaning bu turi asliyat so‘ziga aniqlik kiritish yoki uni konkretlashtirilganda qo‘llaniladi. Masalan, “to get” (ingliz tili) fe’lining ma’nolari o‘zbek tilida quyidagicha: “olmoq, ushlab olmoq, tushunmoq, o‘ylantirmoq, aloqa qilmoq, yetib olmoq, aylanmoq, o‘zgartirmoq, ketmoq(oqarib ketmoq) va boshqalar. 2. Transformatsiyaning ikkinchi turi umumlashtirish nomi bilan ataladi.Tarjimada aksariyat hollarda asliyatda berilgan ma’noda tarjima tili normalarida ortiqcha hisoblanganligi bois ba’zi aniqliklarni umumlashtirish tarjimaning pragmatik xususiyatlariga ham bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Masalan: “Coca-cola”, “Pepsi-cola”, “Chevron”, “Tayota” va boshqalar. 3. Uchinchi turda ikki hodisa o‘rtasidagi mantiqiy aloqaga asoslanadi. Ulardan bitta

Доказательный фрагмент

«В данном докладе рассматриваются типы антонимов в зависимости от их происхождения и проблемы.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данном докладе рассматриваются типы антонимов в зависимости от их происхождения и проблемы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Antonym, transformation, lexical, pragmatic, linguistic-methodological, transformatsiya, lisoniy-uslubiy., leksik, pragmatik, Antonim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5