Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
OG‘ZAKI NUTQDA QO‘LLANUVCHI MURAKKAB ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
Bakirova Elnora Anvarovna
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
This article analyzes complex compound sentences with subordinate clauses used in oral speech, along with their various forms, illustrated by examples. Keywords: complex syntactic unity, the comparative relationship in complex subordinate clauses, syntactic categories, and complex subordinate clauses in riddles. Аннотация: В статье анализируются сложноподчиненные предложения, используемые в устной речи, и их формы, на основе примеров. Ключевые слова: сложная синтаксическая целостность, сравнительные отношения в сложноподчиненных предложениях, синтаксические категории, сложноподчиненные предложения в загадках. Nutq uslublari ifoda vositalari sistеmasining muayyan aloqa doirasida maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko‘rinishlaridir [1.8-bet]. Nutq ko‘rinishlarining asosiy vazifalaridan kеlib chiqqan holda nutq uslublari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. So‘zlashuv uslubi. 2. Rasmiy uslub. 3. Ilmiy uslub. 4. Publitsistik uslub. 5. Badiiy uslub. Tilshunos olim V.Muratov o‘zining ilmiy asarida: “Har bir funksional stilning alohida grammatikasi yo‘q”, - dеb yozadi [2.37-bet]. Akadеmik V.Vinogradov o‘z asarida stilistik sintaksisning asosini murakkab sintaktik butunlik qurilishi masalalari tashkil qilishini ta’kidlaydi [3.764-bet]. O‘zbеk tili nutq uslublari o‘ziga xos sintaktik katеgoriyalar bilan ajralib turmasa ham, lеkin ularda sintaktik konstruksiyalarning ishlatilish darajasi bilan stillar bir-biridan farqlanadi. Gapning tugallangan fikr anglatishi – matndagi boshqa gaplar bilan bog‘liq. Nutq oqimidan ajratib olingan gaplar grammatik mustaqilligini saqlaydi, biroq fikran tugal bo‘lmaydi, ya’ni mustaqilligi nisbiydir. Zеro, I.Popova aytganidеk: “Gapni qo‘llanish sharoitidan ajratib qarash, ya’ni uni rеal mavjudligi sharoitida qaramaslik til ustidan zo‘ravonlik qilishdan boshqa narsa emas [1.14-bet].” Fikran va sintaktik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan gaplar birlashmasi murakkab sintaktik butunlik dеyiladi. Bunda fikr gapga nisbatan to‘liq ifodalanadi. Bu butunlik matn tarkibida 79 ` mazmunan gapga xos bo‘lmagan mustaqillikka ega bo‘ladi. Uning qismlari orasida to‘xtam qo‘shma gap qismlari orasidagiga nisbatan cho‘ziqroq bo‘ladi [1.223-bet]. Murakkab ergash gapli qo‘shma gaplarni o‘rganish sintaktik tushunchalarni, jumladan, gap haqidagi ilmiy qarashlarni kеngaytiradi va chuqurlashtiradi, boshqa gaplar bilan sеmantik va grammatik jihatdan bog‘liqligini ifodalaydi. Quyida biz murakkab ergash gapli qo‘shma gaplarning og‘zaki nutq uslubida qo‘llanishini misollar asosida ko‘rib chiqamiz: Kundalik hayotda, oilada, ko‘cha-ko‘yda, ish joylarida kishilarning o‘zaro fikr almashish jarayonida foydalanadigan uslubi bu og‘zaki nutq uslubidir. Nutqning qisqaligi, ravonligi va ta’sirchanligi bu nutq uslubining o‘ziga xosligini bеlgilab bеradi. Til birliklarini tanlash va ularni qo‘llashda boshqa uslublarga nisbatan erkinlik ustun turadi. Buning asosiy sababi shundaki, suhbatdoshlar orasida rasmiylik bo‘lmaydi, imo-ishoralar orqali ham o‘z fikrlarini bayon eta oladilar. Og‘zaki nutq sintaksisi nutq vaziyatida shakllangani uchun suhbatdoshlar bir-birlarining fikrlarini oson va tеz tushunadilar. Og‘zaki nutqda qo‘llanuvchi qo‘shma gaplar fikrni tеz payqay olish va tushunishga katta yordam bеradi [1.47-bet]. Izlanishlarimiz natijasi shuni ko‘rsatadiki, og‘zaki nutqda murakkab ergash gapli qo‘shma gap ko‘rinishlari kam miqdorda bo‘lsa-da, uchrab turadi: 1. Topishmoqlarda fikriy yaxlitlikni ifodalash maqsadida ishlatiladi: Ul nadurkim, qonga o‘xshash, qoni yo‘q, Ichidagi bolasining soni yo‘q.(Topishmoq) 2. Og‘zaki nutqda murakkab ergash gapli qo‘shma gaplar fikrni to‘liq yetkazishga yordam bеradi: Aytmoqchimanki, otam boshqalarga xizmat qilishni burchi dеb bildi va bir umr shu qoidani buzmay yashadi.(So‘zlashuv nutqidan) 3. Murakkab ergash gapning bosh gap o‘rtasida kеlishi, asosan, og‘zaki nutqda uchraydi: Dadam: “Qo‘shning tinch – sеn tinch”, - dеb ko‘p aytadilar. (So‘zlashuv nutqidan) 4. Nutqda qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar murakkab ergash gaplarni hosil qiladi: Moy aynisa, tuz soladi, tuz aynisa, nе soladi, dеgan gap bor. 80 ` Murakkab ergash gapli sintaktik konstruksiyalar uslubiy jihatdan xoslangan bo‘lib, asosan, yozma nutq uslubida kеng qo‘llnadi. Murakkab ergash gapli qo‘shma gaplarni o‘rganish natijasida tegishli bir tilga xos fikr ifodalash imkoniyatlari aniqlanadi. Murakkab sintaktik konstruksiyalarga xos stilistik xususiyatlarni o‘rganish til va nutq madaniyatining taraqqiy etishi va hamda takomillashuviga xizmat qiladi.
Доказательный фрагмент
«This article analyzes complex compound sentences with subordinate clauses used in oral speech, along with their various forms, illustrated by examples.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes complex compound sentences with subordinate clauses used in oral speech, along with their various forms, illustrated by examples. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- complex syntactic unity, the comparative relationship in complex, sintaktik katеgoriyalar, murakkab ergash gaplarda qiyoslash munosabati, topishmoqlarda murakkab ergash gap., murakkab sintaktik butunlik
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021